O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
Mahalliy shamollatish qurilmalarining me’yoriy hujjatlar asosida loyihalash tartibi
Download 171.71 Kb.
|
kurs loyiha (7) (2)
2.2. Mahalliy shamollatish qurilmalarining me’yoriy hujjatlar asosida loyihalash tartibi.
Mahalliy shamollatish sistemalari zararli moddalarning ajralib chiqayotgan joylarning o‘zida ishlab chiqarish zonasidagi havoga aralashib ulgurmasdan ushlab qolish va chiqarib yuborishni ta’minlashi zarur. Gigiena nuqtayi nazaridan mahalliy shamollatish zararli moddani ishchi nafas olish organlariga yetib bormasligini yoki kamaygan miqdorda yetib borishini ta’minlaydi. Bu shamollatish sistemasida atmosferaga chiqarib yuborilayotgan havodagi zararli moddalar oz havoni chiqarish bilan shamollatishni yengillashtiradi. Kiritilayotgan havoga ishlov berish va tozalash kerak bo‘lmaydi va bu iqtisodiy jihatidan yaxshi natija beradi. Mahalliy shamollatishning turlari juda xilma-xil. Shulardan ba’zi birlari bilan tanishib o‘tamiz. Havo so‘ruvchi shkaf (14-rasm, a) asosan, kimyo laboratoriyalarida ishlatiladi. Bu shkafning yuqori qismida yengil gazlarni yig‘ish uchun ma’lum hajm miqdorida kenglik qoldiriladi. Shkafning texnologik eshikchasi oldidagi havoning harakati 0,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Agar ajralib chiqayotgan gaz og‘ir va zaharli bo‘lsa, havo tezligi 0,7-1 m/s miqdorda belgilanadi. Bu shkafdan chiqarib yuborilayotgan havo miqdorini hisoblab chiqish mumkin. L = 3600V( + ) +VT, bunda, L - shkafdan so‘rib chiqarib yuborilayotgan havo miqdori, /soat;. V - ma’lum kesim yuzasidagi havo tezligi, m/s; - xizmat eshikchasi yuzasi, ; - qo‘shimcha eshikcha va tirqishlar yuzasi, ; - hisobga olish mumkin bo‘lmagan zichlanmagan yerlardan so‘rilishi mumkin bo‘lgan havo hisobiga olinadigan koeffitsiyent, odatda, bu koeffitsiyent 1,1 qabul qilinadi. Zararli moddalar ajralishi mumkin bo‘lgan texnologik jarayonlarni qobiq bilan o‘rashga harakat qilinadi va uning bir yoki bir necha yeridan havo so‘rilib, xonadagi havoga harakati qobiq ichiga qarab yo‘naladi, zararli moddalar ish joylariga tarqalmasligi ta’minlanadi. 14-rasm. Mahalliy shamollatish qurilmalarining nusxalari. Ba’zi bir texnologik jarayonlarni bunday qobiqqa о ‘rash imkoniyati yo‘q. Bunday hollarda ochiq havo so‘rish tizimlaridan foydalaniladi. Bunday sistemalarning eng oddiy turi havo so‘rish zontidir (14-rasm, b). Zontni qizigan havo oqimlari uchun ishlatish maqsadga muvofiqdir. Ba’zi vaqtlarda zontlar o‘rniga shirmalardan foydalanish ko‘p miqdordagi havoni chiqarib yuborish imkoniyatini beradi. Har qanday holatda ham zararli havo ishchi nafas organlariga yetib bormaydigan bo‘lishi shart. Agar zararli moddalar ajralib chiqayotgan zona vanna shaklida bo‘lsa va uning tomonlari biror bir texnologik jarayonni bajarish uchun zarur bo‘lib, zont o‘rgatish imkoniyati bo‘lmasa, unda havo bortlar orqali so‘riladi (14-rasm, e). Bort orqali havo so‘rish tizimlari bir tomonlama, ikki tomondan va havo bir tomonidan hamda havoni bir tomonidan so‘rib, ikkinchi tom onidan haydash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ba’zi bir hollarda ishchiga yo‘naltirilgan havo dushlaridan foydalaniladi. Havo dushlari havo harorati td va havo harakati tezligi Vd QMQ 3. 01. 02 - 00 bilan cheklangan bo‘ladi. Masalan, yilning issiq oylarida (tashqi havo harorati 10°C) yengil kategoriyadagi ish bajaruvchi ishchilar uchun va issiqlik ajralib chiqishi 1,3-2,5 MJ/( /s) (300—600 kkal ( /s) ni tashkil qilsa, havo haroratining miqdori 22-24°C, Vd esa 0,5-1,0 m/s; og‘ir kategoriyadagi ish bajarilganda va issiqlik ajralib chiqishi 10 MJ/( /s) 2400 kkal/( /s) va undan ortiq bo‘lsa, bu norma tegishlicha 18-19 °C va 3,0-3,5 m/s ni tashkil qiladi. Havoning harakati tezligi 5,0 m /s dan ortiq bo‘lsa, inson holatiga yoqimsiz ta’sir ko‘rsatadi. Havo dushlari doimiy o‘rnatilgan va ko‘chma bo‘lishi mumkin. Doimiy o‘rnatilgan havo dushlari uchun havoni xona tashqarisidan olinadi. Ko‘chma havo dushlari uchun esa, dush o‘rnatilgan xona havosidan foydalanish mumkin. Agar dush o‘rnatilgan xonada issiqlik ajralishi kuchli bo‘lsa, unda ko‘chma havo dushlari suv zarralari bilan birga yuboriladi va bu sovutishda ancha samarador usul hisoblanadi. Shamollatish tizimi murakkab injenerlik qurilmasi hisoblanadi. Uning har bir elementi maxsus vazifani bajaradi. Shuning uchun ham shamollatish sistemalarini ishga tushirishdan oldin uni texnik va sanitar-gigienik sinovlardan o‘tkaziladi. Texnik sinov vaqtida shamollatish sistemasining va uning ayrim elementlarining texnik xarakteristikasi aniqlanadi. Mexanik shamollatishni bajarish uchun ventilator havo berish miqdori, uning hosil qiladigan bosimi, ventilator parragi va elektrodvigatel rotorining aylanish soni, havoni va bosimni tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi, kaloferlarning issiqlik unumi va bosimi va boshqalarni aniqlash kerak bo‘ladi. Binoni aeratsiya qilganda kiritiladigan yoki chiqarib yuboriladigan havoning miqdori aniqlanadi. Sanitar-gigiena sinovda esa shamollatish va sistemaning samaradorligi, havo tozalash, shuningdek, ishlab chiqarish zonalarida normal ob-havo sharoiti va sanitar-gigienik sharoit yaratish imkoniyatlari aniqlanadi. Shamollatish qurilmalarini o‘rnatilayotgan va ishlatish uchun qabul qilinganda, vaqti-vaqti bilan tekshirib turiladi va remont qilingandan keyin sinab ko‘riladi. Shamollatish qurilmalarini sinash vaqtida va keyingi tuzilish elementlariga kiritilgan o‘zgarishlar haqidagi ma’lumot qurilmaning texnik pasportiga yozib qo‘yiladi va bu shamollatish sistemasining holatini aniqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi. Har bir shamollatish qurilmasi uchun maxsus ishlatish tavsiyanomasi ishlab chiqiladi. Unda yong‘in bo‘lgan taqdirda qaysi qurilma o‘chirilishi va qaysinisi ishlatilishi zarurligi yozib qo‘yiladi. Shamollatish sistemalarining samarali ishlashi, shuningdek, tayyor holda bo‘lishi, o‘z vaqtida remont qilinishiga ventilatsiya sistemalari o‘rnatilgan ishlab chiqarish uchastkasining boshlig‘i javobgar hisoblanadi. Shamollatish xo‘jaliklari katta bo‘lgan sanoat korxonalarida isitish va shamollatish sexi tashkil qilinishi mumkin. Bu sex korxona bosh mexanigiga (bosh energetigiga, bosh injener o‘rinbosariga) bo‘ysunadi. Bunday hollarda shamollatish sistemalarining ishga yaroqli holda saqlanish javobgarligi shu sex boshlig‘i zimmasiga yuklanadi. Download 171.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling