O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti “sirtqi” fakultet
Download 186.45 Kb.
|
9TAYYOR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bank kartalari emissiyasi
- Virtual karta
- Savdo va xizmat ko‘rsatish subyekti
- To‘lov tizimi
Antifrod-tizim — bank kartalari yordamida to‘lovlarni amalga oshirishda firibgarlik operatsiyalarini oldini olishga qaratilgan jarayonlar yig‘indisi;
Bank kartasi — uni saqlovchisiga to‘lov infratuzilmari orqali to‘lovlarni amalga oshirish yoki naqd pul mablag‘larini olish yoxud valyuta ayirboshlashni amalga oshirish va bank kartasining emitenti tomonidan belgilangan boshqa operatsiyalarni bajarish imkonini beruvchi to‘lov vositasidir; Bank kartalari emissiyasi — bank kartalarini muomalaga chiqarish va foydalanishga taqdim etish bo‘yicha faoliyat; Bank kartasining saqlovchisi — emitent yoki bank kartalarini tarqatuvchi bank bilan mijoz o‘rtasidagi shartnomaga asosan bank kartasidan foydalanuvchi mijoz yoki mijoz tomonidan vakolat berilgan shaxs; Bankomat — bank kartasining saqlovchisiga o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tartibida naqd pul olish va bank kartasi bilan boshqa amaliyotlarini amalga oshirish imkonini beruvchi hamda bajarilgan operatsiyalar bo‘yicha slip hujjat shakllantiruvchi qurilma; Virtual karta — elektron shakldagi bank kartasi bo‘lib asosiy kartaga yoki hisobvaraqqa bog‘lanadi va to‘lovlarni amalga oshirishda zarur bo‘lgan bank kartasining majburiy rekvizitlariga ega bo‘lgan to‘lov vositasi; Karta hisobvarag‘i — bank kartasi orqali pul mablag‘larini tasarruf etish mumkin bo‘lgan bank hisobvarag‘i; SHIR kod — bank kartasi saqlovchisining shaxsiy identifikatsiya raqami bo‘lib, u karta hisobvarag‘idagi pul mablag‘larini boshqarish huquqini hamda mablag‘larni boshqarishga bank kartasining saqlovchisi tomonidan ruxsat berilganligini tasdiqlaydi; Savdo va xizmat ko‘rsatish subyekti — ekvayer bilan tuzilgan shartnomaga asosan bank kartalari orqali tovar (ish, xizmat)larni sotuvchi yuridik shaxs va (yoki) yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxs; Slip — bank kartasi orqali amalga oshirilgan operatsiyalarni tasdiqlovchi, operatsiyaning miqdori, turi, amalga oshirilgan sanasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni va ushbu hujjatni shakllantirishda foydalanilgan bank kartasi, terminal yoki bankomatni to‘g‘ri aniqlay bilish imkoniyatini beruvchi axborotni o‘zida mujassamlashtirgan qog‘oz yoki elektron shakldagi hujjat (chek); To‘lov tizimi — to‘lovlarni to‘lov tizimining operatori, to‘lov tizimi ishtirokchilari va (yoki) to‘lov tashkilotlarining to‘lov tizimi operatori tomonidan belgilangan to‘lov tizimining tartib-taomillarini, infratuzilmasini va qoidalarini qo‘llash vositasida hamkorlik qilish yo‘li bilan amalga oshirishni ta’minlaydigan munosabatlar majmuidir; Download 186.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling