O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti


Download 312.64 Kb.
bet12/16
Sana19.06.2023
Hajmi312.64 Kb.
#1626466
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
28.03 Қодиров А (2)

Qoyali zaminlarga mustahkam tog' jinslaridan iborat, zarralari o'zaro qattiq kristallashgan va sementlangan bog'liqlikka va kuchsiz deformatsiyalanishga ega gruntlar kiradi. Bunday zaminlar asosan jipslashgan yaxlit holatdagi magmatik, metamorfik va cho'kindi tog' jinslaridan tashkil topadi. Qoyali gruntlarning mustahkamligi ularni tashkil etuvchi zarralarning mustahkamligiga yaqin, teng yoki undan katta ham bo'lishi mumkin. Qoyali zaminlarning hajmiy og'irligi, odatda, 2,5...3,1 t/m3 atrofida bo'ladi, g'ovakligi 1% dan oshmaydi va bir o'qli siqilish va cho'zilishda suvga to'yingan holati uchun muvaqqat qarshiligi tegishli ravishda 5 va 1 MPa (50 va 10 kg/sm2) dan katta bo'ladi, shunga ko'ra va deyarli zichlanmasligi sababli, qoyali gruntlar mustahkam zamin hisoblanadi. 51 Yarim qoyali zaminlarga qattiq kristallashgan yoki qoyali jinslarga nisbatan biroz kuchsizroq plastik kolloidli bog'langan, shuningdek, shamol yemirilishidan hosil bolgan va bo‘laklangan qoyali jinslar va alevrolit, mergel, bo‘r singari cho'kindi jinslar hamda ohaktosh, dolomit, tuf va gipslarning ayrim turlari kiradi.
Yarim qoyali zaminlar hajmiy og'irligi 2,2 da 2,65 t/m3 gacha, g'ovakligi 20 % gacha bo'lishi, shuningdek, suvga to'yingan holatida bir o'qli siqilish va cho'zilishda muvaqqat qarshiligi tegishli ravishda 5 va 1 MPa (50 va 10 kg/sm2) dan kichik qiymatni tashkil etishi bilan tavsiflanadi.
Qoyamas zaminlar zarralari bog‘langan ichki ishqalanish va tishlashish kuchlariga ega va bog‘lanmagan (faqat ikki ishqalanish kuchlariga ega) jinslar yoki gruntlardan tashkil topadi va ularning yuk k o ‘tarish qobiliyati ko‘proq suv o'tkazuvchanligi va zichligi bilan aniqlanadi. Zarralari bog ‘langan gruntlarga - gil tuproqlar, gilsimon mergel, qumoq, qumoq less tuproqlar; bog'lanmagcin gruntlarga qum shag‘al, ularning aralashmasi va chaqir tosh kabilar kiradi. Qoyatoshli va yarim qoyali zaminlarga nisbatan qoyali boimagan zaminlar ko'proq bo‘ysunuvchan va kichik mustahkamlikka ega.
Qoyamas zaminning bog'lanmagan va bog‘langan gruntlarga mos ravishda quyidagi fizik-mexanikaviy tavsiflarning o‘rtachalashtirilgan qiymatlariga tegishli: plastiklik soni 0,01 dan kichik va 0,001 dan katta, hajmiy og'irligi 1,4-2,1 va 1,1-2,1 t/m3, g‘ovaklik 20-50% va 26-80% ichki ishqalanish koeffitsiyenti (tg(p) 0,4- 0,7 va 0,15-0,4, solishtirma tishlashish 0 va 0,005 - 0,05 MPa ( 0 va 0,05- 0,5 kg/sm2). Bogiangan va bog‘lanmagan gruntlarning siljitishga qarshiligi, asosan. ularning zichligi, namligi va zarraning shakliga bog'liq bo'ladi.
Agar zaminlar kelib chiqishi, tuzilishi va holati, shuningdek, tabiatda joylashishi sharoiti va gidrogeologik muhiti bo'yicha bir necha grunt yoki jinslar qatlamlari almashib kelishi bilan ifodalansa, ular murakkab yoki qatlamli zamin deb ataladi. Gidrotexnik inshootlar bunday zaminlari, odatda, ularning fizik-mexanik xossalarini yirik anizotropiyasi bilan tavsiflanadi.

Download 312.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling