O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti


II. Ekstremal va maxsus sharoitlarda gidrotexnik inshootlar qurilishining o‘ziga xosligi


Download 312.64 Kb.
bet11/16
Sana19.06.2023
Hajmi312.64 Kb.
#1626466
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
28.03 Қодиров А (2)

II. Ekstremal va maxsus sharoitlarda gidrotexnik inshootlar qurilishining o‘ziga xosligi
2.1 Gidrotexnika inshootlari va zaminlari ularni yaxshilash usullari.
Ma’lumki, insonning texnikaviy qurilish faoliyati obyektlaridan biri bo'lib hisoblanadigan va inshootlarni bunyod etish uchun xizmat qiladigan tabiiy holatdagi zaminlar ixtiyoriy tog' jinslaridan tashkil topgan gruntlardan iborat bo'ladi. Gruntlar tog' jinslarining fizik (harorat, shamol, suv va ), kimyoviy va qisman biologik ta’sirlari ostida o'z tuzilishini o'zgartirib yemirilib borishi natijasida hosil bo'ladi. Ular, odatda, uch fazali tizim sifatida, ya’ni qattiq mineral zarralar, suyuqlik suv va gaz asosan, havodan tashkil topgan deb qaraladi.
Gidrotexnika inshootlar zaminlari O'zbekiston Respublikasining shu sohaga oid tegishli me’yoriy hujjatlari, shu jumladan, qurilish me’yorlari va qoidalari QMQ 2.02.02 - 98 asosida loyihalanadi. Unga, ko'ra, 50 inshootlar zaminini quyidagilar:
1) qurilish uchun muhandislik-geodezik, muhandislik-geologik va muhandislik-gidrometorologik izlanishlar natijalari;
2) inshootning vazifasi, konstruktiv va texnologik xususiyatlarini ifodalaydigan ma'lumotlar, poydevorlarga tushadigan yuklamalar va undan foydalanish sharoitlari;
3) gruntlarning mustahkamlik va deformatsiyalanish kо‘rscitkichlaridan hamma poydevorlar yoki boshqa yer osti konstruksiyalari materiallarining fizik-mexanik xossalaridan eng to 'liq foydalanishni ta ’minlaydigan variantni qabul qilish uchun loyiha yechimlarining mumkin bo'lgan variantlarini texnik-iqtisodiy taqqoslash asosida loyihalash lozim.
Gidrotexnika inshootlari zaminlari - inshoot tagida joylashgan va uning barcha yuklanishlarini qabul qiladigan grunt massivi yaxlit joyning bir qismidir. Zam inlar inshootning normal foydalanish yaroqliligini ta’- minlash lozim: ular mustahkam, ustivor, ruxsat etiladigan, chegaralarda deformatsiyalanishi, suv dimlovchi inshootlar zaminlari esa bundan tashqari, kam suv o‘tkazadigan bo'lishi kerak.
Zaminlar tabiiy va sun'iy turlarga bo'linadi.
Tabiiy zaminlar gruntlari tabiiy holda qo'yiladigan talablarni qoniqtiradi.
Sun’iy zaminlarda esa ushbu talablarga jav ob bera olishi uchun ularning gruntlari sun’iy ravishda yaxshilanadi. Gruntlar gidrotexnika inshootlar zamini sifatida fizik, fizik-kimyoviy va fizik-mexanik xossalari ko'rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Tarkib topgan jinslar turiga ko'ra, (QMQ .2.02.02-98 bo'yicha) gidrotexnika inshootlarining qoyali, yarim qoyali va qoyamas zaminlar gruntlari bilan farqlanadi

Download 312.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling