O‘zbеkiston rеspublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat univеrsitеti iqtisodiyot va turizm fakultеti


Bank tizimi barqarorligi va banklarni to‘lov qobiliyatini ta’minlash yo‘llari


Download 24.8 Kb.
bet3/4
Sana21.06.2023
Hajmi24.8 Kb.
#1639401
1   2   3   4
Bog'liq
TO‘RAYEV JAHONGIR RAXIMOVICH Pul va banklar

Bank tizimi barqarorligi va banklarni to‘lov qobiliyatini
ta’minlash yo‘llari
Banklarning likvidligi hamda to‗lovga qobiliyatliligi banklarning umumiy
moliyaviy barqarorligini ta‘minlashga asos hisoblanadi. Bankning moliyaviy
barqarorligiga turli ichki va tashqi omillar ta‘sir ko‗rsatadi. Bu omillar ichida
bankning moliyaviy bozordagi raqobatdoshligi, doimiy mijozlarning mavjudligi va
bank amaliyotini utkazish hamda hisobini rasmiylashtirishda ilg‘or
texnalogiyalarni qo‗llash omillari muhim o‗rin tutadi. Bankning ichki barqarorligi
bu tijorat bank faoliyatining barqaror, yuqori natijalarini ta‘minlovchi passivlar va
aktivlar tarkibining holati va moliyaviy natijalar dinamikasidir.
Tijorat bankiga nisbatan tashqi barqarorlik, ushbu bank faoliyat ko‗rsatayotgan
iqtisodiy muhit barqarorligi bilan belgilanadi. Tashki barqarorlikka butun
mamlakat miq‘yosidagi bozor iqtisodiyotiga xos bo‗lgan boshqarish tizimi orqali
erishiladi.
Bankning moliyaviy barqarorligini tahlil qilish quyidagi asosiy
yo‗nalishlarda olib boriladi.
1. Retrospektiv tahlil. Bunda Markaziy bank tamonidan banklar uchun
o‗rnatilgan iqtisodiy me‘yorlarga tijorat banklari tamonidan rioya qilinishining
nazorat qilishga asoslangan moliyaviy barqarorlikning asosiy ko‗rsatkichlari va
belgilarini tahlil qilishni o‗z ichiga oladi. Bu yunalishda likvidlik, foydalilik,
aktivlar sifati, kapitalning yetarligi va boshqalar tahlil qilinadi.
2. Perspektiv tahlil. Bu yo‗nalishning maqsadi tijorat banki faoliyati
samaradorligini prognozlash hisoblanadi.
Bank likvidligini ta‘minlovchi omillardan biri bank tamonidan qarz olish, o‗z
aktivlarini sotish yo‗li bilan yoki o‗z majburiyatlarini bajarish uchun mablag‘ topa
olish imkonini beradigan pul bozorining mavjudligidir.
To‗lovga qobiliyatsizlik ma‘lum bir sanaga belgilangan majburiyatlarni
qoplay va to‗lay olish qobiliyatini bildiradi. Shuni ta‘kidlash lozimki likvidligi
bo‗lmagan bank to‗lovga layoqatli bo‗la olmaydi. Amalda aynan likvidlik to‗lovga
qobiliyatsizlikning asosiy sababi bo‗lib, ularni bankrot va bank tizimining
berqarorligiga olib kelishi mumkin.
Banklarning likvidligi hamda to‗lov qobiliyatligi banklarning umumiy
moliyaviy barqarorligini ta‘minlashga asos hisoblanadi.
O‗zbekiston bank tizimining likvidlikni ta‘minlashni eng oddiy usuli
bankning bir qism aktivlarini likvid shaklda. Masalan, naqd pul, Markaziy bank va
boshqa banklar vakillik hisob varaqlaridagi qoldiqlar, davlatning qisqa muddatli
obligasiyalari shaklida saqlash hisoblanadi.
Banklar zurur bo‗lganda yoki moyaviy bozorda qarz olish yoki banklararo
kreditlar olish hisobiga likvidlikni ta‘minlashi mumkin .
Bank likvidligini ta‘minlovchi omillardan biri bank passivlarining sifatidir.
O‗z va jalb qilingan mablag‘lar nisbati bankning ishonchligigi va faoliyati
rivojlanishining istiqbolini xarakterlaydi. Jalb qilingan mablag‘lar oqimining
barqarorligi likvidlik muammosini hosil qilmasdan turib qisqa muddatli resurslarni
uzoq muddatli quyilmalarga yo‗naltirish imkoniyatini beradi.
Bank likvidligini ta‘minlovchi omillardan biri bank tomonidan qarz olish,
o‗z aktivlarni sotish yo‗li bilan yoki o‗z majburiyatlarini bajarish uchun mablag‘
topa olish imkonini beradigan pul bozorini mavjudligidir.
Banklar moliyaviy barqarorligini yana bir omili bu bank faoliyatining
faoliyatining foydaliligidir. Foyda olish-bank faoliyati ko‗lamini kengaytirish
manbalaridan biridir
Xulosa sifatida shuni ta‘kidlash lozimki, tijorat banklarning moliyaviy holatiga
baho berishda ularning foydaliligi, likvidligi va to‗lovga qobiliyatligiga e‘tibor
qaratiladi. Aynan shu omillar bankning moliyaviy holati qanday darajada
ekanligini belgilaydi. Banklarning likvidligi va to‗lovga qobiliyatliligi nafaqat bitta
bank yoki bank tizimining muvozanatligini, balki butun bir iqtisodiyotning
muvozanatini ta‘minlaydi. Bank faoliyati tizimida eng avvalo banklarning
likvidligi va to‗lovga qobiliyatligi ahamiyatli hisoblanadi, chunki foydalilik
faqatgina bankning o‗z manfaatini ifodalasa, likvidlik va to‗lovga qobiliyatlilik jamiyatning keng qatlami manfaatlarini ifodalaydi.

Download 24.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling