O‘zbеkiston rеspublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat univеrsitеti iqtisodiyot va turizm fakultеti
Download 24.8 Kb.
|
TO‘RAYEV JAHONGIR RAXIMOVICH Pul va banklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bank likvidligi va uni ta’minlash yo‘llari
- Bank lidvidligi deb
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVЕRSITЕTI IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTЕTI BUXGALTЕRIYA HISOBI VA AUDIT MUTAXASSISLIGI BO‘YICHA 9-1BUXS IM-22 GURUHI TALABASI TO‘RAYEV JAHONGIR RAXIMOVICH NING PUL VA BANKLAR FANIDAN “Tijorat banklarining to`lovga layoqatligi va likvidligi” MAVZUSI YUZASIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI Reja: 1 Bank likvidligi va uni ta’minlash yo‘llari 2 Tijorat banklari faoliyatida amal qiluvchi iqtisodiy me’yorlar 3 Bank tizimi barqarorligi va banklarni to‘lov qobiliyatini ta’minlash Foydalanilgan adabiyotlar Bank likvidligi va uni ta’minlash yo‘llari Tijorat banklarning moliyaviy holatiga baho berishda ularning foydaliligi, likvidligi va to`lovga qobiliyatligiga e‘tibor qaratiladi. Aynan shu omillar bankning moliyaviy holati qanday darajada ekanligini belgilaydi. Banklarning likvidligi va to‗lovga qobiliyatliligi nafaqat bitta bank yoki bank tizimining muvozanatligini, balki butun bir iqtisodiyotning muvozanatini ta‘minlaydi. Bank faoliyati tizimida eng avvalo banklarning likvidligi va to`lovga qobiliyatligi ahamiyatli hisoblanadi, chunki foydalilik faqatgina bankning o`z manfaatini ifodalasa, likvidlik va to‗lovga qobiliyatlilik jamiyatning keng qatlami manfaatlarini ifodalaydi. Bank lidvidligi deb aktivlarning naqd pul sifatida ishlatish yoki ularning nominal qiymatini saqlab qolgan holda tezda pul mablag‘lariga aylantirish yo‗li bilan mavjud moliyaviy majburiyatlarni qoplay olish qobiliyatiga aytiladi. Agar bankning naqd pullari va likvid aktivlarining yig‘indisi uning qarzi va moliyaviy majburiyatlarini qoplash uchun yetarli bo‗lsa bank faoliyati likvid hisoblanadi. Bank likvidligiga erishish uchun: - Tijorat bankining ma‘lum vaqt mobaynidagi aktivlari tarkibini takomillashtirish yo‗li bilan. Bunda ayrim aktivlarning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi va xavf-xatarligini aniqlash; aktivlar sifatini ular daromadliligi, likvidligi, diversifikasiya qilinganligiga e‘tiborni qaratgan holda. - Tijorat bankining ma‘lum vaqt mobaynida yuzaga kelgan noqulay tushib ketishdan aktiv va passivlarning mos moddalarini qo‗shimcha zayom mablag‘larini jalb qilish va bank moliyaviy barqarorligini daromadlarini o‗stirish yo‗li bilan. - Bank faoliyatini tahlil qilish, ustav, maxsus fondlar va zahiralar jalb qilingan mablag‘lar, aktiv kredit operasiyalarini amalga oshirishni tahlil qilishda ilmiy asosolangan iqtisodiy siyosat olib borish orqali. Umuman olganda har bir tijorat banki o‗z likvidligini saqlash uchun butun choralar bilan harakat qilishi lozim. Umumiy likvidlikni baholashda tijorat banklari asosiy likvidlik, joriy likvidlik va istiqbolli lidvidlikni bir tizimda tahlil qilishlari lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining faoliyati foyda olishga yo‗naltirilgan, chunki tijorat banklarning foydasi bank kapitali to‗planishining va rivojlanishining asosiy manbai hisoblanadi. Bank foydasining oshib borishiga bankning rentabelligi, vaqtincha bo‗sh mablag‘larning samarali ishlatilishi, turli xil xizmatlarni ko‗rsatish doirasini kengaytirish, foyda keltirmaydigan aktivlarni kamaytirish, foyda keltiruvchi aktivlarni ko‗paytirish va boshqa omillar ta‘sir etadi. Tijorat banklari foydasini kamayishiga quyidagi omillar ta‘sir etadi. - Balansning nolikvidligi, bunda likvidlik kamomadini to‗ldirish uchun qo‗shimcha kredit resruslarini jalb qilish zaruriyati tug‘iladi. - Depozitlarning barqaror emasligi. - Inflyasiyaning o‗sishi va u orqali tartibga soluvchi talablar, jumladan, yuqori majburiy zahiralar talabi ta‘siri ostida bo‗lgan foiz darajasining pastligi. - Daromad keltiruvchi aktivlarning noqulay tarkibi, jumladan kam daromad keltiruvchi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar, foizsiz ssudalar salmog‘ining yuqoriligi va to`lovli passivlar. - Foizsiz daromadlar va foizsiz xarajatlarning salbiy nisbati. - Ma‘muriy xo‗jalik xarajatlarining maqsadga muvofiq bo‗lmagan yuqori darajasi - Kredit portfelida muddati o‗tgan kreditlar salmog‘ining yuqoriligi va berilgan kreditlarning foydalanish hamda qaytarilish muddatlarini uzaytirish bilan bog‘liq yo‗qotishlar. - Qimmatli qog‘ozlar qiymatining tushishi. - Soliqlar darajasining yuqoriligi. - Muvozanatlashtirilmagan foiz siyosati. - Hajmi va miqdori jihatidan o‗z kapitali miqdorini chegaralovchi asoslanmagan yuqori darajada xatarli bo‗lgan bank faoliyatini yuritish va boshqalar. Umuman tijorat banklari faoliyatiga ta‘sir etuvchi muammo va omillar ichida banklarni daromadlarini o‗stirish va xarajatlarini kamaytirish bilan bog‘liqlari muhim o‗rinni egallaydi. Har bir tijorat banki o‗zlarining kundalik foaliyatida ularni birinchi navbatda hal etish choralarini ko‗rishi lozim. Download 24.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling