O‘zbеkiston rеspublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat univеrsitеti iqtisodiyot va turizm fakultеti
Bank tizimi barqarorligi va banklarni to‘lov qobiliyatini ta’minlash yo‘llari
Download 24.8 Kb.
|
TO‘RAYEV JAHONGIR RAXIMOVICH Pul va banklar
Bank tizimi barqarorligi va banklarni to‘lov qobiliyatini
ta’minlash yo‘llari Banklarning likvidligi hamda to‗lovga qobiliyatliligi banklarning umumiy moliyaviy barqarorligini ta‘minlashga asos hisoblanadi. Bankning moliyaviy barqarorligiga turli ichki va tashqi omillar ta‘sir ko‗rsatadi. Bu omillar ichida bankning moliyaviy bozordagi raqobatdoshligi, doimiy mijozlarning mavjudligi va bank amaliyotini utkazish hamda hisobini rasmiylashtirishda ilg‘or texnalogiyalarni qo‗llash omillari muhim o‗rin tutadi. Bankning ichki barqarorligi bu tijorat bank faoliyatining barqaror, yuqori natijalarini ta‘minlovchi passivlar va aktivlar tarkibining holati va moliyaviy natijalar dinamikasidir. Tijorat bankiga nisbatan tashqi barqarorlik, ushbu bank faoliyat ko‗rsatayotgan iqtisodiy muhit barqarorligi bilan belgilanadi. Tashki barqarorlikka butun mamlakat miq‘yosidagi bozor iqtisodiyotiga xos bo‗lgan boshqarish tizimi orqali erishiladi. Bankning moliyaviy barqarorligini tahlil qilish quyidagi asosiy yo‗nalishlarda olib boriladi. 1. Retrospektiv tahlil. Bunda Markaziy bank tamonidan banklar uchun o‗rnatilgan iqtisodiy me‘yorlarga tijorat banklari tamonidan rioya qilinishining nazorat qilishga asoslangan moliyaviy barqarorlikning asosiy ko‗rsatkichlari va belgilarini tahlil qilishni o‗z ichiga oladi. Bu yunalishda likvidlik, foydalilik, aktivlar sifati, kapitalning yetarligi va boshqalar tahlil qilinadi. 2. Perspektiv tahlil. Bu yo‗nalishning maqsadi tijorat banki faoliyati samaradorligini prognozlash hisoblanadi. Bank likvidligini ta‘minlovchi omillardan biri bank tamonidan qarz olish, o‗z aktivlarini sotish yo‗li bilan yoki o‗z majburiyatlarini bajarish uchun mablag‘ topa olish imkonini beradigan pul bozorining mavjudligidir. To‗lovga qobiliyatsizlik ma‘lum bir sanaga belgilangan majburiyatlarni qoplay va to‗lay olish qobiliyatini bildiradi. Shuni ta‘kidlash lozimki likvidligi bo‗lmagan bank to‗lovga layoqatli bo‗la olmaydi. Amalda aynan likvidlik to‗lovga qobiliyatsizlikning asosiy sababi bo‗lib, ularni bankrot va bank tizimining berqarorligiga olib kelishi mumkin. Banklarning likvidligi hamda to‗lov qobiliyatligi banklarning umumiy moliyaviy barqarorligini ta‘minlashga asos hisoblanadi. O‗zbekiston bank tizimining likvidlikni ta‘minlashni eng oddiy usuli bankning bir qism aktivlarini likvid shaklda. Masalan, naqd pul, Markaziy bank va boshqa banklar vakillik hisob varaqlaridagi qoldiqlar, davlatning qisqa muddatli obligasiyalari shaklida saqlash hisoblanadi. Banklar zurur bo‗lganda yoki moyaviy bozorda qarz olish yoki banklararo kreditlar olish hisobiga likvidlikni ta‘minlashi mumkin . Bank likvidligini ta‘minlovchi omillardan biri bank passivlarining sifatidir. O‗z va jalb qilingan mablag‘lar nisbati bankning ishonchligigi va faoliyati rivojlanishining istiqbolini xarakterlaydi. Jalb qilingan mablag‘lar oqimining barqarorligi likvidlik muammosini hosil qilmasdan turib qisqa muddatli resurslarni uzoq muddatli quyilmalarga yo‗naltirish imkoniyatini beradi. Bank likvidligini ta‘minlovchi omillardan biri bank tomonidan qarz olish, o‗z aktivlarni sotish yo‗li bilan yoki o‗z majburiyatlarini bajarish uchun mablag‘ topa olish imkonini beradigan pul bozorini mavjudligidir. Banklar moliyaviy barqarorligini yana bir omili bu bank faoliyatining faoliyatining foydaliligidir. Foyda olish-bank faoliyati ko‗lamini kengaytirish manbalaridan biridir Xulosa sifatida shuni ta‘kidlash lozimki, tijorat banklarning moliyaviy holatiga baho berishda ularning foydaliligi, likvidligi va to‗lovga qobiliyatligiga e‘tibor qaratiladi. Aynan shu omillar bankning moliyaviy holati qanday darajada ekanligini belgilaydi. Banklarning likvidligi va to‗lovga qobiliyatliligi nafaqat bitta bank yoki bank tizimining muvozanatligini, balki butun bir iqtisodiyotning muvozanatini ta‘minlaydi. Bank faoliyati tizimida eng avvalo banklarning likvidligi va to‗lovga qobiliyatligi ahamiyatli hisoblanadi, chunki foydalilik faqatgina bankning o‗z manfaatini ifodalasa, likvidlik va to‗lovga qobiliyatlilik jamiyatning keng qatlami manfaatlarini ifodalaydi. Download 24.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling