O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti


Download 123.42 Kb.
bet7/14
Sana21.06.2023
Hajmi123.42 Kb.
#1642770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Javohir Nuridinov MD.

I bob boʻyicha xulosalar

II BOB ROBINDRANAT TAGORNING DINIY-FALSAFIY DUNYOQARASHLARI NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI

    1. XIX-XX asrlarda Hindistondagi ijtimoiy fikr taraqqiyoti

XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib Osiyo qit’asida mustamlaka qilinmagan davlat deyarli qolmadi. Shu jumladan Hindiston XIX asr o‘rtalarida inglizlar tomonidan bosib olindi. Bu yerda yashagan ko‘p xalqlar qadimgi oriylarga xos erkinlik g‘oyalarini butkul unutgan va har qanday hukmdorga buysunishga tayyor qullar kabi zabun holatga rozi bo‘lgan ko‘rinardi. Hatto, o‘zi bilan birga yangicha hayot tarzini olib kelgan musulmonlar ham aynib, o‘zga el-elatlar singari mo‘min-qobil bo‘lib qolgandek edi.


Xuddi shu boisdan ham Yevropa qadimiy madaniy Sharq davlatlarida yetishmagan qudrat va kuch-g‘ayratga erishib, bulardan o‘zib ketdi. Oldi-sotdi va boyish vasvasasi Yevropa dengizchilarini Amerika qit’asiga otlantirdi. Portugallar Malakkada Arab saltanati hukmronligiga chek qo‘ydi, Hindiston qirg‘og‘i va Sharqdagi boshqa dengiz mintaqalarida tayanch istehkomlar bunyod etdi.
Tez orada portugallarning ziravor-dorivorlar savdo-sotig‘i sohasidagi hukmronligiga ikki yangi davlat – Gollandiya bilan Angliya qarshilik ko‘rsata boshladi. Ular Portugaliyani sharqdan siqib chiqarishdi, Sharqdagi saltanatiga, butun tijorat ishlariga nuqta qo‘yildi. Gollandlar qisman portugallar o‘rnini egallab, ko‘pgina sharqiy orollarni bosib oldi. Portugallarni quvib, juda g‘ururlanib ketgan Ost-India kompaniyasi Boburiylar saltanati zaiflashdi, deb hisoblab, 1685-yilda harbiy kuch yordamida Hindistondagi hududlarini kengaytirishga urindi. Biroq bu harakat kompaniya uchun ayanchli talofat bilan yakunlandi. Harbiy kemalar Angliyadan Hindistonga dovur butun yo‘lni bosib o‘tib, ayni vaqtning o‘zida sharqda – Bengaliyada va g‘arbda – Suratda Avrangzeb mulkiga hujum qilishadi. Ammo Boburiylar ularni qaqshatqich darajada mag‘lub qilish uchun yetarli kuchga ega edi. Inglizlar yaxshigina saboq olib, bundan keyin juda ehtiyotkor ish ko‘radigan bo‘lishdi.
Shu tariqa Yevropaning Osiyodagi bosqinchilik siyosati davri boshlandi. Hindistondagi Boburiylar sulolasining ovozasi Yevropaga ham yoyilgan edi. Mazkur sulolaning olti nafar eng yirik hukmdori bo‘lib, shundan so‘ng saltanat bo‘lak-bo‘laklarga ajralib ketdi va mana shu bo‘laklardan maratxlar bilan sikxlar o‘z davlatlarini bir amallab “bichib-tikib” olishdi. Ana shular ortidan inglizlar kelishdi, ular markaziy hokimiyat qulab, mamlakatda tartibsizlik boshlanganidan foydalanib, asta-sekin o‘z hukmronligini o‘rnatishdi27.
Ingliz savdogarlari hindlarni buysundirish maqsadi bilan 1757-yilda Hindistonga kirib kela boshlagan. Shundan boshlab qadimiy hind tuprog‘i qariyb ikki yuz yil davomida ingliz burjuaziyasi oyog‘i ostida qoldi. Hindiston iqtisodiy jihatdan talon-taroj qilindi, madaniy va ma’naviy imtiyozlari iskanjaga olindi. XVIII asrning 70-80 yillarida ingliz mustamlakachilariga qarshi Bengal dehqonlarining dastlabki katta qo‘zg‘olonlari bo‘ldi. Keyin asta-sekin butun Hindiston zulm-zo‘ravonlikka qarshi kurash, hujumkor qo‘zg‘olonlar o‘chog‘iga aylana bordi. Mamlakat boyliklarining talanishi, milliy g‘ururning yanchilishiga hind xalqi ortiq toqat qilolmay qoldi.
Rabindranat Tagorning falsafiy, ijtimoiy-siyosiy faoliyati XIX asrning oxiri va XX asrning birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Hindiston tarixida bu davr kapitalistik tuzumning gullagan davriga to‘g‘ri keladi. Bu yo‘lda juda ko‘p ommaviy chiqishlar, ish tashlashlar va qurolli qo‘zg‘olonlar ham bo‘lib o‘tgani tarix saxifalaridan bizga ma’lum. Ulardan eng yirigi XIX asrda bo‘lib o‘tgan. Bu 1857-1859 yillarda bo‘lib o‘tgan “Sipohilar qo‘zg‘oloni”dir. Bu vaqt Hindistonga Buyuk Britaniyaning “Ost India” kompaniyasi egalik qilardi. Mahalliy musulmon va hind sipohilar yollanma askar sifatida kompaniyaga xizmat qilgan. Qo‘zg‘olonga diniy nizo sabab bo‘ladi. Yangi tarqatilgan o‘q-dori patronlarida cho‘chqa va sigir yog‘i surtilgan degan mish-mishning tarqalishi sipohilar orasida norozilik kelib chiqishiga olib keladi. Bu hind va musulmonlarning diniy tuyg‘ularini mensimaslik deya baholanadi. Norozilik tez orada ommaviylashib yirik qo‘zg‘olonga aylanib ketadi. Garchi qo‘zg‘olon muvaffaqiyatsiz tugagan bo‘lsada, Ost-Indianing tugatilishiga olib keldi va endi Hindiston bevosita qirollik boshqaruviga o‘tadi. Sipohilar qo‘zg‘oloni esa bosqinchilar zulmiga qarshi ozodlik uchun kurashganlar tarixini zarhal harflar bilan bezadi.
Bu kurashlarda yetakchi rolni xalq ommasi, ya’ni ishchi-dehqonlar, hunarmandlar, shaharlardagi mayda burjuaziya vakillari o‘ynagan. O‘zining tashkilotchiligi sust, siyosiy ongi yetarli bo‘lmaganligi tufayli bu kuchlardan birortasi bu harakatga rahbarlik qilishni o‘z qo‘liga ololmagan. Faqat milliy burjuaziyagina bu harakatga boshchilik qilishni o‘z zimmasiga ola bildi. Lekin milliy burjuaziya bu harakatga boshchilik qilishda birinchi navbatda o‘z manfaatlarini ko‘zlagan edi. Rabindranat Tagor Pabnada o‘tkazilgan konferensiya xotiralarida shunday deydi: “Juda yirik siyosiy arboblardan biri bilan qilgan suhbatimda, agar mamlakatimizning siyosiy jihatdan haqiqatan yuksalishini xohlasak, dastavval xalqimizni pastdan baland ko‘tarishimiz lozim dedim. Bu so‘zlarimga u shunday mensimaslik bilan quloq soldiki, vatanparvarlarimiz “mamlakat” degan tushunchani ajnabiy maktablarda o‘qigandek tushunishlari, dillarida bo‘lsa xalqimizning ahvolini tushunmasliklari menga ravshan bo‘ldi. Ularning tasavvuri shu jihatdan qulayki, ular mamlakatimizning ajnabiylar qo‘l ostida turganligini aytib, qayg‘urishlari, hayajonga kelishlari, she’rlar yozishlari, bemalol gazeta tarqatishlari mumkin. Lekin ular xalqimizni o‘z xalqim deb bilgan vaqtdagina mas’uliyatni anglagan va sezgan bo‘ladilar – ana shundagina haqiqiy ish boshlash mumkin bo‘ladi”28.
Hindiston ozodlik harakatida milliy ziyolilar ham faol ishtirok etishdi. Ular orasida musulmon mutafakkirlar ham, hindiylar ham bor edi. Yagona maqsad ularni kurash yo‘lida birlashtirdi. Bu mutafakkirlar orasida Mahatma Gandi, Rabindranat Tagor, Muhammad Iqbol, Svami Vivekananda, Said Ahmadxon, Ghosh va boshqa bir qator mutafakkirlar bor edi. Tarixiy vaziyatning o‘zi bu mutafakkirlar dunyoqarashini shakllantirdi. Ular hind xalqining ozodlik kurashida yo‘lchi yulduzlar va g‘oyaviy rahnamolar bo‘lishdi.
XIX asrning oxirgi choragida yetakchi rolni Hindiston milliy mafkurasi o‘ynagan. Hindistondagi burjua millatchiligi diniy xarakterda edi. Hindiston millatchiligining mafkurasida va umuman Hindistonnning ijtimoiy hayotida ma’lum darajada hinduizm va islom dinlarining o‘ziga xos xususiyatlarining ham ta’siri bo‘lgan.
Hindistonning ilk milliy-burjua nuqtai nazaridagi mutafakkiri Ram Moxan Roy (1772-1883) ham diniy islohotchi, ham ma’rifatparvar sifatida faoliyat olib borgan. Bu xususiyat keyingi avlod hind mutafakkirlariga, hususan Gandiga ham xos bo‘lib, uning dunyoqarashi diniy-islohot hamda ma’rifatparvarlik elementlariga ega bo‘lgan.
Ram Moxan Royning barcha teologik asarlarida induizm dini ilk ko‘rinishini yo‘qotib endilikda – “u faqatgina zarar keltiradi, insonlarning yashash sharoitlarini yaxshilash o‘rniga, ularga qiyinchilik va yo‘qotishlar olib kelishi”29 haqidagi fikr o‘z aksini topgan. Yuz yildan so‘ng esa, Gandi mamlakatda hukm surayotgan o‘rta asrlarga oid urf-odatlardan achchiqlanib, Hindistonni “minglab hindiylar musulmonning uyidan suv olib ichgandan ko‘ra, chanqoqdan o‘lishni afzal bilgan” “ahmoqliklar mamlakati”30 deb ataydi. “Kasta bo‘linishlari sababli yuzaga kelgan minglab guruh va bo‘linmalar esa, ularni vatanparvarlik tuyg‘usidan mahrum qiladi. Mening fikrimcha, siyosiy manfaatlari va jamiyat farovonligi uchun dinga biroz o‘zgartirish kiritish lozim”31.
XIX asr Hindiston mutafakkirlarining - Ram Moxan Roydan boshlab, jumladan Gandining - diniy-falsafiy nuqtai nazardan islohotga oid faoliyati monoteistik va deistik tushunchalarni tasdiqlashga qaratilgan edi. Bu esa, o‘z navbatida dindan voz kechmay turib dunyoni ratsional ravishda qabul qilishga intilishni aks ettirgan. Shu bilan birga, Hindistondagi diniy burjua islohotlarning yana bir o‘ziga xos xususiyati, dinni odob-axloq normalari bilan to‘ldirish tendentsiyasidir. Shu kabi Ram Moxan Royga xos bo‘lgan intilish keyingi hind mutafakkirlarida, ayniqsa XIX asr oxiri-XX asr boshida yanada rivoj topdi.
An’anaviy hinduizmni tanqid qila turib, Roy ham ratsional, ham odob-axloq normalari nuqtai nazaridan yondashgan. Eng asosiy etik tamoyil sifatida quyidagi fikrni ilgari surgan: “Abadiy baxt-saodatga intilgan inson, boshqalarga ham xuddi o‘ziga bo‘lgan hurmat va ehtirom kabi munosabatlarda bo‘lishi kerak, va o‘zgalar baxti yoki baxtsizligini o‘ziniki deb hisoblamog‘i lozim”32. Keyinchalik ushbu tamoyilni Gandi yanada rivojlantirib, “dinning asl mohiyati odob-axloqdir”33 degan fikrni ilgari surgan.
XIX asrda Hindistondagi diniy islohotlarning eng asosiy o‘ziga xos xususiyati, bu diniy universalizmdir, ya’ni diniy ta’limotlar birdamligiga erishishdir. Bunday birdamlikka, Ram Moxan Roy va boshqa hind mutafakkirlari muqaddas dinlar va insonlar tomonidan yaratilgan odob-axloq normalarining o‘xshashligi va yakkaxudolik asosida erishmoqchi bo‘lganlar. O‘zining ilk asarlarida Roy barcha diniy ta’limotlar to‘g‘ri, chunki ular “yagona oliy mavjudot” mavjudligini tan oladi, “aniq xudo yoki xudolar” borligiga ishonishadi va alohida marosim o‘tkazish kerakligini uqtirishadi, deb yozgan. Va bu ish, uning fikricha, “aldoqchilarning” ishi bo‘lib, insonlar “birdamligini buzadi”34.
Insonlar tengligi va milliy birlashuv g‘oyasi ilgari sura turib, din tarafidan yoqlangan kasta tizimi tanqid etilgan. Ram Moxan Roy “kastalarga bo‘linish” Hindistonning tashqaridan kelgan bosqinchilarga osongina qurbon bo‘lishining sababi deb bilgan.
Kasta tizimini tanqid eta turib, Gandi ushbu tizimda nafaqat milliy birlashuvga to‘sqinlik qiluvchi o‘rta asrlardagi kabi bo‘linishlarni, balki eng avvalo ijtimoiy tengsizlik va ezilishlar gavdalanayotganini ko‘rdi. U kasta bo‘linishlariga nafaqat ma’rifatparlik nuqtai nazaridan, balki demokratizm nuqtai nazaridan kelib chiqib qarshi bo‘lgan. U shunday yozgan: “Kasta bo‘linishlari bir odamning ikkinchisidan ustunligini anglatgani uchun, ular butunlay yo‘q qilinishi lozim”35.
Hindiston liberal mutafakkirlari mamlakatda yangi ta’limning joriy etilishini, hindlarning ilmiy va texnik bilimlarni egallashlarini, iqtisodiy rivojlanish, asrning ikkinchi yarmiga kelib esa, sanoat rivojlanishi tarafdori bo‘lganlar. Ular milliy va tabaqalar tengligini targ‘ib qilganlar, davlat boshqaruvining respublika formasini ilgari surganlar, hindlarning fuqarolar huquqlari va milliy qadriyatlarini himoya qilganlar.
Hindistonning yetakchi ma’rifatparvarlari dehqonlarning feodal-zamindor va soliq ekspluatatsiyasini chegaralashni, dehqon shaxsiyati va mulki ustidan zamindorlar, soliq amaldorlari va plantatorlarning hukmronligini yo‘q qilishni talab qilishgan. Ammo zamindorlarni o‘z yerlaridan mahrum qilish darajasiga deyarli ko‘tarilishmagan, bunday holat XVIII asrning 70 yillarida sodir bo‘lib keying o‘n yilliklar davomida uchramagan. Chunki Hindistonda paydo bo‘layotgan burjua elementlarining o‘zi ham ular bilan chambarchas bog‘liq edi.
Ma’rifatparvarlik g‘oyalarining targ‘ib qilinishi nafaqat o‘rta asrlarga oid munosabatlarning, balki mustamlakachilik tizimining ham tanqid qilinishiga olib keldi. Vaqt o‘tishi bilan ushbu jarayon XIX asr milliy tashkilotlarining faoliyatida sezilarli o‘rin egallay boshladi. Bu asosan mustamlakachilik ekspluatasiyasiga, hindlarning Hindistonni qoloqlikka, xalqni esa qashshoqlikka mahkum etayotgan britan hokimiyati oldida haq-huquqsizligiga qarshi tanqidlardan iborat edi.
XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshlarida faoliyat olib borgan milliy mutafakkirlardan biri Dadabxay Naorodji (1825-1917) shunday degan: “Britan hukmdorlari Hindistonning old eshiklarida turib, butun dunyoga uni tashqi xavfdan qo‘riqlayotgani haqida ta’kidlashadi, o‘zlari esa uning orqa eshigidan o‘zlari qo‘riqlab turgan xazinani olib ketadilar”36. Yana boshqa mutafakkir M.G.Ranade mustamlakachilik tuzumi “millat hayotini tashkil etgan faollikni to‘xtatib qo‘yadi”, “siyosiy hokimiyat monopoliyasi esa, savdo va sanoat monopoliyasiga olib keladi”37 degan. Hindiston milliy harakatining yorqin namoyondalaridan bo‘lgan Bonkimchondro, keyinchalik Gandi ham, mustamlakachilik va pulning cheksiz hukmronligi tanqidini tenglik g‘oyasi himoyasi bilan birgalikda olib borganlar. Shu bilan birga, Bonkimchondroning qarashlari keyingi avlod arboblari va ayniqsa Gandining xalq ommasiga suyanishga intilishi bilan mos keladi. Bonkimchondro Vatan taqdirini o‘zlarining holati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lagan va bu haqida 1873 yilda o‘zining “Bengal dehqoni” maqolasida keltirib o‘tadi. “Vatan ravnaqi? Bu kimning ravnaqi? Men, sening va mening ravnaqimni ko‘ryapman. Lekin sen va men – bu vatanmi? Bizga o‘xshaganlar bizning mamlakatimizda qancha? Unda qancha dehqon bor? Agar ularni hisobga kirgazmasa kim qoladi? Ular – Vatandir. Uning xalqining kata qismi dehqonlardir. Sen va men nima qila olamiz? Agarda ularning barchasi birgalikda ishga kirishsachi, keyin ko‘ramiz nima bo‘ladi? Agar ularga farovonlik bo‘lmasa, Vatan uchun ham farovonlik bo‘lmaydi”38.
Bonkimchondro “mamlakat rivojlanishidagi eng asosiy to‘siq – bu xalq yuqori va quyi tabaqalari manfaatlarining umumiy emasligida”39 deb bilgan. U yerga xususiy mulk sifatida egalik qilishni qoralagan, yer egalari dehqonlarga nisbatan o‘z inidek munosabatda bo‘lib, “dehqonlar ter to‘kib ishlagan yerlaridan o‘ziga tegishli ulushini olishga haqli” deb hisoblagan.
Ijtimoiy kelishmovchiliklarni bartaraf etishdagi urunishlar ularni odob-axloq normalarini targ‘ib etish yo‘li bilan masalaga yechim topish mumkin degan g‘oya tug‘ilishiga olib keldi. Bonkimchondro davridan boshlab, deyarli barcha hind mutafakkirlari ushbu yondashuvga ega bo‘lganlar.
Har qanday dinning “abadiy asosi” – ya’ni dxarma to‘g‘risida Bankim Chandra shunday yozadi: “Dxarma – bu insoniylik, odamlarga nisbatan muhabbat va ezgu ishlarni amalga oshirish, bular xudoga bo‘lgan vafodorlik bilan to‘ldirilib, insonga shaxsiy baxt olib keladi. Dxarma vedalarda emas, balki insonlarga nisbatan qilingan ezgulikda mujassamdir. Xudoga vafodorlik, insonga nisbatan muhabbat va qalbdagi osoyishtalik – bularning barchasi dxarmadir”. Va yana: “Unutmanglar, Vatanga bo‘lgan muhabbat – eng oliy dxarmadir”40 – deb qo‘shimcha qiladi.
Radikal millatchilik g‘oyalarining keying rivoji, Svami Vivekananda (1863-1902) qarashlarida o‘z aksini topgan. G‘arbda Vivekanandani asosan diniy faylasuf sifatida bilishgan. Ammo uning chiqishlari faqatgina diniy-falsafiy mavzular bilan cheklanib qolmagan. U ushbu mavzuni Hindistondagi mavjud ijtimoiy va siyosiy muammolar bilan uzviy bog‘lagan.
U ham Bonkimchondro singari, liberal faoliyatning mustamlakachilik hokimiyati oldida kuchsizligidan g‘azablangan. “Bizning yosh tentaklarimiz, - der edi u, - inglizlardan ko‘proq hokimiyat olish uchun mitinglar uyushtirishadi. Ular esa faqatgina kulishadi. O‘zi ozodlik berishga tayyor bo‘lmaganlar, ozodlikka nomunosibdir. Faraz qilaylik, inglizlar sizga barcha hokimiyatni berishadi. Keyinchi? Bu hokimiyat, xalqni quyida ushlab turish uchun ishlatiladi. Undan ko‘ra ularda bu narsa bo‘lmagani ma’qul. Qullar hokimiyatni qul qilmoq uchun xohlashadi”41.
1894 yilda Vivekananda Chikagoda shunday yozgan: “G‘arbda bizning kastalarimizni tanqid qilishsa ham, ularning o‘zlarida biznikidan battarroq kasta bo‘linishlari – pul bo‘yicha bo‘linishlar mavjud. Barcha ishga qodir dollar – amerikaliklar uni shunday atashadi – bu yerda nima xohlasa shuni qilishi mumkin”.
Nazariy-g‘oyaviy jihatdan qaraganda, hind milliy ozodlik harakatiga xos ta’limotning ko‘zga tashlanadigan tomonlaridan biri, uning diniy-aqidaviy mazmunidir. Buning sababi shundaki, diniylik bu mustamlakaga qarshi qo‘zg‘algan hind xalqining ijtimoiy ruhiyatidagi yetakchi elementlardan biridir. Shuning uchun ushbu harakat rahbarlari siyosiy va nazariy jihatdan, diniy omilga Hind millatchiligining ham nazariy tayanchi va uning tamoyillarini ijtimoiy ongga yetkazish vositasi sifatida o‘z fikrlari va ishlarida muttasil rioya qilib kelganlar. Javaharlal Neru bu haqda bunday degan edi: “Yangi millatchilik butun Sharqdagidek Hindistonda ham diniy tusda namoyon bo‘lishga mahkum edi”.
“Hindistonning chet el bosqinchilari tomonidan bosib olinishi natijasida, mamlakatning madaniy hayoti uzoq davom etgan inqirozni boshdan kechirdi”42.
Musulmon ziyolilarning ijtimoiy-siyosiy qarashlarining shakllanishida Hindistonda 1905-1908 yillarda bo‘lib o‘tgan inqilobiy voqealar katta rol o‘ynagan. Vatanparvar Hindiston ziyolilari bo‘lib o‘tgan inqilobiy voqealar Hindiston xalqini o‘z mustaqilliklari demokratik huquqlarini tiklash yo‘lida ongli ravishda ommaviy siyosiy kurashga dastlabki qadamlarini qo‘ygan edilar.
Shu bilan birga o‘sha davrlar mamlakatning ijtimoiy ongiga inglizlarning reaksion “orani buz va hukmronlik qil” siyosati kuchaygan bir paytda o‘sha davrda ingliz siyosati va Musulmon ligasining faoliyati o‘rta hol musulmon ziyolilarining mafkurasiga salbiy ta’sir o‘tkazgan edi. Diniy prinsipga qarab mamlakatdagi milliy kuchlarning ajralishiga olib keldi.
Bu davrdagi o‘rtahol musulmon ziyolilarining kuchli tomonlari ularning harakati antikolonial va demokratik yo‘nalishda bo‘lgan bo‘lsada, ular harakatining zaif tomoni diniy cheklanganlikda edi.
Hindistondagi o‘rta hol musulmon ziyolilarining mafkuralari Shibliy No‘moniy, Abul Kalom Ozod, Muhammad Iqbollarning qarashlarida o‘z ifodasini topgan.
Ular marifatparvarlik ruhida tarbiyalanganliklari uchun ingliz kolonizatorlariga ularning siyosatini qo‘llab-quvvatlovchi mahalliy rahbarlarni tanqid qilishib, Milliy Kongres Partiyasi faoliyatini qo‘llab keldilar.
Hind milliy ozodlik harakati jarayonida diniy-falsafiy ta’limotlarni dolzarb siyosiy muammolarga moslashtirish maqsadida ularni zamonaviylashtirish va ushbu harakat talablariga muvofiqlashtirish, ayniqsa, o‘ta dolzarb vazifa bo‘lib yuzaga kelgan edi. Jumladan, an’anaviy-diniy-mistik g‘oyalar, ularning mavhum shakllarini vatanparvarlik va hatto mustamlakaga qarshi ruhda sug‘orishga qaratilgan faoliyatlar xususan faollashadi.
Sharqning bir qismi sifatida hind jamiyatiga ham an’anaviylik xosdir. Hindistonda XIX asr ikkinchi yarmi XX asr birinchi yarmida vujudga kelgan ijtimiy-siyosiy jarayonlarga ham an’anaviylik, diniy ta’limotlar va qadimgi hind diniy-falsafiy oqimlarining ta’sirini ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiq bo‘lardi. Barcha qadimgi hind falsafiy maktablaridan Vedanta maktabi o‘zining turg‘un va keng qamrovli xususiyatlari tufayli hozirgacha butun g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonga nihoyatda kuchli ta’sir o‘tkazib kelmoqda.
O‘z milliy an’analari bilan yonma-yon turgan hozirgi hind falsafasining rivojlanishiga G‘arb ijtimoiy-falsafiy tafakkurining ta’siri XX asr boshlariga kelib nihoyatda kuchaydi.Bu esa insoniyat hayotining moddiy, siyosiy va ma’naviy jabhalarini baynalminallashtirishda bevosita samarali hisoblanadi. Ammo buning jadallashuviga, shubhasiz, eng ko‘p salmoqli ta’sirini o‘tkazgan omil – bu Hindistonning mustamlakaga aylantirilishi bo‘lgan edi, chunki bu jarayonda u nafaqat umuman G‘arb madaniyati bilan, balki xususan Ovrupacha ijtimoiy-falsafiy qarashlar bilan aloqador bo‘lishga majbur bo‘lgan edi.
Shunisi ham muhimki, g‘oyaviy va ko‘pincha tashkiliy jihatdan yondashganda ba’zi “dunyoviy-falsafiy” tizimlar diniy-falsafiy ta’limotlarga yaqin turadilar. Chunki ularga xos tushunchalar hinduizm ruhi bilan sug‘orilgan milliy-ma’naviy an’analardan ilhom oladi. Jumladan, ularning asoschilari, masalan, Aurobindo Ghosh tuzgan Ashramlarning boshlig‘i ham bo‘lgan. Ikkinchi tomondan qaraganda diniy arbob bo‘lmagan ba’zi faylasuflar masalan , M. Iqbol o‘z diniy-idealistik tizimlarini islohlashtirish tamoyillariga tayangan holda tuzganlar. Shuning uchun “dunyoviy tizimlar va diniy-falsafiy ta’limotlar” orasidagi chegara shartli va ko‘chma xarakterga ega bo‘lgandi.
Hindiston bir asrdan ortiqroq vaqt mobaynida Britaniya imperiyasining mulkida bo‘ldi. Aytish mumkinki, Hindiston ingliz imperiyasining javhari edi. Hind xalqi uzoq vaqt davomida ozodlik uchun kurash olib bordi va nihoyat Hindiston 1947 yili uzoq kutilgan ozodlikni qo‘lga kiritdi. Lekin u endilikda avvalgi yaxlit Hindiston emasdi. Uning o‘rnida ikkita mustaqil davlat tashkil topdi. Ulardan biri mustaqil Pokiston davlati edi. Oradan bir oz vaqt o‘tib undan sharqiy hududlar ajrab chiqdi va Bangladesh davlati tuzilganligi e’lon qilindi.




    1. Download 123.42 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling