O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti
Download 308.52 Kb.
|
Abduvaliyeva Odinaxon
Mamlakat ichki bozorining hajmi. Rivojlangan bozorlarga ega yirik mamlakatlarda zaruriy ishlab chiqarish omillari va iste’mol tovarlarini topish imkoniyati yuqori bo‘ladi. Demak, bu mamlakatlarning xalqaro ixtisoslashuv va tovar ayirboshlashda qatnashish ehtiyoji kam bo‘ladi. Shu bilan birga rivojlangan bozor talabi importni kengaytirishni talab etadi. Bu – eksportga yo‘naltirilgan ixtisoslashuvni kengaytirish evaziga qoplanadi.
Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi. Mamlakat iqtisodiy salohiyati qanchalik kam bo‘lsa, uning XMT da qatnashish zaruriyati shunchalik yuqori bo‘ladi. Mamlakatning tabiiy resurslar bilan ta’minlanganligi. Mamlakatning yuqori darajada monoresurslar bilan ta’minlanganligi (masalan, neft), jumladan, foydali qazilma boyliklari bilan kam darajada ta’minlanganligi ham uning XMTda faol qatnashish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Mamlakat iqtisodiyoti tarkibida yetakchi sanoat tarmoqlarining ulushi (energetika, qazib olish sanoati, metallurgiya va b.). Asosiy tarmoqlar ulushi qancha yuqori bo‘lsa, odatda, mamlakat XMT tizimiga shuncha kam jalb etilgan. XMTning rivojlanish jarayonidagi asosiy xususiyat – ushbu jarayonning har bir ishtirokchisi o‘zining XMTdagi ishtirokidan iqtisodiy foyda, naf qidirishi va topishidir. XMTning rivojlanish tendensiyalari iqtisodchilarning kelajakda bu jarayon yanada chuqurlashib boradi, deb xulosa chiqarishlari uchun asos bo‘ladi. Uning asosida tovarlar va xizmatlar ayirboshlashning miqyosi jadal sur’atlar bilan o‘sib boradi. Har qanday davlat xalqaro ayirboshlov jarayonida XMTning ustunliklaridan foydalanar ekan: birinchidan, eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning tashqi va ichki bozor narxlari o‘rtasidagi farqdan yutishi; ikkinchidan, ichki xarajatlarni kamaytirish maqsadida arzonroq bo‘lgan importdan foydalanish evaziga milliy ishlab chiqarishdan voz kechishi mumkin. Sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatda ishlab chiqarish tashqi iste’molchilarga, ichki talab esa importga yo‘naltirilgan bo‘ladi, deb taxmin qilinmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ichki bozorning nisbatan tez, ammo ekstensiv tarzda kengayishi kutilmoqda. Xulosa Xalqaro ixtisoslashuv va xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi xalqaro mehnat taqsimotning mazmun mohiyatini, shakllarini amalga oshirishni belgilovchi mezonlardir. Ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashtirish davlatlar o‘rtasida mehnat taqsimotining shakli bo‘lib, u bir turdagi tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlarni mamlakat ichki iste’molidan ortib ishlab chiqarishni markazlashgan asosda o‘sib borishi tushuniladi. Qaysikim, alohida davlatlar konkret tovarlar va xizmatlar (an’anaga ko‘ra, ishlab chiqarish quvvati, kadrlar malakasi, tabiiy resurslar, milliy daromad darajasi, ichki bozor hajmini kengaytirish, mavjud va yangi iqtisodiy aloqalar bilan) ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashtirishning asosiy turlariga buyumlar (tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish), detallar (alohida qismlar va komponentlar ishlab chiqarish) va texnologik (ayrim texnologik jarayonlar va operatsiyalarni amalga oshirish) jarayonlari kiradi. Ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi ikki yo‘nalish bo‘yicha rivojlanib boradi: ishlab chiqarishda (tarmoqlararo, ichki tarmoqlar ixtisoslashuvi) alohida korxonalarning ixtisoslashuvi; xududiy (alohida mamlakatlar ixtisoslashuvi, guruh mamlakatlar, mehnat taqsimoti uchun ma’lum mahsulotlar va ularning qismlarini ishlab chiqaruvchi hududlari). 14 Ishlab chiqarishning hududiy xalqaro ixtisoslashuvida esa alohida mamlakatlar va hududlarda ma’lum mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning bir qismini jahon bozoriga chiqarilishini yo‘lga qo‘yilishi tushuniladi. Korxonada ko‘llaniladigan mehnatni tashkil etish shakllarini tahlil kilish: ishchilar mehnatini taqsimlash va kooperatsiyasi ahvoliga tahlil qilishning yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Bu tahlilga quyidagi yo‘nalishlar kiradi: tsexlar, uchastkalar, ish turlari, ayrim operatsiyalar bo‘yicha ishchilar soni va kasb-malaka tarkibini o‘rganish va bajarilayotgan ishlar, mehnat funktsiyalari va ijrochi-ishchilarning kasb-malaka jihatidan mos kelishini aniqlash; bajariladigan ishlarning mehnat sarfi darajasini hisobga olgan holda ishchilarni ishlab chiqarishning ayrim uchastkalariga va ish joylariga joylashtirishni tahlil qilish; kasblar, mehnat funktsiyalarini birga qo‘shib olib borish hamda ko‘p stanokli xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish imkoniyatlarini aniqlash; mehnatni brigada usulida tahlil etish imkoniyatlari va maqsadga muvofiqligini o‘rganish; mehnat sharoitlarini yaxishlashning asosiy yo‘nalishlarini o‘rganish. Korxonada mehnat jarayonini tashkil etishning boshlang‘ich omillarini tahlil qilish: ishlab chiqarish tipini, uning ko‘lamlarini, texnologik jaryonlar, mashina va asbob-uskunalarning o‘ziga xos xususiyatlarini, mehnatni mexanizatsiyalash, tsexlar, uchastkalar, ish o‘rinlari va shu kabilarni birlashtirish darajasini aniqlashdan iborat. Ishchilar mehnatining murakkabligshsh tahpil qilish: kasb-malaka darajasiga qo‘yiladigan talablar va uning ishlab chiqarish talablariga muvofiq kelishi; xodim kasb ixgisosining kengligi hamda kasblarni vaqtincha bajarib turish va mehnat faoliyatini o‘zgartirish imkoniyatlaridir. Ishchilar mehnat taqsimoti va kooperatsiyasini tahlil qilish: ishlab chiqarish jarayonining operatsiyalarga bo‘linishini; ayrim operatsiyalarni alohidalash zarurligiga va yiriklashtirish yoki tabaqalashtirish darajasiga baho berish; umumiy ishlab chiqarish jarayoni tarkibida alohida operatsiyalarni bajaruvchi ishchilar o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganish; mehnat buyumlarini tashishga va operatsiyalararo turib qolishiga vaqt sarflanishi; ayrim ishlab chiqarish operatsiyalarini birga qo‘shib bajarib turish yoki qismlarga bo‘lish, shuningdek xodimlarning o‘z funktsional vazifalariga kiradigan ish bilan bandligini, ish razryadlari va ishchilarning bir-biriga mos kelishini aniqlashdir. Ish vaqtidan mashinalar hamda asbob-uskunalar ish vaqtidan foydalanishni tahpil qilish: smena ichida ish vaqtining bekor sarf bo‘lishini hamda ularning sabablarini aniqlash; ishlab chiqarish jarayonidagi „qaltis joylar"ni aniqlash, bunda mehnat sarfining yuqori bo‘lishi yoki ishchilarning ulgurmasligi sababli ayrim operatsiyalarni bajarishda kechikib ketishlar sodir bo‘ladi, keyingi operatsiyalarda bekor turib qolish va kutib qolishlar, shuningdek mehnat va ishlab chiqarish intizomining buzilishi oqibatida yagona ishlab chiqarish jarayonining borishida uzilishlar ro‘y beradi. Ish vaqtidan foydalanishni tahlil qilishda ish bilan bandlikning mazkur turiga mos kelmaydigan tasodifiy ishlarni bajarish vaqgi ham, asbob-uskunalarning ishini passiv ravishda kuzatib turish vaqti (bu mehnat funktsiyalarini birga qo‘shib bajarish uchun rezerv sifatida qaraladi), jihozlarni sozlashni va rejadan tashqari ta’mirlash ishlarini amalga oshirishni kutish munosabati bilan ishchilarning bekor turib qolish vaqti ham hisobga olinadi. Download 308.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling