O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
To\'plam 2023 oxirgi. O`zmu
geografik va sulolaviy belgilar asosida davrlashtirish nafaqat fors-tojik adabiyoti,
balki o‘zbek va boshqa turkiy xalqlar adabiyoti uchun ham xos xususiyat bo‘lgan. Braginskiy, shuningdek, eronlik adabiyotshunoslardan Mirzo Humoiy Isfahoniy, Badeʼuzzamon, Sodiq Rizozoda Shafaq, Zabehulloh Safo, (asosan sulolaviy, gohida geografik, asrlar bo‘yicha xronologik, davrning eng mashhur ijodkorlari nomi bilan), hindistonlik tadqiqotchi Shibliy Nuʼmoniy (sulolaviy 356 hamda shoirlarni “qadimiy”, “o‘rta”, “yangi” davrlarga bo‘lish), Malikushshuaro Bahor, Said Nafisiy (sheʼriyat va nasr uslublari asosida bir-birining ketma- ketligiga ko‘ra davrlashtirish ), g‘arblik tadqiqotchilardan E. Braun (sulolalar bo‘yicha xronologik tartib), G. Ete, J. Pitzi, P. Horn (asosiy janrlar bo‘yicha tasniflash), inqilobdan oldingi rus sharqshunoslaridan А. Krimskiy (“Somoniylar sheʼriyati”, “G‘aznaviylar davri adabiyoti”, “Saljuqiylar davri adabiyoti” va hokazo kabi qarama-qarshi tushunchalar) va boshqa tadqiqotchilar xulosalarini keltirib, mavzu anchadan buyon ilmiy bahslarga sabab bo‘lganligini taʼkidlagan. Bu orada M. Bahor tomonidan ilgari surilgan davrlashtirish tamoyili alohida eʼtiborni taqozo etadi. Bahor stilistikasining qimmatli jihati shundaki, u uslublar o‘zgarishiga siyosiy-ijtimoiy hodisalar taʼsir ko‘rsatganini sharhlab bergan [6,12]. Uslublar asosida adabiyotni davrlashtirishda asosiy eʼtibor ijodiy uslubdagi tafovutlarga qaratilgan. “Xurosoniy uslub” IX asrdan XII asrgacha davom etgan bo‘lsa, “Iroqiy uslub” deganda XII asr oxiridan XV asrgacha davom etgan sheʼriyati uslubi tushuniladi. Bu uslubning nomi Iroqi Аjam (Eron markazi) nomidan olingan, ammo bu uslubning tarqalishi boshqa hududlarni ham qamrab olgan.Tarixiy jihatdan “Iroqiy uslub” mo‘g‘ullar va temuriylar davrini o‘z ichiga oladi. Jomiy va Navoiy zamondoshlari ham shu maktab vakillari hisoblanishadi. Ikki xalq adabiy aloqalari keyingi davri bevosita Hind zamini bilan bog‘liq. Bu hududda XV asrdan keyin yangi uslub vujudga kelganki, adabiyotda “Hindiy uslub” deb atalgan. Hind (Buboriylar) saroyida forsiyzabon shoirlarni xushmuomalalik bilan qabul qilinishi, o‘sha davrdagi notinch vazʼiyat, shuningdek, Safaviy shohlarning mazhabiy fanatizmga berilishlari, shiʼa bo‘lmagan kishilarga yomon munosabatda bo‘lishlari sababli bir guruh shoirlar Hindistonga muhojirat qilishga majbur bo‘lganlar [9,972]. Bu uslub deyarli XVI asrdan XVIII asrgacha davom etgan. Аyrim tadqiqotchilar bu uslubni “Isfahoniy” uslubi deb ham atashgan va oxirgi yillarda “Hindiy” va “Isfahoniy” uslublarining o‘xshash va farqli jihatlari ham tadqiq qilingan [10, 174]. Mumtoz adabiyotga xos oxirgi uslub “Аdabiy qaytish” uslubi sifatida tilga olinadi. Bunday nom olishining sababi shundaki, XVIII asr boshidan sheʼriyatda 357 o‘zgarishlar yuz berdi va bir guruh ijodkorlar asta-sekin yoqimsiz bo‘lib qolgan “Hind uslubi”dan voz kechib, qadimiy shoirlar uslubiga ergashdilar. M. Bahor tomonidan adabiyotni davrlashtirish uchun ilgari surilgan taklifga nisbatan ilmiy doiralarda tanqidiy fikrlar bayon qilingan. Jumladan А. Sattorzoda asosan leksik (“lingvistik xususiyatlar”) va shakliy (badiiy sanʼatlar, aruz, qofiya) jihatlari asosida davrlashtirish uchun taklif etilgan bu nazariyani tanqid ostiga olgan [8,68]. Nihoyat g‘arblik va sharqlik tadqiqotchilar fikrlari o‘rganilgandan keyin adabiyotni davrlashtirishda tarixiy bosqichlarning muhimligini anglagan holda, adabiyotni bosqichlarga bo‘lish adabiy hodisalarga asoslanishi kerak, garchi ular noadabiy, umumiy tarixiy muhit va hodisalar bilan bog‘liq bo‘lsa ham degan xulosaga kelingan. O‘zbek adabiyotshunoslaridan N. Mallaev [5,8], R. Vohidov [4,11] va boshqalar adabiyotini asosiy taraqqiyot bosqichlariga bo‘lib o‘rganish zarur deb hisoblaganlar. Chunki “badiiy adabiyotning ijtimoiy-estetik mohiyat kasb etishi, unga turli adabiy oqimlarning taʼsiri, ular o‘rtasidagi fikrlar kurashi, rang-barang va xilma-xil janrlar taraqqiyoti, muayyan davrda yaratilgan badiiy asarlarning til xususiyatlari hamda so‘z sanʼatining boshqa tamoyillarini nazarda tutib o‘zbek adabiyoti taraqqiyot jarayonlarini tarixiylik nuqtai nazaridan davrlashtirish maqsadga muvofiq sanaladi”[4,10]. Xullas, tarixiylik tamoyili adabiyotni davrlashtirish masalasida ustuvorlik kasb etgan. Eng asosiysi bosqichlarni aniq belgilash, ularni farqli jihatlari asosida ajratish, tadrijiy ravishda qanday pog‘onalarga ko‘tarilganini va uning mohiyatini tahlil qilish xos ahamiyatga ega. Аdabiyotni davrlashtirish asosida adabiy aloqalarni ham bosqichlarga bo‘lish imkoniga ega bo‘lamiz. Olib borilgan tadqiqotlar shundan dalolat bermoqdaki, adabiy aloqalar ham tadrijiy taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tgan. Shu sababdan adabiy aloqalarni davrlashtirishda ham tarixiylik printsipiga amal qilishimiz muhimdir. Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling