O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/253
Sana22.08.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1669088
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   253
Bog'liq
To\'plam 2023 oxirgi. O`zmu

SEVGI IZHORI NUTQIY AKT SIFATIDA 
 
https://doi.org/10.5281/zenodo.8140195
  
Tadjiyeva Mastura Fayzullayevna,
katta o‘qituvchi,
Termiz davlat universiteti, Termiz 
Annotatsiya: Mazkur maqola “sevgi izhori”ning nutqiy akt sifatida 
ifodalanishiga bag‘ishlagan. Muhabbat izhori nutqiy akti o‘ziga xos universal akt 
sifatida vaziyat kontekstida va`da, maqtov, iltifot kabi boshqa nutqiy aktlarni ham 
o’z ichiga oladi. Shuningdek, sevgi izhor etish nutqiy aktini amalga oshirishda
verbal ifoda va noverbal vositalardan ham samarali foydalanish mumkin.
Kalit so‘zlar: sevgi izhori, nutqiy akt, performativ nutq turi, noverbal 
vositalar, verbal ifoda. 
Til inson faoliyatining barcha sohalariga taalluqlidir. Jamiyatda turli 
munosabatlar zamirida inson kommunikativ maqsadi yotadi va bu maqsad til orqali 
amalga oshadi. “Insonlarning so‘zlash yoki yozish harakatlarini bajarishi
jarayonida til birliklari asl ma’nosidan tashqari, tasdiqlash, buyurish, 
ogohlantirish, va’da berish kabi mazmunni ifodalash imkoniyatini namoyon 
qiladilar. Bu ma’nolar so‘zlovchi shaxs tomonidan bajarilayotgan nutqiy faoliyat 
natijasidir. Demak, nutqiy akt so‘zlovchining ma’lum muhitda, aniq maqsadda 
tinglovchiga lisoniy murojaatidir.”
[1,77] 


200 
Insonlar ijtimoiy hayotda tildan foydalangan holda muloqot qilishadi. 
Muloqot orqali ular bir-birlarini yaxshi tushunishadi. Aslida, muloqot nafaqat 
og‘zaki yoki yozma, balki harakat hamdir. 
O’z fikrini ifodalashga urinishda odamlar nafaqat grammatik tuzilish va 
so‘zlarni o‘z ichiga olgan gaplar hosil qiladi, balki shu gap orqali harakatni ham 
bajaradi.
“Nutqiy akt yoki gapni aytishda bajariladigan harakatlar, umuman 
olganda, gap ma’nosining vazifasidir” [3,18]. 
Harakatlardan birini sevgi orqali ko‘rsatish mumkin.
Nutq harakatlari 
nazariyasining asosiy birligi nutqiy harakat yoki nutqiy akt sifatida qaraladigan 
gapdir. Ushbu nazariya doirasida bevosita va bilvosita nutqiy aktlar farqlanadi. 
Britaniyalik til faylasufi D. L. Ostin bevosita nutqiy aktni uch darajali 
shakllanish sifatida ko‘rib chiqdi, u lokutiv (lingvistik vositalardan foydalangan 
holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri talaffuz qilish), illokutiv (so‘zlovchining kommunikativ 
maqsadini aks ettiruvchi bayonotning pragmatik komponenti) va perlokutiv(nutq 
harakatlari orqali erishiladigan ta’sir yoki natija) aktlarini ta’kidladi[2, 22-28]. 
Bevosita nutqiy aktlarida ifodalangan mazmun bilan uni o‘zida mujassam etgan 
lisoniy shakl o‘rtasida moslik mavjud. 
J.Serl nazariyasiga ko‘ra, biz o‘rganayotgan nutqiy akt hissiyotlarga 
tegishlidir, chunki uning illokutiv maqsadi hissiyotlar va psixologik holatni 
ifodalashdir[3, 1-23].
“Sevgi izhori” nutqiy aktini amalga oshirish holati ikkita majburiy a’zoni o‘z 
ichiga oladi: adresant va adresat. 
Adresant - ma’lum bir hissiy holat, his-tuyg‘ular, harakatlarning sub’ekti 
rolida va ustuvor kommunikativ pozitsiyaga ega bo‘lgan murojaat qiluvchi; 
Adresat - qarama-qarshi jinsdagi so‘zlovchining yuqori darajadagi mehr-
muhabbatini boshdan kechirishga sababchi bo‘lgan shaxs. 
Adresant ma’lum bir maqsadni, ya’ni, adresatni o‘z his-tuyg‘ulariga 
ishontirishni ko‘zlaydi. Faqat perlokutiv effektga erishilgan taqdirdagina, ushbu 
nutqiy akt muvaffaqiyatga erishadi. Quyida illokutiv aktning muvaffaqiyatli 
amalga oshirilishiga misol:


201 
“I say, “I love you deeply and I hope you know that.” “Of course I do”, she says. 
“I've always loved you, Noah.” (Nicholas Sparks, The Notebook) 
Til faylasufi Jon Ostin o‘zining nutqiy aktlar nazariyasida nutqning ikki 
turini ajratib ko‘rsatadi: konstativ va performativ[2, 1-11]. Konstativ nutq turi 
mavjud voqelikka ishora qilib, bunday voqelikni sodir bo’layotganligini e’lon 
qiladi. Performativ nutq turi yangi voqelikni yaratadi. Ko‘pgina nutqlar birinchi 
toifaga kiradi, chunki nutq, yozma va umuman og‘zaki muloqot odatda 
narsalarning tavsifi / ifodasi hisoblanadi. Lekin performativ hech narsani 
ifodalamaydi. U bajaradi, harakat qiladi. 
Roland Bartning ta’kidlashicha, “I love you”( Men sizni sevaman) jumlasi 
performativdir. Semiologning fikriga ko‘ra, u ishqiy mavzu nimani his qilishini 
ifoda etmaydi; aksincha, ta’sir qilish istagi bilan aytiladi. Menimcha, Ostin 
ta’riflaganidek, nafaqat performativ so‘zlari, balki barcha nutqlar ham 
performativdir. Biror narsa aytilmaguncha, biz doimo uning haqiqat ekanligini his 
qilmaymiz. Til - bu g‘oyalar, his-tuyg‘ular yoki u yetkazadigan har qanday 
mavhum narsaning ijtimoiy hayotidir. Sir tutilgan sevgi shaxsiydir. Bir marta 
aytilgandan so‘ng, u boshqaning ko‘z o’ngida ijtimoiy hodisaga aylanadi. Ikki 
kishi munosabatda bo‘lganida, ular buni o‘z oilalari va do‘stlariga e’lon qilish 
orqali rasmiylashtiradilar. Bunday jamoatchilik ma’qullashi, ochiqlikda mavjud 
bo‘lgan rasmiy va tan olingan munosabatlar va sir saqlanadigan sevgi 
munosabatlari o‘rtasidagi axloqiy farqni ko‘rsatadi.
“I love you” bu nutqiy akt va uning ma’nosining muhim jihati shu fakt 
bilan bog‘liq. Nutqiy akt - bu shunchaki gapirish orqali sodir bo‘ladigan harakatdir. 
Bu turdagi aktlar maqsad qilingan harakat turi, ya’ni intentsiya (niyat)ni 
ko‘rsatadigan harakatdir. Bu bizga “I love you” sevgi izhori harakati 
so‘zlovchining intentsiyasiga mos kelishini bildiradi. Ya’ni, bu tarzda gapirayotgan 
odam uchta narsani maqsad qiladi: lokutiv akt, illokutiv akt va perlokutiv akt. 
Lokutiv akt oddiygina “I love you” deyish harakatidir (ya’ni, propozitsiyani 
ifodalash). “I love you” (ya’ni, ishonchni ifodalash) tasdiqlashning illokutiv akti. 
Perlokutiv akt bu tinglovchini “I love you” ga ishontirishdir. 


202 
Sevish- bu va’da, e’tirof, haqiqatni bayon qilish, e’tiqodni ifodalash, nafaqat 
jismoniy funktsional, balki (bundan ham muhimi) ontologik funktsional bo‘lgan 
yangi funktsional munosabatlar orqali o’zini boshqasiga ochishdir. “Men seni 
yaxshi ko‘raman” - bu o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lgan yangi holatga olib 
keladigan ma’nodagi perfomativ akt, chunki u subyektivlikni kiritish orqali 
odamlar o‘rtasidagi aloqa yetishmasligini bartaraf etishning boshlanishi 
hisoblanadi.
Muhabbat izhori nutqiy akti o‘ziga xos universal akt sifatida vaziyat 
kontekstida boshqa nutqiy aktlarni ham o’z ichiga olishi haqida gapirish maqsadga 
muvofiqdir: 
̶ iltifot/ maqtov: “…You're beautiful, you're kind, you're gentle... you're everything 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling