O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
To\'plam 2023 oxirgi. O`zmu
- Bu sahifa navigatsiya:
- OILA DISKURSIDA NUTQIY TA’SIR VOSITALARI https://doi.org/10.5281/zenodo.8141311 Azimova Shahrinoz Ikromovna
- Kalit so‘zlar
REFERENCES:
1. Kubryakova E. S., “Cognitive linguistics”. 1995, (p. 212). 2. Vorobyov V.V., “Linguoculturology.” (Theory and practice) 1997, (p.12). 3. Kolesov V., “Life originated from word”. 1999, (p.156) 4. Tolstoy A.N. “Language and culture” . 1995, (p. 16-17) 5.Stepanov, “Linguocultural concept and its terminological system” 1997, (p.45- 46) OILA DISKURSIDA NUTQIY TA’SIR VOSITALARI https://doi.org/10.5281/zenodo.8141311 Azimova Shahrinoz Ikromovna Ilmiy rahbar: f.f.d, dotsent, Sadullayeva N.A. Tayanch doktorant, Buxoro davlat universiteti, O’zbekiston, Buxoro Tel: +998901350549 Email: shahrinoz.8882@gmail.com Annotatsiya : Ushbu maqolada oila a‘zolari o‘rtasidagi nutqiy muloqotga diskursiv hodisa sifatida yondashilib, kommunikativ aloqalardagi nutqiy ta‘sir vositalari ko‘rib chiqilgan. Oilaviy muloqotda nutqiy ta’sir vositalari sifatida tilning prosodik vositalari (intonatsiya, nutq tempi), obrazli vositalar (metafora, o’xshatishlar), hissiy ta’sir etuvchi frazeologik birliklar va bilvosita nutqiy aktlar qayd etilgan. Kalit so‘zlar: oila diskursi, nutqiy muloqot, nutqiy ta’sir, kommunikativ maqsad. 289 Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi kundalik muloqotning tezlashuvi, odamlar turmush tarzining jadallashuvi, ularning ruhiy zo'riqish va ta'sirchanligining kuchayib borishi kabi holatlar bilan belgilanmoqda. Bu jarayon o’z-o’zidan insonlarning muloqot madaniyati yuqori darajada bo'lishini taqozo etadi. Chunki insonning madaniyati, ma`naviyati uning muloqotida aks etadi. Muloqot – insonlarning hamkorlikdagi faoliyatiga boʻlgan ehtiyoji boʻlib, u munosabatlar, oʻzaro ta’sirlar, ma’lumot yoki axborot almashinish kabi jarayonlarni oʻz ichiga oladi. Muloqot jarayonida lingvistik birliklardan foydalanish uchta asosiy maqsadga yo’naltiriladi. a) biror voqelik haqida ma’lumot berish, b) ma’lumotni qa’bul qilish, c) suhbatdoshga nutqiy ta’sir qilish. Bunda kommunikantlarning muloqot jarayonida ta'sir qilish uchun tildan foydalanish bilan bevosita bog'liq bo'lgan pragmatik jihat alohida ahamiyatga ega. Muloqotning pragmatik jihati nutqiy faoliyatni til birliklaridan foydalanish va muloqot ishtirokchilarining kommunikativ maqsadlari o’rtasidagi munosabat nuqtai nazaridan belgilaydi. Ya’ni, muloqot nutq sub’yekti (adresant) va uning kommunikativ maqsadi, nutq ob’yekti (adresat) va uning psixologik holati, nutqiy vaziyat va muloqot kechayotgan muhit bilan uzviy bog’liq holda rivojlanadi. Muloqot dinamikasi nutq ishtirokchilari tarkibi, shakl va mazmun o’zgarishlarida namoyon bo’ladi. Hayot taraqqiyoti muloqot doirasining kengayishi, uning yangi turlari hosil bo’lishini taqozo qiladi. Muloqot ijtimoiy harakterda bo’lib, avloddan-avlodga o’tib, mazmunan boyib ma’lum “qolip”larda o’zlashtirilib boriladi. Muloqot shakli–madaniy hodisa va shu sababli turli madaniy guruhlarda (xalq, etnos, qabila va kichik ijtimoiy guruhlarda) turlicha udumlar, an’anaviy ritual qoidalari mavjud. Guruhlarda qo’llanishda bo’lgan muloqot shakli ularning ishtirokchilari yagona jamoa sifatida birikishini ta’minlash natijasida, guruhlarni o’zaro farqlash vositasi bo’lib xizmat qiladi. Har bir inson hayoti davomida turli ijtimoiy guruhlarning a’zosi bo’ladi va o’z hatti-harakatlarini shu guruhlarning har biriga mos ravishda quradi. Boshqa ijtimoiy guruhlardan farqli o’laroq, insonga lingvistik hatti-harakatlarni amalga 290 oshirishda qulaylik beradigan joy bu uning oilasidir. Oila kichik ijtimoiy guruh sifatida quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi. - ijtimoiy munosabatga kirishishda boshqa guruhlardan farqli oʻlaroq tarkibining kichikligi; - munosabatlarning barqarorligiga hissa qoʻshadigan aloqalarning doimiyligi; - insonning oila a’zosi sifatida lingvo-psixologik jarayonlardagi munosabatlarda nisbiy mustaqillikka egaligi; - shaxs oʻzining ijtimoiy mohiyatini anglashida birgalikdagi harakatlarning obyektiv zarurati 45 . Oilaviy muloqotdagi nutq hatti-harakatlari kommunikantlarning shaxsiy xususiyatlari, ularning rol-maqom xususiyatlari va muloqot maqsadiga bog’liq. Kommunikativ maqsadning mavjudligi har qanday turdagi nutq harakatini tavsiflash bilan birgalikda nutqni pragmatik talqin qilishning eng muhim parametrlaridan biri sifatida yuzaga chiqadi. Kommunikantning muloqotda nutqiy harakatlar orqali ko’zlangan natijaga erishish istagi esa muloqot maqsadini rag’batlantiradi. Maqsadga muvofiq til birliklarini tanlash va tizimlashtirish amalga oshiriladi. Kommunikativ vaziyatni anglash nutq mavzusi va qa’bul qiluvchining xususiyatlariga qarab ta’sir qilish vositalarini tanlash va o’zgartirish imkonini beradi. Pragmatika muloqot jarayonida sodir bo’ladigan ko’plab hodisalar, birinchi navbatda ijtimoiy, psixologik va biologik hodisalar bilan bog’liq. Oila ijtimoiy-psixologik yaxlitlik sifatida shaxsga shunday normativ va axborot ta’sirlarini ko`rsatadiki, oqibatda shaxs eng avvalo, jamiyatdagi qonuniy normalar, xulq-atvor andozalarini egallaydi 46 . Oilada shaxslararo munosabatlar qanchalik mustahkam bo’lsa, uning normativ ta’siri ham shunchalik samarali bo’ladi. Bunday oilada o’zining qadriyatlaridan tashqari, jamiyat qonun-qoidalari va qadriyatlarini hurmat qilish, atrofdagilar bilan munosabatlar tog’ri yo’lga qo’yish ko’nikmalari shakllanadi. 45 Ерофеева Т.И. Малая социальная группа как объект лингвистического исследования. // Русский язык сегодня: Сб. статей. Отв. ред. Л.П. Крысин. М., 2003. Вып. 2. С. 443. 46 Социология семьи: Учебник / Под ред. проф. А.И. Антонова.- М.: ИНФРА-М, 2005 – С. 220 291 Oilaviy muloqotda nutqiy ta’sir vositalari sifatida, birinchi navbatda, tilning prosodik vositalari (intonatsiya, nutq tempi), obrazli vositalar (metafora, o’xshatishlar), hissiy ta’sir etuvchi frazeologik birliklar va bilvosita nutqiy aktlarni ko’rsatish mumkin. Oiladagi shaxslararo munosabatlarda eng oddiy va tabiiy ta’sir etish vositasi bu – intonatsiya bo’lib, ovozning past yoki balandligi, nutqni cho’zib yoki to’xtalib talaffuz etish nutqning ta’sirchanligiga ta’sir ko’rsatadi. Oila a’zolari o’rtasidagi muloqotda nutqni past ovozda ifodalash odatda, ta’sirchan va obro’li nutq sifatida qa’bul qilinadi. Bunday ta’sir vositasi asosan talab, tanbeh, nasihat mazmunli nutqlarda qo’llaniladi. Oila diskursida adresatga ta’sir etishning samarali usullaridan yana biri bu obrazli vositalardan foydalanishdir. Bularga metafora va ko’chma ma’nodagi so’z va iboralar kiradi. Tadqiqotchilar nutqiy muloqotda yorqin hissiy tasvirlarni keltirib chiqaradigan metaforalarning ta’sir kuchiga alohida e’tibor qaratishadi. Kundalik nutq sohasida nutqiy ta’sir vositasi sifatida o’xshatishlar keng qo’llaniladi. O’xshatishlar voqelikni bilish shakllaridan biri sifatida turli ob’yekt va hodisalarning o’xshashligi asosida yuzaga keladi. Shaxsning ma’lum xususiyati, fazilati, holati, xulq-atvori o’xshatishlar asosida kundalik vaziyatlarni jonli, obrazli tasvirlash uchun xizmat qiladi. Shuni ta’kidlash lozimki, oilaviy muloqotda majoziy vositalardan foydalanish ham ijobiy, ham salbiy o’zaro nutqiy ta’sir holatlari uchun xosdir. Oila a’zolari o’rtasidagi nutqiy munosabatlarda fikrning emotsionalligini hamda ta’sirchanligini oshirishda nutqiy vaziyatdan kelib chiqib tilga yondosh bo’lgan noverbal vositalardan foydalanadi. Ma’lum axborotni tinglovchiga yetkazish jarayonida qo’l, bosh, yelka, gavda, yuz harakatlari orqali ham ma’lum ma’no ifoda etiladi. Demak, oilaviy muloqotda shaxslararo munosabatlarni amalga oshirish ko’pgina omillarning ta’siri bilan belgilanadi. Bunda oiladagi har bir shaxsning lingvistik qobiliyati – lingvistik belgilarni kommunikativ vaziyatga mos ravishda 292 tanlay olish qobiliyati, suhbatdoshining psixologik holatini to’g’ri baholay olishi muloqotning samarali kechishini ta’minlaydi. Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling