O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
To\'plam 2023 oxirgi. O`zmu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jurayeva Muborak Erkabayevna OʼzDTАU, xorijiy tillar kafedrasi o’qituvchilari Annotatsiya
- Kalit so’zlar
454 INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA CHET TILINI OʼRGANISH SAMARADORLIGIN OSHIRISH https://doi.org/10.5281/zenodo.8146002 Israilova Dilorom Shomaxamatovna dilorom_76@mail.ru Jurayeva Muborak Erkabayevna OʼzDTАU, xorijiy tillar kafedrasi o’qituvchilari Annotatsiya: Zamonaviy taʼlimni tashkil etishga qoʼyiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Ushbu maqolada innovatsion texnologiyalar yordamida chet tilini oʼrganish samaradorligini oshirishda asosan nimalarga e’tibor berish kerakligi, unda o’qituvchining roli haqida yoritilgan. Shuningdek, til o’rganishda talabalarni fikrlashga undovchi ayrim ijodiy vazifalardan namunalar keltirilgan. Kalit so’zlar: Zamonaviy taʼlim, pedagogik texnologiyalar, innovatsion usul, , talabalar, o’qituvchi. Xorij pedagogik texnologiyalarini oʼrganish, uni taxlil etib, ijobiy tomonlaridan unumli foydalanish shubhasiz taʼlim sifatini oshiruvchi muhim omillardan biridir. Аyniqsa, hozirgi kunda chet tiliga boʼlgan extiyoj tabora ortib borayotgan bir vaqtda chet tilini oʼqtish va oʼrgatish bugunning eng dolzarb vazifalaridan biriga aylandi. Chunki mamlakatimiz va chet davlatlar oʼrtasida olib borilayotgan diplomatik va madaniy aloqalar rivojlanib borayotganligi mutaxasislardan mukammal bilimga ega boʼlish bilan birga chet tilida oʼz fikrlarini aniq ifodalay olishni talab qiladi. Shunday ekan, malakali kadrlarni tayyorlash uchun xar bir oʼqituvchi dars jarayonida zamonaviy darsliklardan xamda yangi metodlardan unumli foydalansa maqsadga muvofiq boʼlar edi. Dars jarayonida tez- tez shunday qiziqarli metodlarni topib qoʼllash kerakki, ular “Аqliy xujum” orqali talaba shu davrgacha xotirasida saqlab kelgan soʼzlarini beixtiyor nutqida ishlatishga xarakat qildirsin. “Soʼzning barcha tarkibiy qismlari (grammatik, 455 fonetik, semantik) mashq qilinishi kerak.” [1. Janikova 2005. 202] Maʼlumki, chet tilini oʼrganish oson ish emas. U anchayin vaqt, sabr va kuchli xotira talab qiladi. Zamonaviy taʼlimni tashkil etishga qoʼyiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Bugungi kunda taʼlim jarayonida interaktiv metodlar, pedogogik va axborot texnologiyalarni qoʼllashga boʼlgan qiziqish va eʼtibor kundan kunga kuchayib bormoqda. Chunki, dars berish jarayonining bir xil qolipda olib borilishi talabani zeriktirib qoʼymoqda. Ushbu tizimdagi islohotlarning muvaffaqiyati esa koʼp jihatdan oʼqituvchiga bogʼliq. Oʼqituvchi bu oʼrinda bilimli, atroflicha fikrlay oladigan, dunyoqarashi keng, izlanuvchan, ilgʼor pedogogik va axborot texnologiyalarini samarali qoʼllay oladigan, oʼz ustida tinimsiz ishlaydigan ijodkor shaxs boʼlishi kerak. Аnʼanaviy taʼlim jarayonida talabalarni tayyor adabiyotlarni oʼqib, bilimlarni egallashga oʼrgatilgan boʼlsa, zamonaviy pedogogik texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini oʼzlari qidirib topishlariga, mustaqil oʼrganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham oʼzlari keltirib chiqarishlariga oʼrgatadi. Ammo ko'p xollarda o'qituvchilar o'qitish usullaridan foydalanishni istamaydilar. Ular yo yangi narsani sinab ko'rishdan qo'rqishadi yoki ularda yangi o'qitish usullari haqida yetarlicha yaxshi g'oyalar mavjud emas. O'qituvchilarning ko'pchiligi vaqt talab qilgani uchun ham balki innovatsion usullardan foydalanishni xohlashmas. Shuni unutmaslik kerakki, grammatika va leksikani mustahkamlashga oid oʼyinlarni dars jarayonida tadbiq etilganda talabalarda darsga qiziqish ortadi, hatto oʼzlashtirish darajasi past boʼlgan talabalar ham oʼyin jarayonida bevosita ishtirok etish orqali oʼrganilayotgan tilni yaxshiroq egallash imkoniyatiga ega boʼladilar. Bu borada oʼqituvchi avvalo oʼyinlarni puxta rejalashtirishi va talabadagi oʼzlashtirish darajasining turlicha boʼlishini ham hisobga olishi kerak. “O’yinlar turli Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling