O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/253
Sana22.08.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1669088
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   253
Bog'liq
To\'plam 2023 oxirgi. O`zmu

 
 
 


454 
INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA CHET TILINI 
OʼRGANISH SAMARADORLIGIN OSHIRISH 
https://doi.org/10.5281/zenodo.8146002
  
Israilova Dilorom Shomaxamatovna
dilorom_76@mail.ru
 
Jurayeva Muborak Erkabayevna
OʼzDTАU, xorijiy tillar kafedrasi o’qituvchilari 
Annotatsiya: Zamonaviy taʼlimni tashkil etishga qoʼyiladigan muhim talablardan 
biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak 
natijalarga erishishdir. Ushbu maqolada innovatsion texnologiyalar yordamida chet 
tilini oʼrganish samaradorligini oshirishda asosan nimalarga e’tibor berish 
kerakligi, unda o’qituvchining roli haqida yoritilgan. Shuningdek, til o’rganishda 
talabalarni fikrlashga undovchi ayrim ijodiy vazifalardan namunalar keltirilgan. 
Kalit so’zlar: Zamonaviy taʼlim, pedagogik texnologiyalar, innovatsion usul, , 
talabalar, o’qituvchi. 
 
Xorij pedagogik texnologiyalarini oʼrganish, uni taxlil etib, ijobiy 
tomonlaridan unumli foydalanish shubhasiz taʼlim sifatini oshiruvchi muhim 
omillardan biridir. Аyniqsa, hozirgi kunda chet tiliga boʼlgan extiyoj tabora ortib 
borayotgan bir vaqtda chet tilini oʼqtish va oʼrgatish bugunning eng dolzarb 
vazifalaridan biriga aylandi. Chunki mamlakatimiz va chet davlatlar oʼrtasida olib 
borilayotgan diplomatik va 
madaniy aloqalar rivojlanib borayotganligi 
mutaxasislardan mukammal bilimga ega boʼlish bilan birga chet tilida oʼz fikrlarini 
aniq ifodalay olishni talab qiladi. Shunday ekan, malakali kadrlarni tayyorlash 
uchun xar bir oʼqituvchi dars jarayonida zamonaviy darsliklardan xamda yangi 
metodlardan unumli foydalansa maqsadga muvofiq boʼlar edi. Dars jarayonida tez-
tez shunday qiziqarli metodlarni topib qoʼllash kerakki, ular “Аqliy xujum” orqali 
talaba shu davrgacha xotirasida saqlab kelgan soʼzlarini beixtiyor nutqida 
ishlatishga xarakat qildirsin. “Soʼzning barcha tarkibiy qismlari (grammatik, 


455 
fonetik, semantik) mashq qilinishi kerak.” [1. Janikova 2005. 202] Maʼlumki, chet 
tilini oʼrganish oson ish emas. U anchayin vaqt, sabr va kuchli xotira talab qiladi. 
Zamonaviy taʼlimni tashkil etishga qoʼyiladigan muhim talablardan biri ortiqcha 
ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. 
Bugungi kunda taʼlim jarayonida interaktiv metodlar, pedogogik va axborot 
texnologiyalarni qoʼllashga boʼlgan qiziqish va eʼtibor kundan kunga kuchayib 
bormoqda. Chunki, dars berish jarayonining bir xil qolipda olib borilishi talabani 
zeriktirib qoʼymoqda. Ushbu tizimdagi islohotlarning muvaffaqiyati esa koʼp 
jihatdan oʼqituvchiga bogʼliq. Oʼqituvchi bu oʼrinda bilimli, atroflicha fikrlay 
oladigan, dunyoqarashi keng, izlanuvchan, ilgʼor pedogogik va axborot 
texnologiyalarini samarali qoʼllay oladigan, oʼz ustida tinimsiz ishlaydigan ijodkor 
shaxs boʼlishi kerak.
Аnʼanaviy taʼlim jarayonida talabalarni tayyor adabiyotlarni oʼqib, 
bilimlarni egallashga oʼrgatilgan boʼlsa, zamonaviy pedogogik texnologiyalar 
ularni egallayotgan bilimlarini oʼzlari qidirib topishlariga, mustaqil oʼrganib, tahlil 
qilishlariga, hatto xulosalarni ham oʼzlari keltirib chiqarishlariga oʼrgatadi.
Ammo 
ko'p xollarda o'qituvchilar o'qitish usullaridan foydalanishni istamaydilar. Ular yo 
yangi narsani sinab ko'rishdan qo'rqishadi yoki ularda yangi o'qitish usullari haqida 
yetarlicha yaxshi g'oyalar mavjud emas. O'qituvchilarning ko'pchiligi vaqt talab 
qilgani uchun ham balki innovatsion usullardan foydalanishni xohlashmas. Shuni 
unutmaslik kerakki, grammatika va leksikani mustahkamlashga oid oʼyinlarni dars 
jarayonida tadbiq etilganda talabalarda darsga qiziqish ortadi, hatto oʼzlashtirish 
darajasi past boʼlgan talabalar ham oʼyin jarayonida bevosita ishtirok etish orqali 
oʼrganilayotgan tilni yaxshiroq egallash imkoniyatiga ega boʼladilar. Bu borada 
oʼqituvchi avvalo oʼyinlarni puxta rejalashtirishi va talabadagi oʼzlashtirish 
darajasining turlicha boʼlishini ham hisobga olishi kerak. “O’yinlar turli 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling