O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/253
Sana22.08.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1669088
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   253
Bog'liq
To\'plam 2023 oxirgi. O`zmu

 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2012 yil 10 
dekabrdagi “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi PQ 1875 sonli qarori.
2. “Ta’lim texnologiyalari” jurnali-№ 3. 2015 yil. Toshkent sh.
3. “Inson va Qonun” gazetasi 2012 yil. 31 yanvar, 4-5 son. Toshkent sh. 
4. Mustafoqulova H.A. “Tilning insoniyat taraqqiyotidagi o’rni” - XXII-
International Scientific conference “Modern scientific challenges and 
trends” - (20 December, 2019), Issue 11(22). Part 2. pp-99-101. iScience 
Poland-Warsaw. 
6. Mustafoqulova H.A. “Til o’rgaish jarayonida zamonaviy pedagogika va 
axborot texnologiyalaridan foydalanish” - XXII-International Scientific 
conference “Modern scientific challenges and trends” - (20 December, 
2019), Issue 11(22). Part 2. pp-46-48. iScience Poland-Warsaw. 
CHET TILI DARSLARIDA KOMMUNIKATIV KOMPETENTSIYANI 
SHAKLLANTIRUVCHI O`YINLAR AHAMIYATI 
 
https://doi.org/10.5281/zenodo.8147286
  
Rsaliyev Arman Turdibekovich 
O`zDJTU, o`qituvchi 
Tashkent 
Annotatsiya:Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun didaktik 
o'yinlar yordamida kommunikativ kompetentsiyani shakllantirishning ahamiyati 
muhokama qilinadi. 
Kalit so'zlar: didaktik o'yin, koʼnikmaoʼquvchioʼqituvchi, shakllantirish. 


481 
 
Chet til darslarida didaktik oʼyinlardan foydalanish taʼlim jarayoni uchun 
keng imkoniyatlar yaratadi. Tajriba shuni koʼrsatadiki, didaktik oʼyinlar nutqiy 
muloqot muhitini yaratishga yordam beradi, maktab oʼquvchilarining faol nutqiy-
fikrlash faoliyatini ragʼbatlantiradi. Koʼngilochar oʼyinlardan farqli oʼlaroq, 
didaktik oʼyinning muhim xususiyati – uni aniq belgilanganligi, oʼquv maqsadga 
va mos natijaga ega ekanligi, taʼlim-tarbiyaga yoʼnalganligi bilan ajralib turadi. 
Oʼyin bolaning "ichki ijtimoiylashuvi" makoni, ijtimoiy munosabatlarni 
oʼzlashtirish vositasidir. Bu munosabatlarni samarali amalga amalga oshirish 
uchun oʼqituvchi har bir bosqichning mazmunini bilishi va ularning mantiqiy 
ketma-ketligiga amal qilishi kerak [1].
Didaktik oʼyin – bir qator oʼyin tamoyillariga asoslanadi. U faol oʼrgatuvchi, 
unda qatʼiy qoidalarning mavjudligi, mukammal tuzilishi, baholovchi xususiyatga 
ega ekanligi bois faol oʼrganish usullaridan biri va oʼquv mashgʼuloti turidir [7]. 
Shunga qaramay didaktik oʼyin murakkab hodisa boʼlib – u oʼyinni oʼrganish 
shakli sifatida tavsiflovchi strukturani, yaʼni komponentlarni aniq koʼrsatadi. 
Ushbu komponentlarni quyidagicha tasniflash mumkin:
– taʼlim vazifasiga koʼra didaktik oʼyinning asosiy elementi sifatida hamma unga 
boʼysunadi; 
– oʼquvchilar uchun taʼlim vazifasi oʼyin sifatida shakllanadi; 
– oʼyin harakatlari – oʼyin maqsadida oʼquvchi faoliyatini namoyish qilish 
yoʼllaridir; 
Boshlangʼich oʼquvchilar uchun bir necha oʼyin elementlaridan iborat 
murakkab oʼyin harakatlari taʼminlanadi. Qoidalar oʼyin mazmunining bajarilishini 
taʼminlaydi. Ular oʼyinni isloh qilishadi: oʼyinning barcha ishtirokchilari ularga 
boʼysunadilar [6]. 
Oʼqituvchining asosiy vazifasi oʼyin uchun sharoit yaratish, didaktik 
materialni toʼgʼri tanlash va ularni toʼgʼri joylashtirish, oʼyinga joy tanlash, 
oʼquvchining oʼyinga qiziqishini uygʼotish va bu qiziqishni saqlab qolish uchun 


482 
ularning yoshiga mos oʼyinlarni taqdim etishi bilan oʼyin muloqotga yordam 
beradi [5]. 
Didaktik oʼyin xotirani mustahkamlash xususiyatiga ega boʼlganligi sababli 
oʼqituvchi taqdim etgan materiallar oʼquvchilar xotirasida koʼp saqlanib qoladi [4].
Nikol De Grandmontning soʼzlariga koʼra, oʼyin vositasida oʼquvchi oʼzi 
uchun boshqa olamni yaratadi, tartibga soladi va rivojlantiradi, shuningdek, oʼyin 
faoliyati orqali oʼquvchida hamma imkoniyatlar taqdim etiladi. U oʼzi yashayotgan 
dunyoni oʼz idroki bilan tushunadi va oʼziga jalb qiladi” [3]. 
Kommunikativ oʼyinlar – muloqot qilish, turli hayotiy vaziyatlarda insonlar 
bilan hamsuhbat boʼlish va oʼzaro muloqot qilish koʼnikmalarini rivojlantiruvchi 
oʼyinlar deb ataladi. Chet til darsida turli oʼyinlardan foydalanish tilni qiziqarli 
tarzda oʼzlashtirishga yordam beradi, aql-zakovatni rivojlantiradi va 
oʼrganilayotgan tilga boʼlgan qiziqishni kuchaytiradi. 
L.S.Vigotskiy “Oʼyinsiz xayot – toʼlaqonli aqliy rivojlanish emas. Oʼyin – bu 
ulkan yorqin koʼzgu boʼlib, u orqali bolaning maʼnaviy dunyosiga hayotbaxsh 
gʼoya va tushunchalar oqimi oqib oʼtadi. Oʼyin – bu ishtiyoq va qiziquvchanlik 
olovini yoqadigan uchqundir” [2]. 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling