O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
To\'plam 2023 oxirgi. O`zmu
Ключевые слова: термин, терминология, семантическое поле,
лексико-семантическое описание, архисема. Abstract. This article describes the lexical-semantic features of terms specific to the art of music. The classification and description of these terms are given. Key words: term, terminology, semantic field, lexical-semantic description, archiseme Tilshunoslikda ma’lum bir arxisema (umumiy sema) asosida birlashuvchi so‘z va iboralar majmuiga semantik yoki tushuncha maydoni deyiladi.[4. 87] O‘zbek tilshunosligida leksikani mazmuniy maydon sifatida o‘rganish borasida qator tadqiqotlar amalga oshirilgan. Leksemalarni tematik maydonlarini, leksemaning mazmuniy guruhlari va to‘dalarini, leksemaning ma’noviy munosabatlarini o‘rganish asosida tilning lug’aviy boyligi, leksemalar o‘rtasidagi semantik munosabatlar aniqlanadi. Tildagi leksemalarning muhim xususiyati shuki, ular o‘zida qanday g’oya tashiyotgani, qanday tushuncha ifodalashiga qarab 133 muayyan semantik maydonlarga birlashadi. Semantik maydonlar mazmuniy guruhlarga ajralib, tildagi paradigmatik, sintagmatik va iyerarxik munosabatlarni namoyon qiladi. Mazkur maqolada biz o‘zbek tilidagi musiqa semantik maydoniga kiruvchi terminlarni mazmuniy guruhlarga ajratamiz va tahlilga tortamiz. O‘zbek tilidagi so‘zlarni mazmuniy maydon asosida sistemalashtirib o‘rganish Sh. Iskandarova, A. Sobirov tadqiqotlarida batafsil ifodasini topgan. [1,3.] Biz musiqaga oid termin va leksemalarni semantik jihatdan quyidagi guruhlarga ajratishni lozim topdik: 1. Ch olg‘u asboblari nomlari. Musiqa cholg‘u asboblari musiqiy ton yoki oʼziga xos jarangdor tovushlar hamda maʼlum ritmik tuzilmalarni hosil etishga moʼljallangan cholg‘u asboblar; musiqani yakkanavoz yoki jamoa tarzda ijro etishda ishlatiladi. Har bir musiqa cholg‘u asboblarining sadosi oʼziga xos tembr, maʼlum diapazon tovushqator va ifodaviy imkoniyatlarga ega. Musiqa cholg‘u asboblari asosan quyidagi guruhlarga ajratiladi: Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling