3.
|
VI Fan o’qitilishining natijalari(shakllanadigan kompitensiyalar)
Fanni o’zlashtirish natijasida talaba:– xorijda maktabgacha ta'limning zamonaviy tizimlari fanining nazariyasi va metodikasini asoslarini, tashkil etish mazmunini, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyatni ratsional yo’lga qo’yish va tashkil etishga, ishlar tizimini qo’llay olish imkoniyatiga ega bo’lish to’g’risida bilimga ega bo’lishi;
- xorijda maktabgacha ta'limning zamonaviy tizimlari, xorijda maktabgacha ta’lim bo’yicha kasbiy faoliyatning umumiy tamoyillari, xorijda maktabgacha ta’limni zamonaviy tendensiyalari tizimini bilishi, ko’nikma hosil qilishi;
- xorijda maktabgacha ta'limning nazariy va amaliy bilimlarini egallash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik tarbiya berish, maktabgacha pedagogikadan o’z kasbiy faoliyatini rejalashtirish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishi malakalariga ega bo’lishlari lozim.
|
4.
|
VII. Ta’lim texnologiyalari va metodlari :
ma’ruzalar ;
interfaol keys-stadilar;
seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);
guruhlarda ishlash;
taqdimotlar qilish;
individual loyihalar;
jamoa bo’lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.
|
5.
|
VIII . Kreditlarni olish uchun talablar:
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to’la o’zlashtirish, tahlil natijalarini to’g’ri aks ettira olish, o’rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo’yicha yozma ishni topshirish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |