O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti
Download 2.21 Mb.
|
Tanlov uchun slayd Ochilova Zuhira
ASOSIY ADABIYOTLAR
reja:1. BARQAROR RIVOJLANISH TUSHUNCHASINING VUJUDGA KELISH SABABLARI. 2. BARQAROR RIVOJLANSH VA DEGRADATSIYA JARAYONI. 3. “YERDAN BARQAROR FOYDALANISH” IQTISODIY KATEGORIYALARI. Yer resurslaridan barqaror foydalanish, yerdan foydalanishning barqaror boshqaruvi tushunchasi “ekologiya”, “taraqqiyot”, “barqaror rivojlanish” kabi umumiy tushunchalar bilan chambarchas bog‘liq. Ekologiya deyilganida, odatda, o‘simlik va hayvonot dunyosining atrof-muhit bilan bog‘liqligiga doir biologik bilimlar sohasi tushunilar edi. Biroq, XX asr o‘rtalariga kelib, “ekologiya” atamasining dastlabki biologik mazmuniga inson va jamiyat tushunchalari ham kiritildi, zero, inson ham o‘simlik va hayvon kabi tabiiy organizmdir. Shu tariqa ekologiyaning asl mohiyati iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy va boshqa xususiyatlar bilan boyitildi. Keyinchalik, XX asrning 70-80-yillarida “barqaror rivojlanish” atamasi paydo bo‘ldi. 1992 yilda Rio-de-Janeyro shahrida BMTning atrof-muhitni muhofaza qilish va rivojlantirishga bag‘ishlangan konferensiyada barqaror rivojlanish jamiyatning strategik tamoyili deb e’lon qilindi. 1996 yilda O‘zbekistonda barqaror rivojlanish Konsepsiyasi ishlab chiqildi. Rivojlanish deyilganda, butun tizim, uning tarkibiy qismlari mazmunining yangilanishini nazarda tutuvchi o‘zgarishlar nazarda tutiladi, buning natijasida ob’ekt va uning tarkibiy qismlarining funksional mohiyatining tubdan yangilangan shakli vujudga keladi. Zamonaviy falsafa rivojlanishni sun’iy-tabiiy jarayonlarning rivojlanishi deb talqin etadi, tabiiy-sun’iy evolutsiyadan farqli ravishda, rivojlanish – boshqariladigan, maqsad sari yo‘naltirilgan evolutsiyadir. “Rivojlanish” kategoriyasi so‘nggi o‘n yilliklarda iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy, barqaror va h.k. tushunchalar bilan bog‘lanmoqda, bu esa, uning hajmi va ko‘lamining kengligi va ko‘p qirrraliligidan guvohlik beradi. Barqaror rivojlanish – bu hozirgi kun ehtiyojlari qondirilib, kelgusi avlodlar ham o‘z ehtiyojlarini qondirish imkoniga raxna solmaydigan rivojlanish hisoblanadi. “Barqaror rivojlanish – davlatlar, jamiyatning muhim sektorlari o‘rtasida yangi darajadagi hamkorlik asosida global hamkorlik mexanizmi konsepsiyasidir”. Mazkur atama ekologik muvozanatni buzmagan holda inson turmush tarzining yaxshilanishi sifatida talqin etilishi mumkin. Olimlarning ko‘pchiligining fikricha, ushbu tushuncha ikkita asosiy holatni o‘z ichiga oladi:
Download 2.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling