O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Bank tomonidan xo’jalik suby’ektlarini kreditlash tartibi va pul muomalasini tashkil etish


Download 2.51 Mb.
bet13/16
Sana11.09.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1675745
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2 5357201300591227669

3. Bank tomonidan xo’jalik suby’ektlarini kreditlash tartibi va pul muomalasini tashkil etish.
Bugungi kunda ATB”Qishloq Qurilish”bank turli operatsiyalarni amalga oshirishda yetakchi o’rinlarda turadi. Xususan, ATB”Qishloq Qurilish” bankda keng kredit operatsiyalari ko’lamli amalga oshiriladi.
Kreditlashning asosiy printsplari 5-tadan iborat:
-Muddatlilik ( ma’lum bir muddatga)
-Maqsadlilik ( aniq bir maqsadga)
-Ta’minlanganlik ( ta’minot asosida)
-To’lovlilik ( foiz to’lash asosida)
-Qaytarishlilik ( kreditni qaytarish majburiyati bilan)
ATB”Qishloq Qurilish”bank mijozlarni milliy va xorijiy valyutada kreditlash bo'yicha keng miqyosdagi xizmatlarni taqdim etib kelmoqda. Kreditlash xizmatlarini taqdim etayotganda, bank balansini likvidliligini va riskning ma'qul darajasini saqlab turish, kredit operasiyalaridan tushgan daromadlarning kerakli darajasini ta'minlash tamoyiliga asoslanadi.
ATB”Qishloq Qurilish”bank turli xil muklchilik shakldagi kichik va yirik biznes korxonalariga, shu jumladan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarga ham, kreditlar ajratadi. Kreditni ta’qdim etishning asosiy mezoni, kredit oluvchining kreditni to'lash uchun haqiqiy manbalarning mavjudligi hisoblanadi. Har bir kredit oluvchi shaxsga nisbatan, kredit bitimining tuzilishiga qarab, alohida o'ziga xos yondashuv qo'llaniladi, kredit oluvchilarga kreditlashning optimal shaklini tanlash uchun konsultatsiya yordami ko'rsatiladi.
Kreditni taqdim etish uchun muhim shartlar quyidagilar hisoblanadi:
- Barqaror moliyaviy holat;
- kredit oluvchining to'lash qobiliyati;
- hisob raqamlariga barqaror kirimlar;
- muvaffaqqiyatli ishlab chiqarish;
- xo'jalik faoliyatining tajribasi.
ATB»Qishloq Qurilish»bank mijozlarga quyidagi muddatlarga kreditlar ajratadi:
- qisqa muddatli kreditlar (1 yildan ko'p bo'lmagan muddatga);
- uzoq muddatli kreditlar (1 yildan ortiq bo'lgan muddatga).
Ajratilgan kreditlar garovi sifatida Bank quyidagilarni qabul qiladi:
- ko'chmas mulk garovi;
- bank kafilliklari, kafolatlari;
- sug'urta polisi;
- asbob-uskuna, transport vositalar garovi;
- mulkiy huquqlar garovi.
Kerakli hujjatlar:
- kredit arizasi;
- biznes reja, texnik-iqtisodiy asos (mijoz hisob raqamiga kelib tushadigan pul oqimlarini ko'rsatgan holda);
- oxirgi hisobot davriga buxgalteriya balansi (1-shakl);
- debitorlik va kreditorlik qarzdorligi tog'risida ma'lumot (2a-shakl);
- moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot (2-shakl)
- ta'sis hujjatlari;
- kredit ta'minotiga oid hujjat.
Kreditlar foiz stavkalari, kredit mahsulotining turi, kreditlash muddati va kredit valyutasiga qarab belgilanadi.
ATB»Qishloq Qurilish»bank da kredit operatsiyalari hisobi quyidagicha olib boriladi:
Dastlab kredit berish to’g’risida shartnoma imzolanadi va undan so’ng bankda kredit berish majburiyati paydo bo’ladi. Bunda quyidagicha Buxgalteriya o’tkazmasi beriladi:
Dt- 91809- banklarning kredit va lizing berish majburiyatlari;
Kt- 96351- bankning kredit berish majburiyati bo’yicha kontr- hisobvarag’i.
Keyingi bosqichda garov hisobga olinadi:
Dt- 94501, 94502, 94503-garov hisobvaraqlari
Kt- 96381- garov sifatida olingan qimmatli qog’ozlar, mulklar va mulkiy huquq (talab) lar bo’yicha kontr-hisobvaraq
Bunda garov to’liq summada hisobga olinadi. Garov hujjatlari hisobga olinsa:
Dt- 93609- saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar hisobvarag’i
Kt- 96379- saqlanayotgan qimmatli qog’ozlar va boshqa qimmatli buyumlar bo’yicha kontr-hisobvaraq
Kredit qadrsizlanishini tasdiqlovchi obyektiv dalillar va sharoitlar aniqlangan taqdirda, zarar summasi quyidagi ikki miqdordan eng yuqorisi bo'yicha baholanadi:
- tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo'yicha ehtimoliy yo'qotishlarni qoplash uchun zahiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to'g’risida”gi nizomga (ro'yhat raqami 2696, 2015-yil 14 iyul) muvofiq aniqlangan summa bo'yicha yoki
- kreditning balans qiymati va kreditning dastlabki real foiz stavkasi bo'yicha diskontlangan kutilayotgan kelajakdagi pul oqimlarining joriy qiymati o'rtasidagi farq bo'yicha.
ATB»Qishloq Qurilish»bank yuridik va jismoniy shaxslarga kredit ajratishda Soliq Qo’mitasi bilan xamkorlikda Skoring tizimi joriy qilindi.Natijada mijozlarga kredit olish uchun jismoniy shaxslar passport,yuridik shaxslar esa bizness reja taqdim etishlari kifoya.
Bank va korxona o’rtasidagi qarz munosabatlari nafaqat mehnat bozoridagi talab va taklifga xam bog’liq bo’ladi.Pul bozoridagi talab va taklif esa jalb qilinadigan pesurslar stavkasiga bog’liqdir. Pul muomilasi nazariyasining o’tmish , bugun va kelajakda so’zlashuvi ilmiy tushunchalari bugungi raqamli iqtisodiyotda transfarmasiyalashuv jarayonida qanday ustuvorlik va kamchiliklarga aks ettirishi yuzasidan fikr bildirishimiz mumkin. Ular quyidagilardan iborat:
1.Iqtisodiyotda pul massasini passivdan aktivga qarab boshqarish;
2.Iqtisodiyotda pul taklifini cheklamaslik;
3. Iqtisodiyotda pul taklifini asosan milliy valutada amalga oshirish;
4. Iqtisodiyotda pul taklifini katalizatorlik rolini oshirish;
Markaziy bank o‘zining asosiy maqsadini to‘la qonli bajarish, ya’ni pul muomalasini barqaror saqlab turishga hamda milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun pul muomalasi holatini muttasil o‘rganadi va tahlil qiladi hamda uni mustahkamlash uchun amaliy choralar ko‘radi. Asosiy naqd pul oqimlari tijorat banklari kassalari orqali o‘tganligi sababli, Respublikada faoliyat yuritayotgan tijorat banklarining naqd pul muomalasi bilan bog‘liq faoliyatini tartibga soladi va nazorat qiladi.Markaziy bank tomonidan naqd pul muomalasini tartibga solish maqsadida tijorat banklari va ularning mijozlari uchun majburiy bo‘lgan quyidagi talablar o‘rnatilgan:
- kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibi ;
- tijorat banklari kassalariga naqd pullarni topshirish va olish tartibi;
- tijorat banklari aylanma kassalariga limit o‘rnatish tartibi;
- tijorat banklari aylanma kassalari mustahkamlash uchun zaxira pullarini tashkil qilish tartibi;
- tijorat banklari kassa aylanmalarini hom cho‘t qilish tartibi;
- xo‘jalik sub’ektlari naqd pul tushumlarini inkassatsiya xizmati tomonidan tijorat banklari kassalariga topshirish tartibi;
- banknotlar va monetalarni to‘lovga yaroqlilik qobiliyatini aniqlash tartibi;
- xo‘jalik sub’ektlari kassalari qoldig‘iga limit o‘rnatish tartibi;
- naqd pul bilan hisob - kitob qilish tartibi;
- kassa operatsiyalarining buxgalteriya hisobi;
- chakana savdo korxonalariga naqd pulsiz hisob - kitob qilish tartibi.
Bank muassasalariga kelib tushgan pul birliklari va tangalarning qayta sanalishi, to‘lovga yaroqli, eskirgan hamda yaroqsiz, ya’ni to‘lov qobiliyatini yo‘qotgan pul birliklarini toifalarga ajratilgan holda saralash, taxlash, tegishli ravishda o‘rab bog‘lash va qayta muomalaga chiqarilishi kabi ishlarning sifatini yanada oshirish yuzasidan Markaziy bankning barcha muassasalari va tijorat bank bo‘limlariga doimiy ravishda tegishli ko‘rsatmalar berib boriladi. Pul birliklarining «yaroqli», «eskirgan» va «to‘lovga yaroqsiz» toifalar bo‘yicha mezonlarini ishlab chiqadi.
ATB”Qishloq Qurilish»bank da quyidagicha kassa bo’limlari tashkil etilgan:
- aylanma kassa;
- kirim kassa;
- chiqim kassa;
- chakana amaliyotlar kassasi;
- kechki kassa;
- qayta sanash kassasi.
Mijozlardan naqd pullar ularning bank hisobvaraqlariga kirim qilish uchun pul qo’yish e’loni, kirim kassa orderi, kvitansiya orqali amalga oshiriladi.
E’lonnoma 3 ta qismdan iborat bo’lib, ular quyidagilar:
- naqd pul qo’yish e’loni;
- kvitansiya;
- order.
E’lon kassa hujjatlariga tikiladi. Kvitansiya mijozga beriladi. Order buxgalterga beriladi. Kirim kassa orderi 1 nusxada bo’lib, u ham kassa hujjatlariga tikiladi. Kvitansiya 2 qismdan iborat bo’ladi. Ularni biri kassaga topshirilsa, 2-qismi mijozga taqdim etiladi.
ATB “Qishloq Qurilish” bankda naqd pulsiz hisob-kitoblar O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2020-yil 13-apreldagi “O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida” gi 3229-sonli nizomga muvofiq amalga oshiriladi3 va ATB”Qishloq Qurilish”bank da bu ko’rinishdagi hisob-kitoblarning barcha shakllari va turlari amalda qo’llaniladi. Xususan, bankda memorial orderdan foydalaniladi va yuqoridagi nizomga ko’ra:“Memorial order banklar tomonidan ishlatiladigan naqd pulsiz hisob-kitob hujjati bo'lib, undan quyidagi hollarda foydalaniladi:
- mijozlar bilan bog’liq bank operatsiyalari bo'yicha hisob-kitoblarda;
- bank hizmatlarini ko'rsatish bo'yicha hisob-kitoblarda;
- banklarning o'z ichki operatsiyalarida;
- mijozning qarzdorlik mablag’larini qoplashda, agar banklar bilan mijozlar o'rtasida tuzilgan shartnomada belgilab qo'yilgan bo'lsa;
- buxgalteriya hisobidagi xato yozuvlarni tuzatishda;
- jismoniy shahslarning tadbirkorlik faoliyati bilan bogliq bo'lmagan yozma topshiriqlari bo'yicha mablag’larni naqd pulsiz shaklda o'tkazishni amalga oshirishda.”
Memorial order bo’yicha to’lovlar o’tkazilganda quyidgi buxgalteriya o’tkazmasi bajariladi:
Dt- to’lovchining hisobvarag’i;
Kt- mablag’ oluvchining hisobvarag’i.

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling