O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Download 2.51 Mb.
bet7/16
Sana11.09.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1675745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
2 5357201300591227669

2013 yil
Yanvar - Qishloq massivlarida namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining 2013 yil Dasturiga asosan namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibdagi uy-joylarning qurilishini moliyalashtirishga 2013 yildan boshlab, "Qishloq qurilish bank" OATB bilan bir qatorda, O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda "Ipoteka bank" Aksiyadorlik tijorat Ipoteka banki jalb etildi.Ushbu Dasturga muvofiq 2012 yilda respublikamiz hududlarida 10 000 ta uy-joylar qurilishi amalga oshirilishi mo’ljallangan.Aprelda "Zamonaviy uy-joy qurilishi - qishloq joylarini kompleks rivojlantirish va qiyofasini o’zgartirish hamda aholi hayotining sifatini yaxshilash omili" mavzuida xalqaro konferensiya o’tkazildi.Shu oyda Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, Mirmiron qishlog‘ida bankning yangi Mirmiron minibanki ish boshladi.May oyida Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Qirqdarxon mavzesida Qirqdarxon minibanki ish boshladi.Iyun oyida "Moody's Investors Service" xalqaro reyting agentligi tomonidan avval berilgan xalqaro reyting bahosi yana bir bor tasdiqlanib, bankning barcha reytinglar prognozi "Barqaror" baholandi. Shuningdek, "Ahbor-reyting" reyting agentligi ham bank faoliyatiga milliy reyting shkalasi bo’yicha berilgan UzA+ kredit reytingini qayta tasdiqladi.Iyul oyida Buxoro viloyati, Qorako’l tumanida Qorako’l minibanki hamda Shofirkon tumanida Shofirkon minibanki ish boshladi."BANKEXPO-2013" - bank texnologiyalari, uskunalari va xizmatlari bo’yicha o’tkazilgan milliy ko’rgazmada bank yana "Qishloq farovonligiga qo’shayotgan alohida hissasi uchun" nomli nominatsiya g’olibi bo’ldi."VI - Xalqaro investitsion moliya forumi"da moliya bozorining professional ishtirokchilari baholariga ko’ra "Qishloq qurilish bank" - "Yilning eng yaxshi innovatsion bank loyihasi" nominatsiyasiga munosib deb topildi va "Oltin portfel'" – jamoatchilik mukofoti bilan taqdirlandi.Iyul oyida Internet tarmog‘ida www.my.gov.uz manzili bo’yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona portal) test rejimida ishga tushirildi. Shu bilan bir qatorda, ushbu portalda OATB “Qishloq qurilish bank”ning shaxsiy kabineti ham o‘z faoliyatini boshladi.Oktyabr oyida «Mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish bo’yicha eng yaxshi korxona» Respublika ko’rik-tanlovi yakunlariga ko’ra Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi tarmog’i bo’yicha “Qishloq qurilish bank” II – o’rinni egalladi va II darajali diplom bilan taqdirlandi.Dekabrda "Moodys Investors Service" xalqaro reyting agentligi OATB "Qishloq qurilish bank"ning moliyaviy barqarorlik faolatini ijobiy baholab, milliy valyutadagi depozitlarning uzoq muddatli reytingini В2 darajadan B1 darajaga ko’tardi. Shu bilan birga xorijiy valyutadagi depozitlarning uzoq muddatli reytingi B2, bankning moliyaviy barqarorlik reytingi E+ darajasida qayta tasdiqlandi. «Qishloq qurilish bank»ning barcha reytinglari "Barqaror" prognoziga ega.

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling