O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
Bank tizimi rivojlanishida yangicha yondashuvlar
Download 2.51 Mb.
|
2 5357201300591227669
5.Bank tizimi rivojlanishida yangicha yondashuvlar.
O’zbekiston Respublikasi Prizedentininq 2020 yil 12-maydagi “2020-2025 yillarga mo’ljallangan O’zbekiston O’zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to’g’risida”gi PF-5992sonli Farmoni5da 2020-2025yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish bo’yicha “Raqamli O’zbekiston -2030” strategiyasining maqsadli ko’rsatkichlarida onlayin bank xizmatlaridan foydalanuvchilari soni 10 mln .nafardan 2022 yilda 15 min,2025 yilda 17 mln, va 2030yilda 20 mln .nafarga etkazish vazifalari aloxida qayd etib o’tildi. ATB”Qishloq Qurilish»bank mijozlariga qulaylik yaratish bank tomonidan joriy qilinayotgan xizmatlarning asosini taskil etadi.Bankning tuman (shahar) bo’limlari filiallarida mos ravishda axborot –kommunikatsiya tehnalogiyalari yangi tizim bo’yicha Bek –(monitoring) va Front ofis bo’limlari ochilgan bo’lib,qaror doirasida yangi shtat birliklari tashkil etilib,malakali mutaxasislar jalb qilindi. Bank tizimida masofadan bajariladigan amaliyotlar tarkibi kengaymoqda . Xususan plastik kartochkalardan foydalangan xolda xisob-kitoblarni amalga oshirish,ulardan erkin foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida “QQB”-Mobile xamda “QUANT”mobil ilovalari tatbiq qilingan. Mazkur dastur yordamida uyali aloqa operatorlari ,shaxar telefoni ,internet provayderlari,raqamli televideniya ,turli komunal to’lovlar ,iste’mol va ipoteka kreditlari uchun to’lovlarni amalga oshirish mo’mkin.Mobil ilova orqali hisobraqamlar holatini ko’rish va to’ldirish,plastik karta qoldiqlari va ularning aylanmalari buyicha ma’lumotlar olish,imkoniyati ham yartilgan. Bank tizimida yangi “Depozit Banking” xizmatining tatbiq etilishi bilan omonatchilar o’z depozit hisobvaraqlaridagi mablag’lar doirasiada bank muassasiga kelmasdan,shaxsiy mobil telefonlari orqali bajarish,o’z omonatlari va hisobvaraqlari bo’yicha ma’lumot olish imkoniyati paydo bo’ldi.Xorijiy valytadagi amaliyotlarning tezkorligini ta’minlash maqsadida “Qishloq Qurilish”bank tomonidan 2019 yil 1-iyuldan xo’jalik yurituvchi subyektlarni xorijiy Qurilish”bank valyutada oldi-sotdi amalioyotlari buyicha onlayin rejimda bajarilishi yo’lga qo’yildi. Endilikda mijozlar bank- mijoz dasturi orqali bank filiallariga kelmasdan turib “ onlayin konvertatsiya “ amaliyotini bajarish imkoniyatiga ega bo’ldilar.Xususan xo’jalik yurituvchi subyektlar,xorijiy valyuta oldi-sotdisi bo’yicha buyurtnomalarni taqdim qilish ,xorijiy xamkordan qaytarilgan yoki ishlatilmay qolgan valyuta mablag’larini ,shuningdek o’zining bo’sh valyuta pul mablag’larini milliy valyutamizga ayirboshlash uchun qisqa muddatda ,ortiqcha vaqt sarflamasdan sotishlari mumkin. “Qishloq Qurilish”bank plastik kartochkalari hisobvaraqlari kunnig istalgan vaqtida naqd pul shaklida to’ldirish imkoniyatlari yaratilagan.Bankning respublika viloyatlar miqyosida 24/7rejimida ,kechay- kunduz ,xodimsiz xizmat ko’rsatadigan shaxobchalar tobora kengayib zamonaviy tus olmoqda. Bank tizimida yaratilgan bu kabi qulayliklar “Mijoz bank uchun emas ,bank mijoz uchun “tamoyilining asosiy tasdig’idir. Xulosa Mamlakatimizda bugungi kunda turli tijorat banklari o’z faoliyatlarini olib bormoqda. Men Qarshi muhandistlik iqtisodiyot instituti “Bank ishi va audit“ yo’nalishi 2-bosqich BA-156-21 guruh talabasi Zayniddinov Rustam Asadulla o'g'li 8 haftalik malakaviy tanishuv amaliyotni o’z vaqtida ATB “Qishloq Qurilish bank” Qashqadaryo minqaviy filialida o’tadim. Amaliyot o’tash bazasidagi ichki tartib qoidalarga rioya qildim. Kun davomida bajarilgan ishlar to’grisida amaliyot kundaligimga yozib bordim . Men amaliyot o’tash davomida institutdan olgan bilimlarimni bank amaliyotida qo’llashga harakat qildim. Kelgusidagi bilimlarimni bankda yangi ishlab chiqarish quvvatlari va ish o’rinlari tashkil etilishiga,zamonaviy servis yo’lga qo’yilishiga,aholi tadbirkorligi rivojiga,umuman olganda bugun “Qishloq qurilish bank”ATBning aholi uchun yaratayotgan qulayliklari yurtimiz istiqboli, xalqimizni farovon hayot kechirishi,uzoq yillik orzu-niyatlarning ijobati va buyuk kelajak sari odimlab borishida o’z hissamni qo’shish niyatim bor. Xozirgi vaqtda banklarda raqamlashtirish va transfarmastiylash jarayonlari olib borilmoqda.Bu bugungi kunga kelib raqamli iqtisodiyotning rivojlanish omillaridan biri ekanligini alohida ta’kidlamoqchiman. Download 2.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling