O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
Download 2.51 Mb.
|
2 5357201300591227669
Bank strukturasi:
1.Bank kengashi 2.Bank boshqaruvi 3.Bank rahbariyati va tarkibiy bo’linmalari 4.Bank filiallari 5.Bank strukturasi 6.Boshqarmalar vazifalari 7.Komissiyalar rengashlar,qo’mitalar 8.Ichki audit qo’mitasi a’zolari 9.Taftish komissiyasi a’zolari 10.Aksiyadorlar ATB “ Qishloq qurilish bank”i ham bank moliya tizimida kechayotgan islohotlarda faol ishtirok etib, aholini zamonaviy bank xizmatlari bilan ta’minlamoqda. Bankimizda Bek ofis,Front ofis bo’imlari faoliyat yuritib tomonidan keng qamrovli bank xizmatlarini professional darajada taqdim etilib, respublikada tadbirkorlikning mustahkamlanishiga ko'maklashib kelmoqda. 2020 yilda O’zbekiston Bank-Moliya soxasidagi raqamli transfarmatsiya ishlari faol amalga oshirilmoqda buni bir tomondan tijorat banklari uchun dunyo biznessini o’zlashtirish bilan bog’liq jarayonida xalqaro talablarga mos bo’lgan korporativ boshqaruv va risk menejmenti yaratilmoqda . Transfarmatsiya jarayonida Biznesni rivojlantirishning sifat ko‘rsatkichlarini oshirish - Bank faoliyatini quyidagi vazifalarni bajarish uchun qayta yo‘naltirish: - mijozlarga xizmat ko‘rsatishda segmentga yo‘naltirilgan yondashuv; - ayni vaqtning o‘zida bir necha turdagi xizmatlar ko‘rsatishni kengaytirish; - biznes-jarayonlarni takomillashtirish; - risklarni boshqarish tizimi samaradorligini oshirish; - korporativ madaniyatni takomillashtirish. Samaradorlikning asosiy moliyaviy ko’rsatkichlariga erishish - Samaradorlikning quyidagi asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlarini davomiy o‘sishini ta’minlash va saqlab turish, o‘z navbatida bankning kelgusidagi rivojlanish salohiyatini amalga oshirish imkonini beradi: - kapitalning etarlilik darajasi - kamida 14.5 foiz; - Leveraj (o‘z mablag‘lari/jami aktivlar) – kamida68 foiz; - xususiy kapitalning rentabellik koeffitsienti - kamida 18 foiz; - dividendlar darajasi -bir aktsiyaga kamida 18 foiz; - aktivlar o‘rtacha qiymatining rentabellik koeffitsienti - kamida 3 foiz; - sof foizli marja - kamida 6 foiz. Hozirgi davr talabiga ko’ra Tijorat banklari oldiga quyiladigan talablardan biri xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish - xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik qilish ustuvor strategik yo‘nalishlardan biri bo‘lib, bankning institutsional rivojlanishi, mijozlarga yuqori sifatli, aksariyat hollarda eksklyuziv mahsulotlarning taklif qilinishi, biznes yuritishning yuqori standartlarini hamda bankning obro‘sini shaffofligini saqlab turilishiga ta’sir ko‘rsatadi. “Qishloq qurilish bank” ni missiyasi — universal va barqaror moliyaviy tashkilot qiziqishlarini hisobga olgan holda sifatli bank xizmatlari bozorida mustahkam o‘ringa ega bo‘lish. ATB”Qishloq Qurilish bank”ning maqsadi-mijozlarning barqarorligini saqlab qolish, ishonchli hamkor bo‘lish, mijozlar manfaati yo‘lida faoliyatni ehtiyotkorlik bilan yo‘lga qo‘yish.O‘z maqsadiga erishish uchun bank operatsiyalarining eng yuqori rentabelligiga erishadi, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishadi, xizmatlar to‘plamini kengaytirib va barcha iste’molchilar (korporativ mijozlar, xususiy shaxslar, kichik va o‘rta biznes korxonalari) uchun yangi texnologiyalarni rivojlantiradi. ATB»Qishloq Qurilish»bank faoliyatining asosiy tamoyillari: - mijoz bank uchun emas ,bank mijoz uchun - mijozlar biznesini chuqur anglash; - mijozlarning shaxsiy menejmenti; - individual yondashuv; - eski va yangi mijozlarga birdek e’tibor; - tezkor qaror qabul qilish; - professionallar jamoasi bo‘lishga intilish, bank maqsadini ro‘yobga chiqarish uchun o‘z mahoratini doimiy tarzda rivojlantirib va takomillashtirib borish. Bank resurslarini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar banklarning passiv operatsiyalari deyiladi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklarning passiv va aktiv - passiv schetidagi pul mablag‘larining salmog‘i oshib boradi. Banklarning passiv operatsiyalari ularning faoliyatini tashkil qilishda katta rol o‘ynaydi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklari kreditlash uchun zarur bo‘lgan-kredit resurslarini tashkil qiladi. Tijorat banklarining passiv operatsiyalarining asosan to‘rtta shakli mavjud: - Tijorat banklari qimmatbaho qog‘ozlarini muomalaga chiqarish yo‘li bilan resurslar yig‘ish; - Bank foydasi hisobidan har xil fondlar tashkil qilish yoki fondlar summasini oshirish; - Boshqa kreditorlarning mablag‘larini jalb qilish; - Depozit operatsiyalarni amalga oshirish. - Tijorat banklarining resurslari bankning o‘z mablag‘lari, jalb qilingan va emitentlashgan mablag‘lar hisobidan shakllanadi. Yuqorida keltirilgan passiv operatsiyalarning birinchi va ikkinchi shakllarida banklarning o‘z mablag‘lari yuzaga keladi va qolgan oxirgi ikki shaklida kredit resurslarning ikkinchi qismi jalb qilingan resurslar yuzaga keladi. Banklarning o‘z mablag‘lariga bankning ustav kapitali, rezerv kapitali, maxsus fondlar, moddiy rag‘batlantirish fondi, boshqa har xil tashkil qilingan fondlar va taqsimlanmagan foydasi kiradi. Amaliyotda bank passivlarining 18 foizi banklarning o‘z mablag‘lariga to‘g‘ri keladi. Banklarning o‘z mablag‘lari ichida asosiy o‘rinni bankning o‘z kapitali egallaydi. Bankning o‘z kapitali tarkibiga biz yuqorida keltirib o‘tgan kapitalning bir qismi, yani ustav kapital, risklarni qoplash uchun tashkil qilingan rezerv fond, taqsimlanmagan foyda kiradi. Banklarning o‘z kapitali bank kreditorlarining manfaatini himoya qilish, bank faoliyatining barqarorligini ta’minlash, bank faoliyatini boshqarish kabi funksiyalarni bajaradi. Bankning ustav kapitali summasi bank ustavida ko‘rsatiladi va bank ishini boshlashning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi. Banklarning tashkil qilishning shakllariga qarab bankning ustav kapitali ham har xil tashkil topadi. Agar bank aksiyadorlik jamiyati tariqasida tashkil qilinadigan bo‘lsa, ustav kapitali yoki fondi aksiyalar chiqarish va joylashtirish yo‘li orqali tashkil topadi. Banklarning ustav kapitali summasi qonun yo‘li bilan chegaralanmaydi. Banklarning barqaror faoliyatini taminlash maqsadida uning minimal miqdori belgilab beriladi. Bankning ustav kapitali uning balansining passivida ko‘rsatiladi. Ustav fondi summasining oshirilishi bank aksionerlari tomonidan umumiy majlisda hal qilinadi. Banklarning ustav kapitali ularning majburiyatilarini bajarishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Bank kreditlari hisobidan banklarning ustav kapitalini tashkil qilish mumkin emas. Ustav kapitalini tashkil qilishda chetdan boshqa pul mablag‘larini jalb qilish ham mumkin emas. Banklar tashkil qilinganda ustav kapitalining tarkibi moddiy mablag‘lardan va pul mablag‘laridan tashkil topadi. Bank faoliyatining boshlang‘ich bosqichlarida bankning o‘z mablag‘lari hisobidan birinchi navbatdagi bank harajatlari (yer, bino, asbob-uskuna, ish haqi) qoplanadi. Banklarning o‘z mablag‘lari uzoq muddatli aktivlarga qo‘yilmalar qilishning asosiy manbasi hisoblanadi. Odatda Markaziy bank tijorat banklari uchun banklarning o‘z mablag‘lari bilan chetdan jalb qilingan resurslar o‘rtasidagi chegarani belgilab beradi. O‘zbeksitonda bu nisbat 1:20 miqdorida o‘rnatilgan. Banklarning aksioner kapitali quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topishi mumukin. Bular: - o‘z aksioner kapitali, bu kapital oddiy va imtiyozli aksiyalar chiqarish va sotish hisobidan, taqsimlanmagan foyda hisobidan yuzaga keladi; - har xil ko‘zda tutilmagan harajatlarni va to‘lanmagan qarzlarni qoplash uchun tashkil qilingan rezervlar; - bankning uzoq muddatli majburiyatlari (uzoq muddatli veksel va obligatsiyalar) bo‘lishi mumkin. Banklarning rezerv kapitali yoki rezerv fondi foydadan ajratmalar hisobiga hosil bo‘ladi va ko‘zda tutilmagan zararlar hamda qimmatbaho qog‘ozlar kursining tushishi natijasidagi yo‘qotishlarni qoplash uchun mo‘ljallangan. Taqsimlanmagan foyda - rezerv fondiga ajratmalar va devidendlar to‘langanidan so‘ng qoladigan foydaning bir qismidir. Banklarning o‘z mablag‘lari tijorat banklari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Banklarning o‘z kapitali hissasining kamayishi ba’zi hollarda banklarning sinishiga olib keladi. . Shu sababli banklar obligatsiya qarzlari, bank veksellari va boshqalarni chiqarish yo‘li bilan o‘z resurslarini miqdorini ko‘paytirib boradilar. Obligatsiya qarzlari obligatsiyalar ko‘rinishida emitentlashadi. Hozirgi davrda chet el amaliyotida ikki valyutali obligatsiyalar uchraydi. Bu obligatsiyalar bo‘yicha daromadlar obligatsiya egasi ixtiyoriga ko‘ra milliy valyuta yoki AQSH dollarida yoki boshqa chet el valyutasida to‘lanishi mumkin. Banklar mijozlarning xohishiga qarab bir yilda ikki marta ularni to‘lash majburiyatini o‘z zimmalariga oldilar. Buning uchun mijoz ko‘rsatilgan muddatdan bir hafta oldin mablag‘larni olishi to‘g‘risida bankka xabar berishi shart. Bank passivlarida 90-yillar davomida bankning o‘z mablag‘lari miqdorining qisqarishi davom etdi va xorijiy mamlakatlar kabi bizning banklarimizda ham jalb qilingan resurslar salmog‘i oshdi. Jalb qilingan mablag‘larning yana bir turi bank balansida turgan va ularni qayta sotib olish to‘g‘risidagi kelishuv asosida sotiladigan qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi. Download 2.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling