O’zbekiston respublikasi oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti
Download 169.48 Kb.
|
Biznes subyektlari moliyaviy holatini tahlil qilishga oid dastlabki tushunchalar
Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori
qiymati (F) Fondning sarflanishi fond qaytarilishining teskari miqdori bo'lib, mahsulot birligiga asosiy fondlarning qanday summasi to'g'ri kelishini ko'rsatadi: Fondning qaytarilishining oshishi mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko'paytirish, ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxini pasaytirish va asosiy fondlarga ehtiyojni nisbatan qisqartirishga imkon beradi. Fondning qaytarilishi va fondning sarflanishi miqdoriga har xil omillar ta’sir etadi. Fondning umumiy qaytarilishi asosiy ishlab chiqarish fondlari o'rtacha yillik qiymatidagi mashina va uskunalar o'rtacha yillik qiymatining bir so'miga togri keladigan mahsulot chiqarishiga bogliqdir. Mashinalar, uskunalar qiymatining bir so miga to'g'ri keladigan mahsulot ishlab chiqarish mehnatdan foydalanishning samaradorligini ifodalaydi. Ushbu ko'rsatkichlar tahlili 4.5-jadvalda berilgan. 4.5-jadval Fondning qaytarilishi va sarflanishi kо rsatkichlari tahlili
Jadval ma’lumotlariga kora, hisobot yilida asosiy londlardan foydalanish samaradorligi, ya’ni fondning qaytarilishi o'tgan yilga nisbatan 0,2 so'mga ko'paygan, bu korxona ishiga ijobiy ta’sir etgan. Mahsulotga material sarflanishi. Bu aylanma fondlar (mablag lar)dan foydalanishning umumlashtiruvchi ko'rsatkichi bo'lib, u korxonaning iste’mol qilingan aylanma fondlari qiymatining ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi. Mahsulot birligiga sarflangan xomashyo va materiallarning miqdori haqida darak beruvchi tabiiy o'lchovdagi aniq ko'rsatkichlami ham xuddi shu ko'rsatkichga o'xshab hisoblash mumkin. Bu ko'rsatkichlar xo'jalikning isrofgarchilik yoki tejamkorlik bilan olib borilganligini ko'rsatadi. Bu pirovardida tannarxning pasayishi va foydaning ko'payishiga ta’sir qiladi. Ko'rib o'tilgan ko'rsatkichlar korxona faoliyatini baholash uchun muhim ahamiyatga ega bo'lsa-da, biroq cheklangan xarakterga egadir. Ular ishlab chiqarish va xarajatlarning iqtisodiy samaradorligi haqida to'liq tasawur bermaydi, balki faqat resurslarning ayrim turlaridan foydalanishni ifodalaydi. Xarajatlarning umumiy samaradorligi haqidagi yaxlit ta’rimi umumiy va solishtirma iqtisodiy samaradorlik beradi. Umumiy iqtisodiy samaradorlik quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi: E = Foydaning o sishi (P) / Kapital qo yilmalar (K) Har bir alohida holda xarajatlarning umumiy iqtisodiy samaradorligi ko'rsatkichlari boshqa davrlar yoki boshqa korxonalar uchun me’yoriy yoki xuddi shunday ko'rsatkichlar bilan solishtiriladi. Yechimlar variantlarini solishtirishda xarajatlarning solishtirma iqtisodiy samaradorligi hisoblanadi. Eng kam xarajatlar eng muvofiq variantning ko'rsatkichi bo'lib xizmat qiladi: Zp = S + EpK bu yerda, Zp - ushbu variant bo'yicha berilgan xarajatlar; S-joriy xarajatlar (tannarx); K - kapital qo'yilmalarhajmi; Ep - kapital qo'yilmalar solishtirma iqtisodiy samaradorligining me’yoriy koeffitsiyenti. Iqtisodiyot bo'yicha u 0,16 deb belgilangan. Ushbu koeffitsiyentdan kelib chiqqan holda xarajatlarning o'rnini qoplashmuddatinianiqlashmumkin: Tok=l:0,16 = 6,25yil Download 169.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling