O’zbekiston respublikasi oliy tа’lim, fаn vа innovаtsiyаlаr vаzirligi andijon davlat universiteti


Download 97.44 Kb.
Sana21.09.2023
Hajmi97.44 Kb.
#1683946
Bog'liq
Sillabus Kimyoda KM


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TА’LIM, FАN VА INNOVАTSIYАLАR VАZIRLIGI

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI






“Tаsdiqlаymаn”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor _____________R.Mullajonov “_____” ________ 2023-yil

KIMYODA KOMPYUTER MODELLASHTIRISH
FANI BO’YICHA


SILLABUS


Kunduzgi bo’lim uchun

Bilim sohasi:

100000 – Gumanitar

Ta’lim sohasi:

140000 – Tabiiy fanlar

Ta’lim yo’nalishi:

60110800 – Kimyo



























Andijon – 2023



Modul / FAN SILLABUSI
Tabiiy fanlar fakulteti
60110800 – Kimyo



Fan nomi:

KIMYODA KOMPYUTER MODELLASHTIRISH

Fan turi:

Majburiy

Fan kodi:

KIKB304

Yil:

3

Semestr:

6

Ta’lim shakli:

Kunduzgi

Mashg’ulotlar shakli va semestrga ajratilgan soatlar:

60

Ma’ruza

10

Amaliy mashg’ulotlar

10

Laboratoriya mashg’ulotlari

-

Seminar

10

Mustaqil ta’lim

90

Kridet miqdori:

4

Baholash shakli imtihon:

Imtihon

Fan tili:

O’zbek

Fanning sillabusi O‘zbekiston Respublikasi Oliy tа’lim, fаn vа innovаtsiyаlаr vazirligi tamonidan ____ yil ________dagi ____-sonli buyrug’ining ___ – sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “KIMYODA KOMPYUTER MODELLASHTIRISH” fani dasturi asosida tayyorlangan.




Fan maqsadi (FM)

FM1

Axborot texnologiyalari, matematik modellashtirish, informatika, kimyo muharrirlari, ChemOffice dasturi nazariy bilim va tushunchalarni berish.

FM2

Axborot texnologiyalari, matematik modellashtirish, informatika, kimyo muharrirlari, ChemOffice dasturi, maxsus informatsion texnologiyalardan foydalanish borasida zaruriy amaliy malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.




Fanni o’zlashtirish uchun zarur boshlang’ich bilimlar

1.

Kimyoda axborot texnologiyalari

2.

Maxsus dasturiy vositalar

3.

Raqamli va axborot texnologiyalari




Ta’lim natijalari (TN)

TN1.

informatika va axborot texnologiyalari haqida bir butun tasavvur hosil qilish

TN2.

kompyuter jarayonlarni modellashtirish mohiyati va imkoniyatlarini ochib berish

TN3.

kimyoda informatsion texnologiyalarini nima maqsadida va qanday qo’llash haqida tushuncha hosil qilish




Konikma jihatdan:

TN4.

ChemOffice bilan ishlash uchun mo’ljallangan maxsus dasturlarning texnik imkoniyatlarini o’rganish

TN5.

kompyuter modellashtirish haqida tushunchalarga ega bo’lish va amaliyotda qo’llash mehanizmini o’rgatishdan iborat




Fan mazmuni (FM)

Mashg‘ulotlar shakli: ma’ruza (M)

M1

Kimyoda kompyuter modellashtirish fani va uning predmeti.

M2

Kimyoda grafik dasturlar.

M3

Avogadro dasturida empirik hisoblashlar.

M4

Hyperchem hisoblash majmuasi.

M5

ChemOffice dasturining kimyoviy muammolarni yechishda qo’llanilishi.

Mashg‘ulotlar shakli: amaliy mashg‘ulot (A)

A1

ChemOffice dasturi bilan islash.

A2

ChemOffice dasturida fizik-kimyoviy parametrlarni hisoblash.

A3

ChemOffice dasturida uch o’lchamli struktura chizish.

A4

HyperChem dasturida bilan ishlash.

A5

Avogadro dasturi bilan ishlash.

Mashg‘ulotlar shakli: seminar mashg‘uloti (L)

S1

ChemOffice dasturi bilan islash.

S2

ChemOffice dasturida fizik-kimyoviy parametrlarni hisoblash.

S3

ChemOffice dasturida uch o’lchamli struktura chizish.

S4

HyperChem dasturida bilan ishlash.

S5

Avogadro dasturi bilan ishlash.


MUSTAQIL TA’LIM (MT)

Soat


Kimyoda kompyuter modellashtirish fani va uning predmeti.

2


Kimyoda kompyuter modellashtirish fanining maqsadi va vazifalari.

2


Kimyo ta’limida kompyuter dasturlarining o’rni.

2


Kimyoda qo’llaniladigan hisoblash majmualari.

2


Kompyuter grafikasi va uning turlari.

2


Grafik tizimlar sohasidagi atamalar.

2


2D va 3D grafika bilan ishlash.

2


Yorug‘lik va uni modellashtirish. Rang modellari.

2


Model tushunchasi, modelning asosiy tavsifi.

2


Matematik modellashtirish asoslari.

2


Uch o‘lchovli obyektlar matematik modellarini tasniflash.

2


3D kompyuter modellashtirish dasturlari.

2


Uch o‘lchovli obyektlarni tasvirlash jarayonlari.

2


Tasvirlash jarayoni bosqichlari

2


Primitivlarni fazoviy qirqib olishlar

2


Fazoviy harakatlarni almashtirish

2


Primitivlar sirt ko‘rinishini aniqlash

2


Kompyuter grafikasining geometrik primitivlari.

2


Kimyoda grafik dasturlar bilan ishlash.

2


Sirtlarni tasvirlash modellari.

2


Hajmga ega tasvirlar vizualizatsiyasi.

2


ISIS Draw, ChemWin, Chemdraw dasturlarning tavsifi.

2


ISIS Draw, ChemWin, Chemdraw dasturlarida ishlash.

2


ChemOffice dasturi bilan ishlash.

2


ChemOffice dasturida fizik-kimyoviy parametrlarni hisoblash.

2


ChemOffice dasturida uch o’lchamli struktura chizish.

2


HyperChem dasturi bilan ishlash.

2


IQ va UB spektrlarni hisoblash.

2


Kuch maydonlarini o’zgartirgan holda zaryad taqsimotlarini hisoblash va natijalarni solishtirish.

2


Avogadro dasturida empirik hisoblashlar.

2


Avogadro dasturi bilan ishlash.

2


Avogadro dasturida birikmalar 3D strukturalarini hosil qilish.

2


Geometriyalarni optimallash.

2


Empirik usullarni parametrlash mohiyati.

2


Kimyo birikmalarining elektron tuzilishi va xossalari.

2


Molekulyar orbitalar nazariyasini rivojlantirgan olimlar.

2


Mikroolam va makroolam qonunlariga bo’ysinuvchi usullarni taqqoslash.

2


MM usullarining aniqligini oshirish.

2


O’rganilmagan birikmalarning fizik-kimyoviy parametrlarini bashorat qilish.

2


Belgilangan muammolar yechimiga yo’naltirilgan hisoblash usullarini yaratish.

2


Toluol molekulasi uchun yarim empirik va noempirik nuqtai nazardan Molar sonini aniqlash.

2


Zaryad taqsimoti tahlili usullari.

2


2D va 3D geometriyalarni hosil qilish.

2


YMR-H va C spektrlarini hosil qilish.

2


Fizik-kimyoviy xarakteristikalari bilan tanishish.

2




Jami:

90




Asosiy adabiyotlar


J.C.Cramer, Essentials ofcomputational chemistry. Theories and Models. Second Edition. John Wiley.2004.


D.J. Bekchanov, R.A. Eshchanov, A.X. Xaitbayev A.G. Eshimbetov. Kompyuter kimyo. Toshkent. 2020. 176 b.


Кларк Т. Компьютерная химия, М., Мир, 1990.

Qo’shimcha adabiyotlar


М.А.Тўрабекова, М.Г.Левкович «Математическое моделирование строения химических соединений и их реакционной способностию Т.,Университет. 2008. 136с.




«Теория и практика компьютерного моделирования нанообъектов» (УДК 541.1:681.332 (07) Т33), Романова Т.А., Краснов П.О., Качин С.В., Аврамов П.В., Красноярский государственный технический университет, 2002 г.


Травень В.Ф. Электронная структура и свойства органических молекул, М., Химия, 1989.


Минкин В.И., Симкин Б.Я., Миняев Р.М. Теория строения молекул, М., Высшая школа, 1979.


Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichi nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) 5 baxo olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini to’liq yorita olsa;

  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yo’l qo’ymasa;

  • fan bo’yicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati xaqida aniq tasavvurga ega bo’lsa;

  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;

  • berilgan savollarga aniq va lo’nda javob bera olsa;

  • konspektga puxta tayyorlangan bo’lsa;

  • mustaqil topshiriqlarni to’liq va aniq bajargan bo’lsa;

  • fanga tegishli qonunlar va boshqa me’yoriy-xuquqiy xujjatlarni to’liq o’zlashtirgan bo’lsa;

  • tarixiy jarayonlarni sharxlay o’lsa;

b) 4 baxo olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yo’l qo’ymasa;

  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushingan bo’lsa;

  • fan bo’yicha berilgan vazifa va topshiriqlarni o’quv dasturi doirisida bajarsa;

  • fan bo’yicha berilgan savollarga to’g’ri javob bera olsa;

  • fan bo’yicha konspektini puxta shakllantirgan bo’lsa;

  • fan bo’yicha mustaqil topshiriqlarni to’liq bajargan bo’lsa;

  • fanga tegishli qonunlar va boshqa me’yoriy xujjatlarni o’zlashtirgan bo’lsa.

v) 3 baxo olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega bo’lsa;

  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yo’l qo’yilsa;

  • bayon qilish ravon bo’lmasa;

  • fan bo’yicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;

  • fan bo’yicha matn puxta shakllantirilmagan bo’lsa.

g) quyidagi xollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz 2 baxo bilan baxolashi mumkin:

  • fan bo’yicha mashg’ulotlarga tayorgarlik ko’rilmagan bo’lsa;

  • fan bo’yicha mashg’ulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega bo’lmasa;

  • fan bo’yicha matnlarni boshqalardan ko’chirib olganligi sezilib tursa;

  • fan bo’yicha amaliy ishlarda jiddiy xato va chalkashliklarga yo’l qo’yilgan bo’lsa;

  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa.


Fan o’qituvchisi to’g’risida

Muallif:

T.I.Badalhodjayev-«Informatika o‘qitish metodikasi» kafedrasi o`qituvchisi

E-mail:

tolqinjon73@yandex.ru

Tashkilot:

Andijon davlat universiteti, Informatika o’qitish metodikasi

Taqrizchilar:

Texnika fanlar nomzodi dotsent M.Mahkamov
Pedagogika fanlari nomzodi A.Medatov

Mazkur Sillabus Andijon davlat universiteti O’quv-uslubiy Kengashining 2023 yil ___ avgustdagi 1-sonli yig’ilish bayoni bilan tasdiqlangan.


Fanning ishchi o‘quv dasturi Informatika o`qitish metodikasi kafedrasining 2023-yil ____avgustdagi 1-sonli yig’ilish bayoni bilan maqullangan.



O‘quv-uslubiy
boshqarma boshlig‘i G’.Xaydarov


Fakultet dekani X.Mansurov

Kafedra mudiri I.Ovxunov


Tuzuvchi T.Badalhodjayev
Download 97.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling