O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti


Download 103.73 Kb.
bet2/5
Sana18.10.2023
Hajmi103.73 Kb.
#1708696
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maxsus jismoniy tayyorgarlik

Jismoniy tayyorgarlik
Jismoniy tarbiya – bu sportchi trenirovka jarayonining eng muhim qismi bo‘lib, yuksak sport natijalariga erishish uchun mustahkam zamin yaratilishini ta'minlaydi. U, eng avvalo, sportchining har tomonlama va maxsus jismoniy rivojlanish jarayoni hisoblanadi.
Shu munosabat bilan, jismoniy tayyorgarlik umumiy jismoniy tayyorgarlikka hamda maxsus jismoniy tayyorgarlikka bo‘linadi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik sportchi butun gavdasini, umuman, uyg‘un tarzda rivojlantirishga, barcha harakat, mushaklarini rivojlantirishga, organizm a'zolari va tizimlarini mustahkamlashga hamda ularning funksional imkoniyatlarining oshirishga, harakatlarni muvofiqlashtira olish qobiliyatini, kuch-quvvatni, tezkorlikni, chidamlilikni, chaqqonlik va epchillikni oshirishga, gavda tuzilishidagi va gavda defektlarini tuzatishga qaratilgan bo‘ladi. Mazkur masalalarlarning hal etilishi kishining har tomonlama jismoniy takomillashuviga ko‘proq ta'sir etib, sportchining uyg‘un rivojlanishini ta'minlaydi.
Bunga erishish uchun jismoniy mashqlar organizmining barcha a'zolari va tizimlariga kuchli ta'sir ko‘rsatish ta'minlanishi, u gavdada a'zolarning barcha qismiga, har xil harakat faoliyatida ishtirok etadigan a'zolariga keng miqiyosda ta'sir ko‘rsatish ta'min etilishi kerak.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik sportchi barcha a'zolari va tizimlarining yuksak darajada rivojlanishiga favqulodda yuqori ta'sir ko‘rsatishga qaratilgan bo‘lib, sportchi organizmining barcha funksional imkoniyatlarini ishga soladi. Lekin bunda basketbol o‘yinida talab qilinadigan sifatlarni rivojlantirishga alohida e'tibor beriladi. Tabiiyki, tanlanadigan mashqlar ham ana shu maqsadga xizmat qiladi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun ta'sir doirasi keng bo‘lgan mashqlardan foydalaniladi. Ma'lumki, har bir jismoniy mashq sportchi organizmiga turli ta'sir ko‘rsatadi. Bu esa, ko‘pincha, sport trenirovkasida bir vaqtning o‘zida bir necha masalani hal qilish imkonini beradi. Masalan, krosslar yordamida chidamlilik sifatlari rivojlanadi, qat'iyatli bo‘lish xususiyati tarbiyalanadi, qiyinchiliklarni yengib o‘tish uchun zarur bo‘lgan iroda mustahkamlanadi.
Ixtisoslikka qaratilgan jismoniy mashqlardan ko‘proq foydalanish, ayniqsa, maxsus jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari uchun qo‘l keladi. Biroq umumiy jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida ham jismoniy o‘sishdagi ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, kuch yoki tezlik sohasida tayyorgarlik yetarli bo‘lmagan vaqtlarda va boshqa shunga o‘xshash kamchiliklarni yo‘qotish uchun ham bunday aniq maqsadga yo‘nlatirilgan mashqlarga foydalanish mumkin.
Kuch, tezlik, chidamlilik va boshqa sifatlarni rivojlantirish uchun mo‘ljallangan mashqlar umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikda asosiy rol o‘ynaydi. Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikda ayni mana shu jihatlar rivojlanishning har tamonlama bo‘lishini va yuksak yutuqlarga erishishi imkoniyatini ma'lum darajada belgilab beradi. Shunday bo‘lishi tabiiydir, chunki ko‘rsatib o‘tilgan jismoniy sifatlar sportchining ayrim a'zolari va sistemalari hamda, umuman, butun organizmning yuksak darajadagi ish qobiliyatiga asoslangan harakat imkoniyatlarining namoyon etilishi hisoblanadi.
Jismoniy tayyorgarlik tushunchasi shundan iboratki, bu har bir inson, ayniqsa, aqliy va jismoniy soha ishchi-xizmatchilari va o‘quvchi-yoshlarning har qanday mehnatga yaroqliligi (qobiliyati), jismonan baquvvat, chiniqqan bo‘lishidagi faol harakatlardir. Bunday amaliy faoliyatlar faqat jismoniy mehnat va jismoniy mashqlarni bajarish yo‘li bilan vujudga keladi va mustahkamlanadi. Xalq orasida «Sog‘liq pulga topilmaydi» degan gap bor, bu haqiqatdir. Kasallikka chalingan kishilar buni yaxshi idrok etishadi. Buyuk alloma Abu Ali Ibn Sino sog‘liqni saqlash va uni mustahkamlashda jismoniy mashqlarni (badantarbiya) har qanday doridan ustun qo‘yadi. Inson salomatligi haqida mulohaza yuritilsa, albatta, uni doimo saqlash, imkoniyat darajasida rivojlantirish lozim bo‘ladi. Bunda jismoniy tayyorgarlik eng ustuvor tadbir bo‘lmog‘i zarur. Jismoniy tayyorgarlikda shug‘ullanuvchilarning (tarbiyalanuvchilar), eng avvalo, yoshi, jinsi va jismoniy holati (kasal yoki sog‘) e’tiborga olinadi. Shu asosda beriladigan (bajariladigan) mashqlarning turkumi, miqdori va bajarish usullari belgilanadi. Ta’kidlanganidek, shug‘ullanuvchilarning yoshi, jinsi va jismoniy holatlariga qarab o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning ko‘lami g‘oyat keng. Ularning har biri alohida mavzudir. Shu sababdan jismoniy tayyorgarlikning umumiy va maxsus xususiyatlarigagina to‘xtalamiz.
Sportchining jismoniy tayyorgarligi sport faoliyati uchun zarur bo‘lgan jismoniy fazilatlarni, qobiliyatlarni tarbiyalash demakdir. Sportchining jismoniy tayyorgarligi bevosita amaliy sport yo‘nalishiga ega bo‘lgani uchun, ayni vaqtda organizmning umumiy jismoniy rivojlanishi, mustahkamlanishi va chiniqishi bilan tamomila bog‘liqdir. Tayyorgarlikning barcha boshqa tomonlari singari jismoniy tayyorgarlik ham umumiy va maxsus bo‘ladi. Sportchining maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rishi tanlangan sport turiga xos javob bera oladigan jismoniy qobiliyatni tarbiyalash jarayonidan iboratdir.
Ma’lumki, sportning har bir turi sportchining jismoniy qobiliyatlariga maxsus talablar qo‘yadi, xilma-xil jismoniy fazilatlar o‘ziga xos uyg‘unlashgan bo‘lishi va namoyon etilishi talab qilinadi. Masalan, sprinter (yaqin masofaga yuguruvchi)dan avvalo tezkor-kuchlilik fazilatlarining maxsus nisbatda bo‘lishi (ba’zan uni sprinterlik qudrati deb ataladi), shuningdek, jumladan, mushak qisqarishining energetik resurslaridan anaerob (ozod kislorod yo‘qligida) foydalanishga asoslangan tezlik, chidam talab qilinadi. Stayer (uzoq masofaga yuguruvchi) uchun esa, aksincha birinchi navbatda nafas olishdagi modda almashinish (kislorod almashinishi) jarayoni yuksak darajada bo‘lishiga asoslangan chidamlilik zarurdir. Sportchining umumiy jismoniy tayyorgarligi deganda, ular tanlangan sport turi uchun xos bo‘lmagan, biroq sport faoliyatida muvaffaqiyatga erishish uchun bevosita va bilvosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan har tomonlama jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash nazarda tutiladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik maxsus tayyorgarlik uchun zamin yaratadi, ya’ni tanlangan sport turida kamol topish uchun zarur shart-sharoit sifatida kuchlilikni, tezkorlikni, chidamlilikni, epchillikni, chaqqonlikni har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydi. Sportchining umumiy jismoniy tayyorgarligi mazmuni uning qaysi sport turi bo‘yicha ixtisoslashganligiga bog‘liq.
Sportchining umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi jarayonida jismoniy tarbiyaning barcha vositalaridan, ya’ni jismoniy mashqlar, chiniqish va sog‘lomlashtirishning tabiiy omillari (oftobda pishish, havo va suv muhitining xususiyatlari), rejim va boshqa gigiyenik sharoitlaridan foydalaniladi. Bunda maxsus tanlangan jismoniy mashqlar asosiy rol o‘ynaydi. Sportning har bir turidagi muvaffaqiyat faqat mazkur sport turining o‘ziga хos tomonlarini ifoda etuvchi ayrim qobiliyatlar bilangina emas, balki organizmning funksional imkoniyatlarining umumiy darajasi bilan ham belgilanadi. Shu sababdan ham maхsus tayyorgarlik bilan umumiy tayyorgarlik birga qo‘shib olib borilganidagina sportchining jismoniy tayyor garligi har tomonlama bo‘lishi mumkin. Chiniqish, sog‘lomlashtirishning tabiiy omillari hamda gigiyenik sharoitlardan mashg‘ulotlar vaqtida ham, shuningdek mashg‘ulotdan tashqari holatlarda (maхsus gigiyenik omillar, hammomga tushish, massaj qilish, umumiy turmush tartibiga rioya qilish, ovqatlanish rejimi va hokazolarda) ham foydalaniladi. Mazkur omil va shartlarning sport faoliyatidagi ahamiyati mashg‘ulot yuklamalari ko‘paya borgan sari tobora ortib boradi.
 Sportchining jismoniy tayyorgarligini ortishi yoki uning gavdasi tuzilishi, jismoniy rivojlanganlikni koʻrsatuvchi koʻrsatkichlarning turli-tumanligi, sport turi jismoniy mashqlar bajarish texnikasini asosini, uning zvenolari yoki detallarini oʻzgarishiga, almashishiga sabab boʻlishi mumkin. Harakat faoliyatiga ta’sir etuvchi harakatlarning ahamiyatliligi darajasi bir xil emas. Shuning uchun harakat texnikasi: texnika asosi (negizi), uning asosiy zvenosi va texnika detallari degan qismlarga boʻlinadi. Texnikaning asosi - deganda, harakat orqali qoʻyilgan vazifani bajarish uchun kerak boʻladigan harakat faoliyati tizimining oʻzak qismi tushuniladi. Qoʻllangan usullar tananing qismlarini oʻzaro kelishgan holda, harakat faoliyatining ketma-ketligi tizimini buzmay, jismoniy sifatlarining keraklicha namoyon qilinishini taqazo etadi. Usul samarali boʻlsa, amaliyotda unumli qoʻllanilishi mumkin va uzoq vaqt oʻzining hayotiy amaliyligini saqlab qoladi. Texnika asosida yetakchi harakat deb ataladigan negiz ajraladi, ya’ni harakat unga, birinchi navbatda, harakatning natija koʻrsatishi bilan bogʻliq. Masalan, tayanib sakrash vaqtida qoʻllar bilan siltanish.
Texnikaning asosiy zvenosi– bu ma’lum bir harakatdagi asosiy mexanizmning eng muhim va hal qiluvchi qismidan iborat. Masalan, yugurib kelib balandlikka sakrovchilar uchun texnikaning asosiy zvenosi sakrash, oyoqni yuqoriga siltab, tez birlashtirishdan, uloqtirish uchun - yakunlovchi zoʻr berishdan, gimnastikada egilib koʻtarilish (istalgan usul uchun) - tos-son boʻgʻinlarini oʻz vaqtida va tez kerish (keyinchalik toʻxtatish) dan iborat boʻladi. Sport harakatlarida asosiy zvenoni bajarish nisbatan qisqa vaqt oraligʻida boʻladi hamda muskullarning koʻp kuch sarflashini talab etadi. Texnikaning detali - bu harakat tarkibiga kirgan, lekin uning asosiga, zvenolariga ziyon etkazmaydigan qoʻshimcha harakatlar yoki shu harakat mexanizmi tarkibidagi eng mayda boʻlaklardir. Uni harakat tarkibida bajarsa ham bajarmasa ham boʻladi. Masalan, uzunlikka sakrashda kimdir tanaga tezlik berishni keskin tezlanish bilan, kimdir tezlanishni asta-sekinlik bilan boshlaydi. Individual xususiyatlardan toʻgʻri foydalanish individual texnikani koʻrsatadi. Individual texnika mazkur sportchi uchun eng takomillashgan texnika hisoblanadi.Harakatlar xarakteristikasi insonning harakatlari murakkab bir butunlikni tashkil etadi.
Harakat aktining bir butunligi bu akt tashkil topadigan harakatlarning oʻzaro bogʻliqligida va oʻzaro ta’sir etishida namoyon boʻladi; harakat detallaridan birining oʻzgarishi natijasida fazada, boshqa bir qator detallarning vaqt jihatidan oʻzgarishi roʻy beradi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotida harakatlarning tuzilishi haqida gapiriladi. Harakatning tuzilishi – uning yagona bir butunlik sifatidagi barcha tarkibiy qismlarining oʻzaro qonuniy bogʻlanishidir. Insonning barcha harakatlari fazoda va ma’lum bir vaqtda sodir boʻladi, shuning uchun harakatlarning fazoviy, vaqt va fazoviy - vaqt xarakteristikalarini oʻz ichiga olgan kinematik tuzilishi haqida gapirish mumkin. Harakatning kinematik tuzilishi dinamik tuzilish bilan, ya’ni mazkur harakatga sabab boʻlgan tashqi va ichki kuchlarning oʻzaro aloqasi bilan belgilanadi. Bir butun murakkab harakatda harakat tuzilishining yana bir muhim tomoni – ritmik tomoni, harakatning vaqt va kuch munosabatlarini majmuali holda aks ettiruvchi tomonlari ajratib koʻrsatiladi. Harakatning kinematik va dinamik tuzilishi oʻzaro bogʻlangan, ulardan birining oʻzgarishi qonuniy ravishda ikkinchisining oʻzgarishiga olib keladi. Pedagogik nuqtai nazardan har bir aniq jismoniy mashqni bajarishda bu xarakteristikalardan har birining ahamiyati har xil boʻladi. Oʻqitishning turli bosqichlarida ulardan ba’zi birlari asosiy rol oʻynasa, boshqalari vaqtincha ikkinchi darajali ahamiyatga ega boʻladi. Biroq, barcha xarakteristikalarning harakatlarda birgalikda, bab-baravar namoyon boʻlishi jismoniy mashqning texnik jihatdan juda toʻgʻri bajarilishini ta’minlaydi. Gavdaning holati va gavda qismlarining harakat traektoriyasi (yoʻli) jismoniy mashqlar texnikasining fazoviy xarakteristikasiga taalluqlidir.
Koʻpgina jismoniy mashqlarni bajarish vaqtida gavda va uning qismlari bir-biriga nisbatan holatini oʻzgartiribgina qolmaydi, balki muskullarning statik taranglashishi hisobiga erkin suratda harakatsiz holatni saqlab qoladi. Koʻpchilik jismoniy mashqlarning foydaliligi koʻp hollarda faqat dastlabki holatga bogʻliq boʻlmaydi, balki harakat jarayonidagi butun gavda holati yoki uning ayrim qismlari holatining muayyan, ancha foydaliroq vaziyatda boʻlishiga ham bogʻliq. Masalan, suzuvchining gorizontal holati, konkichi va velosipedchining bukchayib olishi tashqi muhit qarshiligini kamaytiradi va bu bilan gavdaning tezroq oldinga harakat qilishiga imkon beradi. Changʻida tramplindan sakrashda gavdaning koʻproq yotiq boʻlishi gavdaning pastga tushishidagi havoning qarshiligini oshiradi, ayni vaqtda gavdaning oldinga siljishida havoning qarshiligini kamaytiradi va bu bilan sakrash masofasini uzaytiradi.
Harakat jarayonida gavda holatini oʻzgartirish bilan dinamik tayanch reaksiyalar yoʻnalishini oʻzgartirish va shu tufayli gavdaga mazkur yoʻnalish shartlari uchun qulay boʻlgan tezlanish berish mumkin. Bularga qisqa va uzoq masofalarga yugurishda, turgan joydan va yugurib kelib uzunlikka sakrashdagi depsinish fazalarida gavda holatlarining turli xilda boʻlishi misol boʻla oladi. Jismoniy mashqlarning ba’zi turlarida umumiy holat va gavdaning ayrim qismlari holatiga maxsus talablar quyiladi. Bu talablar jismoniy mashqlarning faqat biomexanik jihatdan maqsadga muvofiqligi bilan emas, balki harakatlarning chiroyli bajarilishi nuqtai nazaridan ham kelib chiqadi. Masalan, konkida figurali uchishda, suvga sakrash va gimnastikada mashqlarning faqat koordinatsion murakkabligi emas, balki gavda holatining aniqligi, harakatlarning dadil va erkinligi, nafisligi va boshqa shu kabi tashqi koʻrinishlar ham hisobga olinib baholanadi. Har qanday harakatda gavdaning harakatlanayotgan qismi traektoriyasini ajrata bilish kerak.
Traektoriyaning oʻzida uch narsani: traektoriyaning shakli, yoʻnalishi va harakat amplitudasini koʻrsatib oʻtish mumkin. Traektoriyasining shakliga koʻra harakatlarni toʻgʻri chiziqli va egri chiziqli turlarga boʻlish mumkin. Kuzatishlar odam hech vaqt toʻgʻri chiziqli harakatlar qilmasligini koʻrsatadi. Gavdaning biror qismini qisqa masofaga katta tezlik bilan harakat qildirish kerak boʻlgan hollarda (masalan, boksda toʻgʻridan zarb berish) toʻgʻri chiziqli harakatlarning ahamiyati koʻproq boʻladi. Faol harakatlar traektoriyasi shaklining xilma-xilligi asosan gavdaning ma’lum bir qismini mustahkamlovchi asab markazlarining rivojlanganligi bilan belgilanadi. Traektoriya shaklining murakkabligi ham gavdaning harakatlanadigan qismiga bogʻliq; bu qism qanchalik katta boʻlsa, uning shakli shunchalik sodda boʻladi. 

Download 103.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling