Oʼzbekiston respublikаsi oliy tаlim, fan va innovatsiyalar vаzirligi mirzo ulugʼbek nomidаgi oʼzbekiston milliy universiteti


IV. Mustaqil taʼlim va mustaqil ishlar


Download 33.51 Kb.
bet5/7
Sana25.10.2023
Hajmi33.51 Kb.
#1722664
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Amaliy tilshunoslik. Fan dasturi. 2023 (2)

IV. Mustaqil taʼlim va mustaqil ishlar
Mustaqil taʼlim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1. Tilning paydo boʼlishi tugrisidagi nazariyalar.
2. Turli tillardagi fonetik xodisalar.
3. Turli tuzilishli tillarda soʼz yasash usullarining umumiy va farkli jihatlari.
4. Etimologiya. Ilmiy etimologiya, xalq etimologiyasi va “yolgʼon etimologiya”.
5. Turli tillarda soʼz turkumlari va ularni guruxlash tamoyillari.
6. Gapning aktual boʼlinishi. Sintaktik inversiya.
7. Yozuvning tarixiy va zamonaviy turlari.
8. Til aloqalari. Bilingvizm va interferensiya.
9. Til xodisalari va ularning ilmiy nomlanishi.
10. Oʼrta Osiyoda tilshunoslikning rivojlanishi.
11. Tilshunoslik maktablari.
12. Oʼzbek tilshunosligi va uning rivojlanish yoʼllari.
13. Lingvopragmatika.
14. Lingvomadaniyatshunoslik.
15. Kompyuter lingvistikasi. Tillarni intensiv oʼrganish dasturlari
16. Til taʼlimiga zamonaviy yondashuvlar: kommunikativ, integrar va kompetensiyaviy yondashuvlar.
17. Kommunikativ tilshunoslikning zamonaviy turlari.
18. Frazeologiyaga oid terminlar.
19. Grammatika. Umumiy grammatikaga oid terminlar.
20. Punktuatsiya va tinish belgilariga oid terminlar.
Mustaqil oʼzlashtiriladigan mavzular boʼyicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va ularni taqdimot qilish tavsiya etiladi.





3.



V. Fan oʼqitilishining natijalari (shakllanadigan kompetentsiyalar)
Fanni oʼzlashtirish natijasida talaba:
• til va jamiyat, til tizimi hamda uning tuzilishi, satxlari, birliklari, ularning namoyon boʼlish qonuniyatlari, tilshunoslik fanining boshqa fanlar bilan aloqasi, dunyo tillarining klassifikatsiyasi haqida tasavvur va bilimga ega boʼlishi;
• tilshunoslikka oid terminlarning mazmun va mohiyati va termin haqidagi tushunchalardan foydalanish koʼnikmalariga ega boʼlishi;
• har bir terminning ichki tuzilmasi, qanday oʼzak soʼz yoki old qoʼshimchalardan tashkil topishi va har bir terminni tashkil etadigan elementlar muammolari boʼyicha yechimlar qabul qilish malakasiga ega boʼlishi;
• tilshunoslik fanining boshqa fanlar bilan bogʼliqligi va ular orasidagi oʼrni, tilning paydo boʼlishi toʼgʼrisidagi asosiy farazlar, nutq tovushlarining tasnifi, yozuv tarakkiyotining asosiy bosqichlari, yozuv paydo boʼlishining sabablari, leksikologiya va uning asosiy boʼlimlari. soʼzning xususiyatlari, tilning lugʼaviy qatlamlari, soʼzlarning maʼno munosabatiga koʼra turlari. lugʼat zaxirasining boyish usullari, morfologiya, soʼz turkumlari haqidagi terminlar mazmunlari, sintaktik munosabatlar va nutqda ularni ifodalash yoʼllari, dunyo tillari, tillar tasnifi, tillarning genealogik tasnifi va tilshunoslikning zamonaviy yoʼnalishlarini tahlil kila olish malakalariga ega bulishi kerak.




Download 33.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling