Oʼzbekiston respublikаsi oliy tаlim, fan va innovatsiyalar vаzirligi mirzo ulugʼbek nomidаgi oʼzbekiston milliy universiteti


-mavzu. Grammatika. Umumiy grammatikaga oid terminlar mazmuni


Download 33.51 Kb.
bet4/7
Sana25.10.2023
Hajmi33.51 Kb.
#1722664
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Amaliy tilshunoslik. Fan dasturi. 2023 (2)

11-mavzu. Grammatika. Umumiy grammatikaga oid terminlar mazmuni
Morfologiya, soʼz turkumlari haqidagi terminlar mazmunlarini yaratish. Predloglar, bogʼlovchilar, koʼmakchilarga oid terminlarni sharhlash. Modal soʼzlar, undov soʼzlar va taqlid soʼzlarga oid terminlar sharhi.


12-mavzu. Sintaksis. Sintaktik konstruksiyalar. Gap
Sintaksis gap toʼgʼrisidagi taʼlimotni oʼrganuvchi sath sifatida. Sintaktik munosabatlar va nutqda ularni ifodalash yoʼllari. Grammatikaning sintaksis sathi, uning oʼrganish obʼekti, sintaktik munosabatlar va nutqda ularni ifodalash yoʼllari, gapning aktual boʼlinishi haqida maʼlumot berish, soʼz birikmasi va uning bogʼlsnish yoʼllari, gap, uning boʼlaklari va tuzilishiga koʼra turlari haqidagi tasavvurini kengaytirish.


13-mavzu. Sintaksisga oid terminlar mazmuni
Sintaksis, soʼz birikmasi, gap, gap boʼlaklariga oid terminlar tavsifini berish. Sintaktik munosabatlarga oid terminlarni sharhlash.


14-mavzu. Til tipologiyasi. Tillarning tipologik tasnifi
Dunyo tillari. Tillar tasnifi. Tillarning genealogik tasnifi. Tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metod. Tillarning tipologik (morfologik) tasnifi: flektiv, agglyutinativ, ajratuvchi va mujassamlashtiruvchi tillar. Аreal tasnif. Tillarning xududiy boʼlinishi. Bilingvizm. Interferensiya xodisasi. Funksional tasnif.
15-mavzu. Tilshunoslikning zamonaviy yoʼnalishlari
Generativ tilshunoslik. Kognitiv tilshunoslik. Lingvistik falsafa. Pragmalingvistika. Matn lingvistikasi. Psixolingvistika. Etnolingvistika. Tipologik lingvistika. Lingvomadaniyatshunoslik. Kompyuter lingvistikasi. Korpus tilshunoslik. Ontolingvistika. Zoolingvistika. Biolingvistika. Mentalingvistika. Lingvopoetika. Matematik lingvistika. Kommunikativ tilshunoslik. Neyrolingvistika. Paralingvistika. Diskursologiya (diskurs
nazariyasi). Neyrolingvistika.

III. Seminar mashgʼulotlari boʼyicha koʼrsatma va tavsiyalar
Seminar mashgʼulotlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1. Tilshunoslik fani – til haqidagi fan sifatida. Tilshunoslik fanining boshqa fanlar bilan bogʼliqligi va ular orasidagi oʼrni.
2. Tillarning tarixiy rivojlanishi. Tilning paydo boʼlishi haqidagi nazariyalar. Til va sheva. Til – tabiiy tilning belgilar tizimi sifatida. Til tizimi va uning tuzilishi.
3. Fonetika. Til tovushlarini oʼrganishning akustik aspekti. Nutq tovushlarining tasnifi. Fonologiya. Fonema haqida tushuncha. Fonemaning vazifasi.
4. Fonetikaga oid terminlar.
5. Boʼgʼin. Urgʼu. Intonatsiya.
6. Yozuv. Аlfavit, grafika va orfografiya. Transkripsiya va translieratsiya.
7. Leksikologiya. Soʼz til birligi sifatida. Soʼzning leksik maʼnosi. Etimologiya.
8. Leksikologiyaga oid terminlar.
9. Frazeologiyaga oid terminlar.
10. Grammatika. Morfologiya. Morfema – fonema va leksema oʼrtasidagi munosabat.
11. Grammatika. Umumiy grammatikaga oid terminlar mazmuni.
12. Sintaksis. Sintaktik konstruksiyalar. Gap.
13. Sintaksisga oid terminlar mazmuni.
14. Til tipologiyasi. Tillarning tipologik tasnifi.
15. Tilshunoslikning zamonaviy yoʼnalishlari.

Seminar mashgʼulotlari multimedia vositalari bilan jixozlangan auditoriyada oʼtkazilishi lozim. Mashgʼulotlar faol va interfaol usullar yordamida oʼtilishi, moe ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qoʼllanilishi maqsadga muvofik.



Download 33.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling