Ma’ruza: sintaksis


Download 275 Kb.
bet1/12
Sana03.02.2023
Hajmi275 Kb.
#1153190
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Ma’ruza sintaksis


5-Ma’ruza: SINTAKSIS.


Reja:

  1. Sintaksis gap to‘g‘risidagi ta’limotni o‘rganuvchi sath sifatida.

  2. Sintaktik munosabatlar va nutqda ularni ifodalash yo‘llari.

  3. So’z birikmasi va uning bog’lanish yo’llari.

  4. Gap, uning bo’laklari va tuzilishiga ko’ra turlari.

  5. Gapning aktual bo’linishi.


Maqsad: Grammatikaning sintaksis sathi, uning o‘rganish obyekti, sintaktik munosabatlar va nutqda ularni ifodalash yo‘llari, gapning aktual bo’linishi haqida ma’lumot berish, so’z birikmasi va uning bog’lanish yo’llari, gap, uning bo’laklari va tuzilishiga ko’ra turlari haqidagi tasavvurini kengaytirish.


Sintaksis (yunoncha sintyaxys – «tuzish», «qurish» demakdir) atamasini ikki ma’noda tushunish mumkin: tilning sintaktik qurilishi ma’nosida va tilning sintaktik qurilishini o‘rganadigan grammatikaning bir qismi ma’nosida. Sintaksis so‘z birikmalari, gap va gap bo‘laklarini o’rganadi. Gap fikr ifoda etadi. So‘z birikmasi esa fikr emas, balki so‘z kabi tushuncha ifodalaydi. Ma’lumki, so‘z birikmasi ifodalagan ma’no so‘z ifodalagan ma’nodan ko‘ra xususiyroq (aniqroq) bo‘ladi. Demak, sintaksisning eng asosiy birligi gapdir.
Gapda so‘zlar ma’lum qoidalar asosida bir-biri bilan bog‘lanadi, ya’ni semantik-sintaktik aloqaga kirishadi. Har qanday sintaktik aloqa sintaktik munosabatlar majmuidir. «Munosabat» arabcha so‘z bo‘lib, bir qancha ma’nolarni ifodalaydi: 1) kishilar o‘rtasidagi aloqa, muomala; 2) narsa, hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish, aloqa; 3) kishining voqelikdagi narsalarga, hodisalarga qarashi, yondashishi kabi. «Munosabat» atama sifatida filosofiyada muayyan sistemadagi elementlarning joylanish xarakteri va ularning o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi falsafiy kategoriya bo‘lsa, mantiq fanining atamasi sifatida hodisalarga xos serqirralikka turlicha yondashish nuqtayi nazari tushuniladi.
Tilshunoslikda «sintaktik munosabat» atamasi gap tarkibida so‘zlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish, aloqa demakdir. Turli tillarda mavjud bo‘lgan sintaktik munosabatlar dastlab ikki turga bo‘linadi: predikativ va nopredikativ bog‘lanish.O‘zbek tilida predikativ bog‘lanish deganda gap tuzilishining asosi (gapning markazi) kesim bilan bog‘liq bo‘lgan sintaktik munosabat nazarda tutiladi. Shuni ta’kidlash lozimki, o‘zbek tilidagi sodda gaplarda ega ishtirok etmasligi ham mumkin.
Kesim gapning markazi bo‘lib, u tasdiq / inkor, mayl / modallik, zamon, shaxs / son ma’nolarini ifodalab keladi, hukmni ifodalaydi va gapning boshqa bo‘laklarini o‘z atrofida birlashtiradi. Chunonchi, Mardni maydonda sinaymiz gapida kesim (sinaymiz) tasdiq ma’nosida, xabar maylida, kelasi zamon, I shaxs ko‘plik shaklida ifodalangan bo‘lib, gapning ikkinchi darajali bo‘laklari – vositasiz to‘ldiruvchi (mardni) hamda o‘rin holi (maydonda) bilan o‘zaro sintaktik munosabatga kirishgan.

Download 275 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling