Ma’ruza: sintaksis
Gapning aktual bo`linishi
Download 275 Kb.
|
Ma’ruza sintaksis
Gapning aktual bo`linishi. Nutq xusuiylik tabiatiga egaligi sababli gapda ishtirok etayotgan so`zshakllar tartibi bir qadar erkindir. Biroq bu «erkinlik» hech qachon umumiy lisoniy qonuniyatlar doirasidan chetga chiqolmaydi. Nutq qaysi uslubdaligiga ko`ra, so`zlovchining maqsadi asosida gap tarkibidagi so`zshakllar umumiy tartibga ega bo`ladi. Bundan tashqari, nutqiy bosqichdagi istalgan gap mazmunan ma’lum voqelikni ifodalash bilan birga, so`zlovchi axborotni nima maqsadda uzatayotganligini ham bildiradi.
Chunonchi, Salima universitetdan qaytdi gapida muayyan shaxsning (ya’ni Salimaning) universitetdan qaytishi voqeligi xabar qilingan, bu birinchidan. Ikkinchi jihatdan e’tibor qaratsak, gapda so`zlovchining tinglovchiga Salimaning qaerdan qaytganligi haqidagi ma’lumotni yetkazish maqsadi ham aks etganligi seziladi. Shunga ko`ra, ushba gap Salima qaerdan qaytdi? so`rog`iga javob bo`la oladi. Agarda shu gapni Universitetdan Salima qaytdi shaklida o`zgartirsak, gapda ifodalangan voqelik mazmuni o`zgarishsiz qoladi, ya’ni Salima unversitetdan qaytdi – Universitetdan Salima qaytdi gaplari bir xil. Biroq, ikkinchi gapda so`zlovchining axborot maqsadi Universitetdan kim qaytdi? savoli orqali muayyanlashadi. Birinchi gapda harakatning yo`nalishi, ikkinchi gapda harakatning bajaruvchisi axborot maqsadini xarakterlaydi. Gapning axborot yetkazish vazifasi nuqtayi nazaridan tuzilishi aktual bo`linish deyiladi. Aktual tuzilmaning tarkibiy qismlari aktual bo`laklar hisoblanadi. Aktual bo`laklar gap ifoda asosi va ifoda yadrolaridan iborat bo`ladi. Gapda ifodalangan fikrning ma’lum qismi, ya’ni ifoda asosi tema (ma’lum demakdir) va noma’lum qismi, ya’ni ifoda yadrosi rema (yangilik demakdir) deb ham yuritiladi. Gapning rema qismi kommunikativ (axborot yetkazish) nuqtayi nazaridan ahamiyatli bo`ladi. Savol har doim remani aniqlash uchun beriladi. Gapning tema qismi ma’lum bo`lganligi sababli u so`roq gap tarkibida aynan takrorlanadi. Quyida ba’zi sodda gaplarning tema-rematik, ya’ni aktual bo`linishiga diqqat qiling:
Download 275 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling