Ma’ruza: sintaksis


Download 275 Kb.
bet2/12
Sana03.02.2023
Hajmi275 Kb.
#1153190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Ma’ruza sintaksis

Nopredikativ bog‘lanish bunday xususiyatga ega emas. Nopredikativ bog‘lanishda so‘zlar tenglashish va ergashish orqali o‘zaro sintaktik munosabatga kirishadi.Grammatik jihatdan bir-biriga teng bo‘lgan so‘zlarning o‘zaro grammatik munosabatga kirishishidan teng bog‘lanish yuzaga keladi. Tenglashish munosabati, odatda, teng bog‘lovchilar va sanash ohangi orqali ifodalanadi. Masalan: o‘quvchilar va o‘qituvchilar; kitoblar, daftarlar; otes i deti; xorosho, no dorogo (ruscha); The Lesson finished and the teacher went off (ingl.); Die Mutter und die Tochter (nemis).
Ergash bog‘lanishda grammatik jihatdan teng bo‘lmagan so‘zlar o‘zaro grammatik munosabatga kirishadi va tobe-hokim munosabatiga ega bo‘lgan so‘z birikmalarini yuzaga keltiradi. Masalan: umidli dunyo, qo‘shiq aytmoq, shoshib gapirish (o’zb. tilida);dlinnaya doroga, krepkiy chay, imeet pravo (rus tilida);
sleart profit; Long island is a long island (ingliz tilida).Tobelanish munosabati, asosan, aloqa-munosabat affikslari, ko‘makchilar, fleksiya, so‘z tartibi, ohang kabi vositalar bilan ifodalanadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan sintaktik munosabat tiplari turli ko‘rinishdagi quyidagi grammatik vositalar orqali ifodalanadi:
Aloqa - munosabat affikslari. Bunday qo‘shimchalar sintaktik shakllar deb ham yuritiladi. Ular so‘zlarning lug‘aviy ma’nosiga ta’sir ko‘rsatmasdan, ularni sintaktik aloqaga kiritish uchungina xizmat qiladi. Turkiy tillarda sintaktik munosabatlarni ifodalashda turlovchi va tuslovchi qo‘shimchalar keng qo‘llaniladi: Masalan: kinoni ko‘rmoq, xonaga kirish, uning qalbi, sizning tuyg‘ularingiz (o‘zbek tilida); Ornina jat (o‘rningga yot), Bez sag‘at 10 da uyeqtaurg‘a jatteq (Biz soat 10da uxlashga yotdik) (qozoq tilida).
Fleksiya. Bu hodisa flektiv tillarga hind-yevropa (rus, nemis, latin, hindu), som (arab, ivrit) tillariga xosdir. Bu tillarda har bir mustaqil so‘zning dastlabki ko‘rinishi ham negiz va qo‘shimchalarga bo‘linadi, ammo o‘zak-negizni mustaqil qo‘llab bo‘lmaydi. Chunonchi: starshiy brat, sinie bryuki, moego otsa, xoroshix druzyax kabi. (Rus tilidan olingan ushbu so‘z birikmalaridagi sintaktik munosabat ifodalovchi vositalar qo‘shilgan so‘zlarning o‘zak-negizi ctarsh, sin, mo, xorosh bo‘lib, ular mustaqil holda qo‘llanilmaydi.)

Download 275 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling