Ma’ruza: sintaksis


Download 275 Kb.
bet3/12
Sana03.02.2023
Hajmi275 Kb.
#1153190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Ma’ruza sintaksis

Yordamchi so’zlar (bog‘lovchilar, ko‘makchilar, bog‘lama) so‘zlarni sintaktik munosabatga kiritishda alohida ahamiyatga egadir.
O‘zbek tilida: Rasmni mo‘yqalam bilan chizdi. Men o‘qituvchi bo‘laman;
Rus tilida: yexat k druzyam, pisat na bumage.
Ingliz, fransuz, arab tillarida sintaktik vosita sifatida artikl ham qo‘llaniladi. Roman-german tillarida artikl faqat ot so‘z turkumiga xos so‘zlardan oldin ishlatiladi. Arab tilida esa artikl ot, sifat, son bilan birga qo‘llanilaveradi. Chunonchi: a table (stol); an apple (olma); Al kita: bu; ru – N (arabcha) kabi.
So‘z tartibi. So‘zlarning sintaktik funksiyasi maxsus morfologik ko‘rsatkichlar bilan ifodalanmaganda so‘z tartibi sintaktik munosabatlarni ko‘rsatuvchi muhim vosita bo‘lib qoladi. Bu vaqtda so‘zlarning gapdagi vazifasi so‘z tartibiga bog‘liq bo‘ladi. So‘z tartibi o‘zgarishi bilan sintaktik holat ham, gap semantikasi ham o‘zgaradi. Masalan: shirin qovun (aniqlovchi-aniqlanmish), Qovun shirin (ega-kesim), Gullagan daraxt hammamizni hayratga soladi. Daraxt gullagan, hammamizni hayratga soladi.
Ba’zan so‘z tartibining o‘zgarishi sintaktik holatga daxl etmasligi ham mumkin, ya’ni gap bo‘laklarining o‘rni o‘zgarsa-da, ularning sintaktik vazifasi ilgarigicha qolaveradi. Masalan: Yana keldi qalbimning rozi, Yana keldi men kutgan bahor.
Qalbimning rozi yana keldi. Men kutgan bahor yana keldi.
Flektiv tillarda so‘z tartibi sintaktik vosita sifatida kam qo‘llaniladi.
Intonatsiya ham sintaktik munosabat ifodalaydigan vositalardan biri hisoblanadi. Oldingi mavzularimizdan sizga ma’lumki, mantiq urg‘usi, pauza, ritm, melodika kabilar intonatsiyaning tarkibiy qismlaridir. Intonatsiya – barcha tillarga xos bo‘lgan sintaktik munosabat ifodalovchi vosita.U yoki bu tilda sintaktik vositalardan qaysi turining ishlatilishi har bir tilning grammatik qurilishiga bog‘liqdir.
Ma’lumki, har bir millat, xilq tili o‘zining tuzilishi bilan, ayrim unsurlarning o‘zaro munosabati bilan butun sistema (tizim)ni tashkil etadi. Tilning har bir sathi «lison ~ nutq» aspektida o‘rganilishini yodga olaylik. Til (lison) birliklarini fonema, morfema, leksema hamda lisoniy sintaktik qoliplar tashkil etsa, bevosita kuzatishda berilgan nutqiy birliklarni tovush (harf), affiks, so‘z, so‘z birikmasi, gap, matn kabilar ifodalaydi.
Kishilar ongida, chunonchi, lisoniy sathda so‘zlash, ya’ni xilma-xil maqsadlarga xizmat qiluvchi nutqni shakllantirish uchun leksemalarni so‘z birikmalari sifatida bog‘lash, leksema yoki so‘z birikmalariga gap shaklini beruvchi qoliplar mavjud. Bular LSQ lar, modellar, konstruksiyalar, qurilmalar tarzida nomlansa-da, aslida bir tushunchani ifodalaydi. LSQ larni biz jamiyatda tayyor holda qabul qilib olamiz va uni o‘z ixtiyorimizcha o‘zgartira olmaymiz. LSQ lar va ularning nutqiy voqelanish (so‘z birikmalari, gap)lari o‘rtasida umumiylik ~ xususiylik, mohiyat ~ hodisa, imkoniyat ~ voqelik, sabab ~ oqibat dialektikasi mavjud bo‘lib, lisoniy sintaktik qoliplar bizning ongimizdagi yuksak darajali umumiyliklardir. Ular ongimizda ichki imkoniyat, zarurat, mohiyat sifatida mavjuddir. Shu o‘rinda LSQ va uning hosilalari bo‘lgan so‘z birikmasi yoki gapga xos xususiyatlarni taqqoslab ko‘raylik.



Download 275 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling