Sintaksis


Download 20.99 Kb.
bet1/3
Sana25.01.2023
Hajmi20.99 Kb.
#1121568
  1   2   3
Bog'liq
Sintaksis haqida umumiy maʼlumot

Mavzu:Sintaksis haqida umumiy maʼlumot


Reja:



  1. Sintaksis va uning turlari

  2. So'z birikmasi

  3. Sintaktik munosabatlarni ifodalovchi vositalar

  4. So'z birikmasining aloqa turlari


Sintaksis va uning turlari


Sintaksis termini grek. sintaxis "tuzish"demakdir. Gap va uning tuzilishi. turlari so'z birikmasini o'rganuvchi grammatikaning bir bo'limi smtaksis deyiladi.
Ma'lumki. kishilar bir-birlari bilan fikr almashadilar, aloqa qiladilar. Bu esa gap orqali ro'yobga chiqadi. Gap o'z navbatida so'zlarning turli sintaktik munosabatlari asosidatuziladi. Ana shu fikr almashuv vositasi bo'lgan gap va so'z birikmasini o'rganish smtaksisning asosiy vazifasidir.
Shunga ko'ra sintaksisning o'rganish sohasi bir necha turlarga bo'linadi.
So'z shakl sintaksisi har bir gapda ma'lum bir shaklda ishtirok etadigan mustaqil so'zlarni ya'ni gap bo'laklarini o'rganadi. Masalan: oftob olamni yoritadi (gapida oftob -ega, olamni -to'ldiruvchi, yoritadi - kesim) kabi.
So'z birikmasi sintaksisi o'zaro sintaktik bog'lanib, tushuncha ifodalovchi birliklarni o'rganadi. Masalan: rektorning buyrug'i, quyoshning tafti, odamlarning fikri, talabaning kitobi.
Gap sintaksisi o'zaro sintaktik bog'lanib, fikr ifodalovchi birliklarni - sodda va qo'shma gaplarni o'rganadi. Masalan: Bahor keldi (sodda gap). Bahor keldi, gullar ochildi (qo'shma gap).
Matn sintaksisi mazmuniy yaxlitlikni tashkil etgan oliy darajadagi kommunikativ butunliklarni o'rganadi. Masalan: Bizning keyingi yillarda erishgan eng katta yutug'imiz - bu umimiiy xonadonimizda qaror topgan tinchlik va barqarorlik, millatlar aro va fuqarolar aro totuvlikdir(I. Karimov). Sintaksisning asosiy birliklari quyidagilar:
l.So'z (leksema) - leksik, so'z shakl-grammatik birlik. ma'lum grammatik shakldagi so'z (so'z shakl) gapda ma'lum sintaktik vazifa bajaradi, sintaktik birlik bo'ladi va gap bo'lagi vazifasini bajaradi;

  1. So'z birikmasi - so'zlar o'zaro sintaktik bog'lanib,tushuncha ifodalovchi birlik so'z birikmasini hosil qiladi. U gaptarkibida unli hosil qiluvchi unsure hisoblanadi.


  2. Download 20.99 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling