Sintaksis
Download 20.99 Kb.
|
Sintaksis haqida umumiy maʼlumot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sintaktik munosabatlami ifodalovchi vositalar
Gap-so'zlar sintaktik bog'lanib xabar bildiruvchi, fikrifodalovchi birlik yuzaga keladi.
So'z birikmasiTushunchalar orasidagi munosabatlarni ifoda qilish uchun ma'no va grammatik jihatdan o'zaro bog'lanib kelgan ikki va undan ortiq mustaqil so'z, so'z birikmasi deyiladi. Masalan: a'lochi talaba, keksa bog'bon, tovushdan tez, oppoq qor, Shohistaning kitobi. So'z birikmasi kamida ikkita mustaqil so'zning o'zaro grammatik jihatdan bog'lanishidan hosil bo'ladi. So'z birikmasi erkin birikma hisoblanadi va turg'un birikmalardan farq qiladi. Turg'un birikmalar tarkibidagi so'zlar o'rnini almashtirib bo'lmaydi va ular bir gap bo'lagi vazifasini bajaradi. Erkin birikma tarkibidagi so'zlar o'rnini almashtirish mumkin va birikma tarkibidagi har bir so'z alohida gap bo'lib kela oladi. Misollarni solishtiring: Anvarning bu gaplardan keyin hafsalasi pir bo'ldi (hafsalasi pir bo'ldi - kesim, turg'un birikma). Anvarning onasi uyga keldi (Anvarning - aniqlovchi, onasi - ega, erkin birikma). So'z birikmasi nutq birligi va nutq jarayonida yuzaga keladi; turg'un birikma esa til birligidir. So'z birikmasini gap va qo'shma so'zlardan ham farqlash kerak. So'z birikmasi teng bo'g'langan so'zlardan ham farq qiladi. Qiyoslash uchun misollar: chiroyli kuylakli qiz (so'z birikmasi) chiroyli qizni ko'rdim (gap), yeryong'oq (qo'shma so'z ), chiroyli (so'z), janoblar va xonimiar(teng bog'lanish) va boshqalar. Sintaktik munosabatlami ifodalovchi vositalarSintaktik aloqalarni ifodalovchi vositalarning turlari va xususiyalari: 1) So'z shakl. Bir so'zning boshqa so'zga bog'lanishini ko'rsatadi, grammatik ma'noni bildiradi. Bu esa shakliy-grammatik vosita sanaladi, qo'shimchalar orqali yuzaga keladi: a) kelishik qo'shimchalari :-ga. -ning, -ni. da. dan. kabi. Masalan, dalaga bormoq, Sanobarning kitobi, uyni supurmoq: b) egalik qo'shimchalari, -im. ing,i. ingiz: Mening uyim ;sening kitobing; ularning ishi; c) tuslovchi shakl- son qo'shimchalari; - m, -k, -ing, -ingiz; men oldim; biz o'qidik; siz keldingiz va boshqalar. 2. Yordamchi so'zlar. Kelishik qo'shimchalarida o'xshashvazifani bajaradi, otni fe'lga bog'laydi, leksik- grammatik vositasanaladi: ko'makchilar - bilan. uchun, kabi, singari, sevinch bilankutmoq bolalar uchun atamoq, tong kabi musaffo; bog'lovchilar uyushiq bo'laklar va gaplarni bog'lavdi: 3. So'z tartibi: So'zning sintaktik vazifasi maxsus ko'rsatkichlarbilan ifodalaganda tartib bosh rolni o'ynaydi; masalan, qizil olma(birikma) olma qizil (gap), yaxslii odam (birikma), odam yaxslii (gap). 4.Ohang. To'xtamning o'zgarishi birikmaning bog'lanishini o'zgartiradi. Masalan: Besh bolali (yigitcha Besh). Bolali yigitcha. Otabek akam, muhandis bo'ldi. Otabek, akam muhandis bo'ldi. Otabek akam muhandis bo'ldi va boshqalar. Download 20.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling