O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’mun universiteti ntm


Download 223.24 Kb.
bet4/6
Sana28.10.2023
Hajmi223.24 Kb.
#1732534
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xulq atvor psixologiyasining predmeti va vazifalari. Klassik bixeviorizm va neobixeviorizm

Dj.Uotson bixeviorizmi



Asosiy tadqiqot predmeti

Tashqaridan kuzatiladigan, kuzatish va o’lchash mumkin bo’lgan inson xulq-atvori

Tadqiqot metodlari

Kuzatish eksperimental o’rganish

Asosiy tushunchalari

Xulq-atvor,shartsiz reaktsiya, shartsiz stimul, shartli stimul, shartli reaktsiya

Asosiy g`oyalar

Tahlil fokusi ichki taxminiy sabablardan tashqi atrof-muhit ta`siriga o’zgargan. Xulq-atvorning tashqi ijtimoiy stimul omillar ta`siriga bog`liqligi: asosiy (bazaviy) chizma, “stimul-reaktsiya” o’rgatishning ulkan ahamiyati avvalgi tajriba; o’rgatish rivojlanish.

Rivojlanish omillari

O’rgatish, ijtimoiy omillar

Ahamiyati

Insonni o’rganish imkoniyatiga nisbatan optimizm, muhit sharoitlariga ahamiyat qaratish

Tanqidga uchraganligi

-xulq-atvorni ichki psixologik omillarini qat`iy rad etish va butunlay ahamiyat bermaslik;
-inson taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlarini e`tibordan chetda qoldirish; -barcha tirik organizmlar xulq-atvorining umumiy qonuniyatlarini qidirish;
-inson haqidagi tasavvurlarning mexanikligi;
-o’rgatishning passiv xarakteri inson o’zaro ta`sir “ob`ekti” sifatida;
-haqiqiy yangi xulq-atvor shakllanishini tushuntirib bo’lmaslik

1.2 Operant o’rgatish





  • U bixeviorizm asoschilaridan biri hisoblanadi. U o’zining ilk tajribalarini mehribonlik uylari bolalari bilan o’tkazgan. Universitet ma`muriyati bolalar bilan tajriba o’tkazishni ma`n qiladi va u keyinchalik hayvonlar bilan tajriba o’tkazadi.

  • U dunyodagi birinchi eksperimental zoopsixologiya laboratoriyasini ochdi. U dastlab jo’jalar keyinchalik it va mushuklar bilan tajribalar o’tkazadi.

  • U o’z tajribalarining natijalari asosida 1898 yilda “Hayvonlar intellekti yoki hayvonlardagi assotsiativ jarayonlarning eksperimental o’rganilishi” nomli doktorlik dissertatsiyasini yoqladi.

  • U o’zining izlanishlarida xulq motivatsiyasining «quyi darajalari»ni o’rganib, kalamushlarda tajriba ishlarini olib borib, jonivorda ochlik, tashnalik va ularning turlicha darajalarini reaktsiya tezligiga nisbatan namoyon bo’lish xususiyatini ochishga intilgan.

  • E.Torndayk organizmning javob reaktsiyasi yig`indisini – xulq, qo’zg`aluvchilarining murakkab tizimini vaziyat, tashqi sharoit ekanligini tushuntiradi. SHuning uchun inson ongi bilan emas, balki vaziyat bilan boshqariladigan g`oyani ilgari surgan. Natijada inson ruhiy dunyosi mexanik ravishda reaktsiyalar yig`indisi bilan tenglashib qoladi.

  • E.Torndayk 1912 yil Amerika psixologlari assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi. U faoliyati davomida 500 dan ortiq ilmiy asarlar yozgan. U 1949 yilda vafot etgan.

Edvard Torndaykning psixologiya faniga qo’shgan hissalaridan biri “odam shunchaki fikrlay oladigan boshqa bir jonivor” degan ta`kid edi.
Edvard Tolmen o’zining psixologiyadagi tizimini “Maqbul bixeviorizm” deb atagan. Uning fikricha, organizm xulq-atvori ma`lum bir adaptativ maqsadga yo’nalgan. Bixeviorist bo’lgan Tolmen Kurt Levin tufayli geshtalt nazariyasiga qiziqib qoladi.
Klerk Xallning fikrlariga I.P.Pavlov, CHarliz Darvin, E.Torndayk, E.Tolmenlar ishlari o’z ta`sirini ko’rsatgan. Uning nazariyasi ushbu tadqiqotchilarning nazariyalari hamda Nyuton fizikasini siznetlashga urinish edi. U gipnoz bilan qiziqadi hamda 1933 yilda shu mavzuda kitob yozadi2.
Haqiqatdan yangi xulq-atvorni egallash shartlarini eksperemental tadqiqi shuningdek, o’rgatish dinamikasi amerikalik psixolog E.Torndaykning diqqat markazida bo’lgan. E.Torndayk ishlarida hayvonlarda muammoli vaziyatlarni hal etish qonuniyatlari ko’proq o’rganilgan. Hayvonlar mushuk, it, maymun maxsus yasalgan muammoli quti yoki labirintdan mustaqil ravishida chiqish yo’lini topishlari kerak edi. Keyinchalik xuddi shunday tajribalarda sinaluvchi sifatida kichik yoshdagi bolalar ishtirok etgan. Labirint yoki eshikni ochish vazifasini hal etish usulini qidirishini namoyon qiluvchi murakkab, ichki sabab natijasida yuzaga kelgan bunday xulq-atvorni tahlil qilishida ma`lum bir reaktsiyani yuzaga keltiruvchi stimulni ajratish qiyin. E.Torndayk ma`lumotlariga ko’ra dastavval hayvonlar ko’plab tartibsiz harakat sinovlarni amalga oshirgan va tasodifan muvaffaqiyatga olib boradigan kerakli harakatlarni qilgan. Ushbu qutidan chiqishning keyingi harakatlarida xatolar soni kamayib unga sarflangan vaqt ham qisqargan. O’rgatish turi sinaluvchi odatda, xulq-atvorning turli variantlarini operantlarini –ingloperate harakat qilish anglamagan holda sinashi va ulardan ko’proq to’g`ri moskelganini tanlab olishidir, bu operant asoslash nomini olgan. Intelektual vazifalarni hal etishda sinov va xatolar metodi inson va hayvonlar xulq-atvorini tavsiflovchi umumiy qonuniyat sifatida ko’rib chiqila boshlangan.
Torndayk o’rgatishning to’rtta asosiy qonunini ta`riflagan
1.Takrorlash qonuni mashq qilish stimul va reaktsiya o’rtasidagi aloqa qanchalik tez-tez takrorlansa, shunchalik u tezroq mustahkamlanadi va mahkamlanadi.
2.Ta`sir effekt qonuni qo’llab-quvvatlash. Reaktsiyalarni o’rganishda qo’llab-quvvatlash bilan birga kuzatilganlardan ijobiy yoki salbiy biri mustahkamlanadi.
3.Tayyorlik hozirlik qonuni. Sub`ekt holati ochlik suvsizlik hissini his qilayotgan yangi reaktsiyalarni ishlab chiqish uchun ahamiyatsiz emas.
4.Assotsiativ o’zgarish qonuni. Vaqt bilan chegaradoshlik bog`liqlik ahamiyatli muhim bilan assotsiatsiya qilishda bog`liq bo’lgan neytral stimul ham kerakli xulq-atvorni yuzaga keltira boshlaydi. SHuningdek, E.Torndayk tomonidan bolani o’rgatish muvaffaqiyatining qo’shimcha sharoiti stimul va reaktsiyani farqlashdagi engillik hamda ular o’rtasidagi aloqani anglash ajratib ko’rsatilgan. Operant o’rgatish organizmining yuqori faolligida sodir bo’ladi, uning natijalari oqibatlari bilan nazorat qilinadi aniqlanadi. Umumiy fikr shundaki, agar harakatlar ijobiy natijaga, muvaffaqiyatga olib kelsa, unda ular mustahkamlanib takrorlanadi. E.Torndayk tajribalaridagi labirint atrof muhitning soddalashtirilgan modeli bo’lib xizmat qilgan. Labirint metodikasi haqiqatdan ham ma`lum bir doirada organizm va muhitning munosabatini modellashtiradi ifodalaydi lekin juda tor, bir tomonlama chegaralangan bo’ladi. Bu model doirasida aniqlangan qonuniyatlarni inson ijtimoiy xulq-atvoriga o’tkazish juda qiyin.


Download 223.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling