O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti kafedra: Banklarda buxgalteriya hisobi. Fan nomi: Pul va banklar. Oraliq nazorat №1 Bajardi: si-72 guruh talabasi Tursunov Shaxobiddin Qabul
Download 102.88 Kb.
|
Pul va bank
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOSHKENT-2023
- Nominal pul nazariyasining asosiy yutuq va kamchiliklari.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI KAFEDRA: Banklarda buxgalteriya hisobi. FAN NOMI: Pul va banklar. ORALIQ NAZORAT №1 Bajardi: SI-72 guruh talabasi Tursunov Shaxobiddin Qabul qildi: Marpatov M. TOSHKENT-2023
Pulning nominallik nazariyasi Nominal pul nazariyasi xususidagi tadqiqotlar natijasida ushbu nazariyani turlicha nomlanishining guvohi bo‘ldik. Masalan, rus tilida pul nazariyasi haqida yozilgan adabiyotlarda “nominallisticheskaya teorii deneg”, “metallicheskaya teorii deneg” tarzida, o‘zbek tilidagi iqtisodiy adabiyotlarda “pulning nominalistik nazariyasi”, “nominal pul nazariyasi” yoki “metall bo‘lmagan pul nazariyasi” tarzidagi so‘z birikmalarini uchratish mumkin. Shu bois, dastlab pulning “metall bo‘lmagan nazariyasi” haqida ayrim mulohazali holatlarni oydinlashtirib olish maqsadga muvofiq degan fikrga keldiMetall bo‘lmagan pul nazariyasi turli iqtisodiy adabiyotlarda turlicha talqin etilishining asosiy sabablaridan biri, pul nazariyasi to‘g‘risida yaratilgan iqtisodiy asarlarning deyarli barchasi xorijiy tillarda, asosan ingliz, nemis tillardan rus tiliga undan so‘ng esa o‘zbek tiliga o‘girilganligida bo‘lsa kerak. Nominal pul nazariyasi tarafdorlari ushbu nazariyaning asosida qog‘oz pullar e’tirof etilishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, shuningdek nominal pul nazariyasining amal qilishining asosiy omili sifatida pul nominallarini davlat tomonidan belgilanishi va uning ta’minlanishi ham davlat tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutadigan bo‘lsak, nominal pul nazariyasini “qog‘oz pullanazariyasi” tarzida ifodalash ham mumkin bo‘ladi. Nominal pul nazariyasini “qog‘oz pul nazariyasi” tarzida yuritilishi uning aniqliligini, metall pul nazariyadan ushbu nazariyani, nominal pul nazariyasinqanday farqlari mavjudligini ortiqcha qiyinchiliklarsiz aniqlash imkonini beradi. Nominal pul nazariyasi xususidagi dastlabki qarashlarni quldorchilik, keyinchalik feodal tuzumi sharoitidagi qadimgi faylasuflar ta’limotlarida kuzatish mumkin. Pulning nominal nazariyasi XVII – XVIII asrlarda, muomalaga haqiqiy bo‘lmagan metall pullar kiritilgan davrda shakllangan. Dastlabki nominal pul nazariyasining asosini qog‘oz pullar emas, balki haqiqiy bo‘lmagan tanga monetalar tashkil etgan. Pulning nominal nazariyasini ilgari surgan dastlabki iqtisodiy nazariya vakillari Dj.Berkli (1685 – 1780) va Dj.Styuart (1712 – 1780) hisoblanadi. Ularning nazariyalari asosida quyidagi ikkita holat yotardi: pul davlat tomonidan yaratiladi va pulning qiymati uning nominali bilan aniqlanadi. Pul birligining sotib olish qobiliyati uning nominali asosida, ya’ni qog‘oz pulda ko‘rsatilgan nominal qiymati bilan aniqlanadi. Nominal pul nazariyasi tarafdorlarining asosiy zaifligi shundaki, ularning ta’limotiga ko‘ra pulning qiymatini davlat belgilaydi. Bu bilan ular pulning mehnat mahsuli nazariyasi va tovar tabiatig ega ekanligini inkor qiladi. Biroq bozoriqtisodiyoti sharoitida pulning sotib olish qiymati talab va taklif asosida belgilanadi, shuningdek, milliy xo‘jalik doirasida to‘lov vositasini bajaradigan pullarning kursi xalqaro miqyosda amal qiladigan xorijiy valyutalarga bo‘lgan talab asosidao‘zgarib turadi. Nominalist pul nazariyasi vakillarining rivojlangan davri asosan XIX asrning oxiri va XX asrning boshlariga to‘g‘ri kelib, uning ko‘zga ko‘ringan arafdorlaridan biri, nemis olimi G.Knapp (1842 – 1926) hisoblanadi.G.Knappning pul nazariyasini, uning ta’limoticha ma’lum qiymatga egabo‘lmagan monetalarda emas, balki xazina biletlari asosida asoslashga harakat qiladi. Nominal pul nazaryachilarining asosiy kamchiligi shundaki, ularning ta’limotida pulning qiymati davlat tomonidan belgilanadi degan g‘oya ilgari suriladi. Kredit pullar (veksellar, banknotalar, cheklar) esa ularning ta’limotida inobatga olinmaydi va e’tibordan chetda qoldiriladi. 2) Pul teoriyalari - bu iqtisodiyotning rivojlanishidagi pul ta'sirini batafsil o'rganib chiqadigan iqtisodiy doktrinaning bir qismidir. Qimmatbaho qog'ozlar va korxonalar samaradorligi sifatiga ta'sir ko'rsatadigan pullarni tekshiradi. Download 102.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling