O‘zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi f arg‘ona viloyati oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi


Download 106.2 Kb.
Sana04.11.2023
Hajmi106.2 Kb.
#1746891
Bog'liq
ssenariy mustaqillik 32



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

F ARG‘ONA VILOYATI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR BOSHQARMASI

O‘zbekiston respublikasining davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayrami munosabati bilan tashkil etiladigan “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirining
SSENARIYSI

Qo’shtepa – 2023
Kasb-hunar maktabi tizimida 2023-yilda
O`zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligining 32 yillik bayrami munosabati bilan tashkil etiladigan
YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O`ZBEKISTON UCHUN!” shiori ostida o`tkaziladigan ma`naviy-ma`rifiy tadbirining Ssenariysi
Musiqiy she’r Vatan haqida.


1-boshlovchi: 1-sentabr – Vatanimiz tarixida yangi bir davrni boshlab bergan kundir. Bu kun har bir millatdoshimiz qalbida ulkan faxr va ehtirom tuyg’ularini uyg’otdi. Ana shu Vatanning jonkuyar ustozlari va tadbirimizga tashrif buyurgan qadrli mehmonlar, Assalomu alaykum!
2-boshlovchi: Assalomu alaykum, kasb-hunar maktabi ostonasiga faqatgina yaxshi niyatlar bilan qadam qo‘ygan, o‘quvchilik maqomini faxr deb bilgan ilmga chanqoq aziz o‘quvchilar! Ushbu fayzli davramizga xush kelibsiz! Bugun butun yurtimiz uzra mustaqilligimizning 32 yillik to‘y shukuhi kezib yuribdi. Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz, Mustaqillik shodiyonasi hamda Bilimlar kuni bilan barchangizni muborakbod etamiz.
2-boshlovchi: Jannatmakon ona yurt tonglar o`lkasi
Ta`rif, tavsifingning yo`q nihoyasi.
Senga bag`ishlanur muqqaddas qo`shiq

Bu o`zbek elining o`z madhiyasi.


“O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi”

1-boshlovchi: Tadbirimizni ochib berish uchun so‘zni kasb-hunar maktabi direktori ________________________________________ ga beramiz.
2-boshlovchi: Bugungi tadbirimizga tashrif buyurgan mehmonimiz _________________ ga so’z navbatini beramiz
Taqdirlov – ustozlar va o’quvchilarni taqdirlash marosimi.
1-boshlovchi:
Bobolarim ko'ksin qalqon
Etmish azal iymon uchun,
Shukr, bizga boqdi zamon,
Har bir kun – bir imkon uchun!
Bu gulshanda qadr ham shon
Avval aziz inson uchun!
Birlashaylik shu farovon
Oydan go'zal bo'ston uchun,
Baxtli yangi hayot uchun,
Yangi O'zbekiston uchun!
2-boshlovchi:
Ulg'aymoqda zakiy avlod —
Turkiylarning dong'i bo'lgay,
Shu kunlarni orzu qilgan
Jadidlarning bongi bo'lgay,
Inshaalloh, bu Uchinchi
Uyg'onishning tongi bo'lgay,
Tafakkuru dunyoqarash
Tasavvur ham yangi bo'lgay,
Baxtli yangi hayot uchun,
Yangi O'zbekiston uchun!


Musiqiy chiqish.
Boshlovchi: So`z navbatini ________________________ga beramiz:
1-boshlovchi: Vatan barcha yurtdoshlarimizni birlashtirgan ardoqli maskandir. Bu yurtga har qachon bayramlar, shodumon kunlar yarashadi. Mustaqillik esa ulugʻ neʼmat. Aziz vatandosh, yurt kelajagi, jamiyat taraqqiyoti yoʻlidagi mehnatlaringiz tahsinga loyiq.
2-boshlovchi: Yangi Oʻzbekistonimiz gurkirashi, uzoq yillardan keyin ham mana shunday obod, tinch va osuda boʻlishi yoʻlida xizmatdan tolmang. Goʻzal yurtimiz uchun, Yangi hayot va yangi Oʻzbekiston uchun qilinajak harakatlarimiz va mehnatlarimiz hamisha yurt taraqqiyotiga xizmat qilsin! Mustaqilligimizning 32 yilligi barchangizga qutlugʻ boʻlsin!
1-boshlovchi: Shu bilan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” mavzusidagi bugungi tadbirimiz nihoyasiga yetdi.
2-boshlovchi: Bugungi tantanamizda ishtirok etgan aziz mehmonlarimizga minnatdorchilik bildirgan holda ustoz va o‘quvchilarni bugun 1-darsda o‘tkaziladigan “Mustaqillik dars”lariga taklif etamiz.

Yangi o‘quv yilingiz muborak bo‘lsin!
Download 106.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling