O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi
-BOB. XITOY VA G`ARB MAMLAKATLARI
Download 120.72 Kb.
|
Xitoyda Manjurlarning hukmronligi o`rnatilishi. Tsin hukumatining ichki siyosati kurs ishi
2-BOB. XITOY VA G`ARB MAMLAKATLARI
G`arb mamlakatlari va Xitoy. Xitoyning “yopib qo`yilishi”. Rus-xitoy munosabatlari Tsin hukumati dastlabki davrda xitoy xalqining chiqishlarini bostirishda G`arb davlatlari yordam beradi degan fikr bilan y Yevropalik missionerlarning Xitoyga kirib kelishlariga hayrixohlik bilan qaradilar. Tsin hukumati chet el kemalarining Guanchjou (Kanton), Syamin, Ninbo, Dinxay portlariga kirishga va u yerda savdo qilishlariga ruxsat berdi. XVIII asrning ikkinchi yarmida portugal, frantsuz va ingliz savdogarlari Pekinga kiirb kela boshladilar. Xitoyga ko`plab xristian missionerlari kelib, xristianlikni targ`ib qila boshladilar. Imperator Kansi hukmronligi davrida ular imperator saroyiga ham o`z ta`sirlarini o`tkazgan edilar. Bir qancha missionerlar imperator maslahatchisiga aylanib, ularga diplomatik topshiriqlar yuklatilgan edi. Chet ellik missionerlarning faoliyati xalq ommasi noroziligini kuchaytirdi. Ikkinchi tomondan hukmron doiralar ichida ham uzoq Yevropadan kelishi mumkin bo`lgan mavhum, noma`lum xavf-xatarlar ham qo`rquvni yuzaga keltirayotgan edi. Manjurlar o`z hokimyatlarini mustahkamlab olishgach, ularning Yevropaliklarga bo`lgan munosabatlari o`zgardi. Manjurlar 1716 yilda chet elliklarning Xitoyga kirib kelishini cheklovchi dastlabki tadbirlarni amalga oshirdilar. Imperator Yunchjen 1724 yilda 300 ta xristian cherkovini yopish haqida farmon chiqardi va deyarli barcha xristian missionerlari Portugaliyaning Makao mustamlakasiga chiqarib yuborildi.1757 yilda imperator Tsyanlun Kantondan (Guanchjou) tashqari barcha portlarda chet elliklarning savdo qilishini taqiqlab qo`ydi. Yevropaliklarning faktoriyalari yo`q qilindi va chet elliklarning Xitoyga kelishi taqiqlandi. Shu davrdan boshlab Tsin hukumati Xitoyni G`arbdan ajratib qo`yish siyosatini olib bora boshladi. Yevropaliklarga Xitoyga kelish taqiqlandi. Ularning kemalariga faqat Guanchjouga kelishga ruxsat qilindi, bu yerda ular hokimyat vakillari nazorati ostida faqat “Gunxan” (Yevropa adabiyotlarida “Koxong”) kompaniyasi bilan savdo qilishlari mumkin edi. Ularning Guanchjouda mahalliy aholi bilan muloqotda bo`lishlari taqiqlandi. Xitoy hukumati tomonidan maxsus ajratilgan savdogarlar ularni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlardilar, portugallar bu savdogarlarni kompradorlar deb ataganlar. Tsin hukumati mamlakatni yopib qo`yish siyosati ular hukmronligini mustahkamlaydi deb o`ylardi. Xitoy feodallarida Yevropa mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalar o`rnatilishidan bevosita iqtisodiy manfaatdorlik yo`q edi. Xitoy hukmdorlari Yevropa davlatlari umuman Xitoy yaqinidagi boshqa davlatlarning taraqqiyoti haqida ham juda yuzaki tasavvurga ega edilar. Shu bilan birga ular o`z fuqarolariga xitoyliklarning alohida mavqega ega ekanliklari, Xitoyni esa qoloq, “varvar” mamlakatlar o`rtasida joylashgan “Dunyo markazidagi ulkan imperiyadir” degan an`anaviy g`oyalarni singdirishga urinardilar. Ajratib qo`yish siyosati Xitoyga chet ellik mustamlakachilarning kirib kelishini ancha kechiktirdi. Lekin feodal tartiblarning mustahkamlanishi va Tsinlar hukmronligining saqlanib qolishi bu siyosatning asosiy natijasi bo`ldi. Tsin hukumati tashqi savdoni cheklab qo`yish orqali mahsulotlari tashqi bozorlarga chiqarilib turgan hunarmandchilik ishlab chiqarishi va manufakturalar taraqqiyotiga to`g`anoq bo`ldi. Xitoy bilan Rossiya o`rtasidagi o`zaro munosabatlar manjurlar bosqinidan oldin o`rnatilgan edi. Bu munosabatlar ikki davlatning geografik joylashuvidan kelib chiqqan bo`lib, ular teng huquqlilik va o`zaro manfaatdorlik asosiga qurilgan edi. Min sulolasining imperatorlaridan biri rus savdogarlariga o`z tovarlari bilan Xitoyga kelishiga ruxsat qilgan edi. XVII asrda rus sayyohlari Tinch okeani sohillariga etib borishgach, rus hukumati Xitoy bilan doimiy siyosiy va iqtisodiy munosabatlar o`rnatishga harakat qildi. 1654 yilda F.I.Baykov boshchiligidagi rus elchilari Pekinga bordilar. Bir qancha vaqtdan keyin yana yangi elchilar yuborildi, ular orasida 1675-1676 yillarda Nikolay Spafariy boshchiligidagi elchilik missiyasi ancha muvaffaqiyatlarga erishdi. Lekin Tsinlarning rus davlatining Uzoq Sharqdagi mulklariga qarshi qaratilgan bosqinchilik siyosati bu ikki davlat o`rtasida iqtisodiy va siyosiy aloqalar o`rnatilishini qiyinlashtirdi. Manjurlar bir necha marta Albazin voevodligiga hujum qilishib, Albazin qal`asini qamal qildilar va buzib tashladilar. Lekin kazaklar manjurlar hujumini qaytarib, qal`ani qayta tikladilar. Albazinni navbatdagi qamal qilinishi davrida imperator Kansi 1686 yilda rus hukumatiga ikki davlat mulklari chegaralarini belgilash bo`yicha muzokaralar boshlashni taklif etdi. 1689 yilda Nerchinskda boshlangan rus-xitoy muzokaralari Rossiya uchun noqulay vaziyatda o`tdi. 17 ming kishilik manjur qo`shini Shaharni o`rab oldi va shturm qilish bilan tahdid soldi. Nerchinsk shartnomasiga ko`ra rus hukumati Amur bo`yining bir qismini – Albazin voevodaligini Xitoyga berishga majbur bo`ldi. Tsin hukumati Albazin hududiga aholi ko`chirib keltirmaslik va bu yerda harbiy istehkomlar qurmaslikga va`da berdi. Shartnoma ikki davlat o`rtasida muntazam savdo aloqalari o`rnatilishini ko`zda tutardi. Pyotr I rus-xitoy munosabatlarini yaxshilash va kengaytirishga harakat qildi. 1715 yilda Pekinda rus diniy missiyasi tashkil etildi, u Rossiyada Xitoy to`g`risidagi ilmiy bilimlarning yoyilishiga yordam berdi. Tsinlar tomonidan Shimoliy Mongoliyaning bosib olinishi bu hududda Rossiya va Xitoy mulklari chegaralarini belgilash masalasini keltirib chiqardi. Shu maqsadda 1728 yilda tuzilgan Kyaxta bitimiga ko`ra bir qator hududlar yana Xitoyga o`tdi. Bu shartnomada ham rus-xitoy savdosini rivojlantirish to`g`risidagi moddalar bor edi. 200 nafar rus savdogarlariga Pekinga borish va u yerda savdo faktoriyalari qurishga ruxsat berildi. Xitoy tilini o`rganish maqsadida 6 nafar o`quvchi Xitoyga yuborildi. 1731 yilda Xitoy elchilari Moskvaga keldilar. Xitoyni yopib qo`yish siyosati tufayli Xitoy bilan Rossiya o`rtasida elchilar almashish to`xtatilgan bo`lsada, chegaralardagi tovar ayirboshlash savdosi davom etdi, shuningdek Pekindagi rus diniy missiyasi ham o`z faoliyatini davom ettirdi. Download 120.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling