O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana08.11.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1758251
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
NKSHT-1-mt topshiriqlari

 
1.2.Olovbardosh materiallar Toshkent shaxrida joylashgan «Ogneupor» 
korxonasida ishlab chiqariladi. Bu korxonada shamotli, kaolinli yengil vaznli 
olovbardosh g’ishtlar ishlab chiqariladi. Angren shahri hududi bu material turini 
barpo etish uchun kerakli xom ashyo - kaolin va tuproqlarga o’ta boy. Bu esa o’z 
navbatida 1580°S va undan ham yuqori daraja haroratga chidamli mahsulotlar 
ishlab chiqaruvchi korxonalar yaqin yillar ichida yana qurilajakligidan dalolat 
beradi. Umuman Respublikada an’anaviy va samarali silikat mahsulotlarining eng 
muhim turlarini ishlab chiqarilishining zafarli odimi ilgarilab bormoqda. Yuqorida 
keltirilgan raqamlar O’zbekistonda tsement, keramika, shisha va elektron texnika 
vositalari (dielektrik va magnit materiallari) sanoatlari mahsulotlarining yillar 
davomida muntazam oshib borganligini ko’rsatmoqda. Perspektiv planlar bundan 
keyingi yillarda ham bu materiallarni ishlab chiqarish sur’atini yanada 
yuksaltirilishi haqida dalolat bermoqda. O’zbekistonda silikat mahsulotlari ishlab 
chiqaruvchi sohalarni rivojlanishida Respublikamiz olimlarining ham hissalari 
katta. Ayniqsa bu borada Toshkent kimyo-texnologiya institutining «Silikat 
materiallar texnologiyasi» kafedrasida Tadjiyev F.X., Otaqo’ziyev T.A., Ismatov 
A.A va boshqalar, O’zbekistonda Fanlar Akademiyasi qoshidagi «Umumiy va 
noorganik kimyo» institutining «Silikatlar kimyosi» laboratoriyasida Konsepolskiy 
I.S. va Sirajiddinov N.A. tomonidan O’zbekistonning mahalliy resurslari asosida 
olib borilgan va hozirda ham olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining ahamiyati 
kattadir. O’zbekiston Fanlar Akademiyasining geologiya va geofizika instituti 
gilmoya laboratoriyasi, O’zbekiston geologiya vazirligining «Ximgeolnorud» 
tresti, O’rta Osiyo ilmiy-tekshiruv geologiya va mineral xom ashyo instituti, 
O’zbekiston sanoat qurilishi materiallari konsernining «Toshqurilishmateriallari» 
loyiha-ilmiy tadqiqot instituti hamda yana bir qator muassasalarda ham silikat 
mahsulotlari olishga yaroqli yangidan yangi xom ashyo manbalari izlanmoqda, 
yangi progressiv texnologiyalar yaratish, chiqarilayotgan mahsulot sifati va 
mustahkamligini oshirish bobida ko’pgina foydali ishlar qilinmoqda. Silikat 
mahsulotlari ishlab chiqarishning bundan keyingi ravnaqi albatta shu soha 
mutaxassislarining saviyasiga bog’liq. SHuning uchun ham «Bog’lovchi 


materiallar kimyoviy texnologiyasi», «Keramika va o’tga chidamli buyumlar 
kimyoviy texnologiyasi», «SHisha va sitallar kimyoviy texnologiyasi» va 
«Elektron texnikasi vositalari kimyoviy texnologiyasi» shisha ixtisosliklari 
talabalari «Silikat va qiyin eruvchi nometall material va buyumlar texnologiyasi» 
faniga katta ahamiyat berib, shu materiallarning olinish texnologiyasi, xossalari, 
ishlatiladigan joylari to’g’risida chuqur va har taraflama bilimga ega bo’lishlari 
kerak. SHunday qilib, silikat va qiyin eruvchi nometall materiallar texnologiyasi 
sohalariga oid mahsulotlar ishlab chiqarish O’zbekiston Respublikasida yaxshi 
yo’lga quyilgan. O’zbekistonda yuqori sifatli buyumlar ishlab chiqarish uchun 
texnika ham, xom ashyo bazasi ham yetarlidir. «Ohangarontsement», 
«Bekobodtsement», 
«Quvasoytsement», 
va 
«Qizilqumtsement» 
kabi 
portlandtsement ishlab chiqaruvchi, «Kvars», «Oniks» va «Asl oyna», kabi shisha 
mahsulotlari beruvchi, Toshqurilishmaterillari, «Kulol», Toshkent, Quvasoy, 
Samarqand va Xiva chinni zavodlari kabi keramika buyumlari ishlab chiqaruvchi 
korxonalarning dovrug’i faqat Respublikamizdagina emas, balki xorijiy 
davlatlariga ham keng tarqalgan. Bugungi kundagi vazifa bu yutuqlarimizni 
avaylab asrash, ularning boy tajribalarini boshqa korxonalarga yoyish va ulardan 
samarali foydalana bilish, malakali kadrlar tayyorlashni yanada yaxshi yo’lga 
qo’yishdan iboratdir.
SHisha va shisha tayyorlash jarayoni antik Misr, 
Mesopotamiya, Gretsiya va Rimda eramizdan avvalgi 40-30 asrlarda ma’lum 
bo’lgan. Markaziy Osiyoga SHisha texnologiyasi sharkiy Xitoy orqali kirib kelgan. 
Rossiyada birinchi SHisha zavodi 1635 yilda Voskresensk shahri yaqinida ishga 
tushirilgan. SHisha buyumlarning mustahkamligi, bezararligi, xom ashyosining 
serobligi keng tarqalishini takozo etdi, ammo ishlab chiqarish texnologiyasining 
davlat siri hisoblanganligi shishaning jahon bo’ylab tez tarqalishiga yo’l 
qo’ymagan. O’zbekistonda mustaqillik tufayli SHisha va SHisha buyumlar ishlab 
chiqaruvchi zavodlar, tsexlar ko’paymoqda. SHular jumlasiga 1996 yilda ko’rib 
ishga tushirilgan CHirchiq, Quvasoy SHisha zavodlarini kiritish mumkin. Bundan 
tashqari bir tomonlama nur o’tkazuvchi, SHishapaket, rangli SHishalar ishlab 
chiqarish yo’lga kuyilmoqda. Qattiq, amorf, optik diapazonning u yoki bu sohasida 
(tarkibiga qarab) shaffof bo’lgan, tarkibida SHisha hosil qiluvchi qo’shimchalar 
(kremniy, bor alyuminiy va boshqalarning oksidlari) hamda metall (litiy, kaliy, 
magniy, qo’rg’oshin va boshqalar) oksidlari bo’lgan o’ta sovitilgan suyuq mineral 
eritmalardan olinadigan material SHisha deb ataladi. Vazifasiga ko’ra shishalar 
qurilish oynalari (deraza oynasi, naqshli, shishabloklari va hokazo), texnik shisha 
(kvartsli, yorug’lik-texnika, shisha tola), navli shisha va hokazolarga bo’linadi. 
SHisha tayyorlash uchun sof kvarts qum, ohaktosh dolomit, kal’tsinirlangan soda 
yoki natriy sul’fat asosiy xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. Qurilish oynalarining 
qurilish-texnika xossalarini yaxshilash uchun ba’zi oynalarning tarkibiga bor 
oksidi (issiqqa chidamliligini oshiradi), alyuminiy (mustahkamligi va kimyoviy 
turg’unligini oshiradi), ftor, rux va boshqalar kiritiladi. Rangli shisha olish uchun 
marganets peroksid, xrom, kobal’t oksidlari va boshqalardan foydalaniladi. SHisha 
ishlab chiqarish xom ashyo materiallar tayyorlash (boyitish, quritish, maydalash); 
shixta 
tayyorlash 
(komponentlarni 
aralashtirish 
va 
briketlash); 
shisha 
suyuqlantirish o’choqlarida 1400-1500 0C da suyuqlantirish; shisha massasini 


kerakli haroratgacha sovitish (bunda shisha oyna ishlab chiqarish usuli uchun 
optimal qovushqoqlikka ega bo’ladi) va hosil qilingan eritmadan buyumlar 
qoliplash; ularga termik, mexanik yoki kimyoviy ishlov berish texnologik 
operatsiyalarini o’z ichiga oladi. Ishlab chiqarish (qoliplash) usuli buyum turiga 
bog’liq. Qurilish oynasi olish uchun cho’zish, prokatlash va presslash usullaridan 
foydalaniladi. SHisha siqilishiga yuqori mustahkamligi (600-1200 MPa) va 
cho’zilishga esa (30-90 MPa) nisbatan kam mustahkamligi bilan xarakterlanadi. U 
zarbga juda yomon qarshilik ko’rsatadi, ya’ni mo’rt bo’ladi. SHishaning tiniqligi 
va ko’rinadigan spektr nurlarining kamida 84% ini o’tkazishi uning o’ziga xos 
xususiyatlaridan hisoblanadi. Oynalarning zichligi 2,2 dan 2,6 g/sm3 gacha 
o’zgaradi, sanoat shishasining zichligi 2,5 g/sm3 atrofida bo’ladi. SHisha nisbatan 
issiqlikni past o’tkazuvchanligi bilan farqlanadi; shishaning turiga qarab uning 
issiqlik o’tkazuvchanligi 0,5-1 Vt/(m-0C) chegaralarida o’zgaradi. Issiqlikka 
chidamliligi past bo’ladi, ya’ni keskin va kuchli qizdirilganda yoki sovitilganda 
katta kuchlanishlar vujudga keladi, natijada yoriqlar bilan qoplanadi. Qizdirilganda 
yumshaydi va 10000C ga yaqin haroratda suyuqlanadi. Kimyoviy jihatdan yuqori 
turg’unlikka ham ega. Aksariyat mineral kislotalar shishani emirmaydi; ishqorlar 
eritmasi va hatto toza suv, juda sekin oqsa ham, shisha sirtini yemiradi. 
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng xalq xo’jaligini bozor 
munosabatlari sharoitida rivojlantirishga doir chiqqan bir qator farmonlar 
respublikamiz shisha ishlab chiqarish sanoatiga bo’lgan e’tiborni kuchaytirdi. 
Qurilish 
ashyolarini 
ishlab 
chiqarish 
va 
kapital 
qurilishni 
yanada 
takomillashtirishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqildi. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling