Oʻzbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 196.53 Kb.
bet10/12
Sana08.03.2023
Hajmi196.53 Kb.
#1248680
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
KURS ISHI (1)

Oldingi tahrirga qarang.15
11. Belgilansinki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab yer uchastkalariga doimiy foydalanish huquqi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan yerlarda joylashgan irrigatsiya va melioratsiya obyektlari hamda avtomobil yo‘llarini saqlash va ta’mirlash uchun budjet mablag‘lari ajratilmaydi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suv xo‘jaligi vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Kadastr agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda irrigatsiya va melioratsiya obyektlari hamda avtomobil yo‘llari joylashgan yer uchastkalarini xatlovdan o‘tkazsin hamda 2025-yil yakuniga qadar yer uchastkalariga doimiy foydalanish huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Moliya vazirligi bir oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan yer uchastkalariga doimiy foydalanish huquqi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish uchun mablag‘lar ajratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
12. Belgilansinki:
2022-yil 1-iyundan boshlab tajriba tariqasida, bosqichma-bosqich yil yakuniga qadar Suv xo‘jaligi vazirligi va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi barcha unitar korxonalarga faqat Moliya vazirligi G‘aznachiligi tomonidan xizmat ko‘rsatiladi;
Moliya vazirligi G‘aznachiligiga o‘tkazilgan unitar korxonalarning bo‘sh mablag‘lari tijorat banklari depozitlariga Moliya vazirligi G‘aznachiligiga buyurtmanoma taqdim etish orqali joylashtiriladi;
2022-yilgacha davlat unitar korxonalari bo‘sh mablag‘larining tijorat banklari depozitlariga joylashtirilgan milliy valyutadagi mablag‘lari depozitlar muddati tugagandan so‘ng, ularning muddati uzaytirilmasdan tegishli g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
13. 2022-yilda soliq yukining keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida quyidagilar belgilansin:
jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i (tadbirkorlik faoliyatida foydalanadigan yer uchastkalaridan tashqari) summasi 2021-yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim;
2018-yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i summasi 2021-yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim.
14. Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i to‘lashdan ozod etilgan soliq to‘lovchilardan ushbu soliqlardan hisoblangan summaning bir foizini undirish tartibini joriy etish haqidagi taklifi ma’qullansin.
Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur banddan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. Soliq to‘lovchilarga quyidagi huquqlar berilsin:
2022-yil 1-fevralga qadar 2022-yil uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani ko‘chmas mulk obyektlariga bir kvadrat metr minimal qiymat miqdorini hisobga olmagan holda taqdim etish;
2022-yil 1-aprelga qadar kadastr organlarida ko‘chmas mulk obyektlari maydonlarini taqqoslashni amalga oshirish, 2022-yil uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi to‘g‘risidagi aniqlashtirilgan ma’lumotnomani penya hisoblash ko‘rinishidagi javobgarlik chorasi qo‘llanilmagan holda taqdim etish;
Oldingi tahrirga qarang.
2022-yil 1-oktabrga qadar ko‘chmas mulk qiymatini baholovchi tashkilotni jalb qilgan holda mustaqil baholashni o‘tkazish va 2022-yil uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi to‘g‘risida aniqlashtirilgan ma’lumotnoma va baholash hisobotini soliq organlariga taqdim etish. Bunda ko‘chmas mulk obyektlarini mustaqil baholash o‘tkazish rejalashtirilganligi to‘g‘risida 2022-yil 1-aprelga qadar soliq organlarini xabardor qilish yoki oxirgi ikki yil davomida baholovchi tashkilotni jalb qilgan holda o‘tkazilgan mol-mulkni baholash natijalarini soliq organlariga taqdim etishi shart;

Download 196.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling