Oʻzbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Download 196.53 Kb.
|
KURS ISHI (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Roʻyxatga olindi “Moliya va buxgalteriya hisobi” fakulteti _______________ “____” ___________ 2022 y.
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI “MOLIYA VA BUXGALTERIYA HISOBI” fakulteti “SOLIQLAR VA SUGʻURTA ISHI” kafedrasi
“Soliq tushumlarini prognoz qilishning mohiyati turlari maqsadi, vazifalari va tamoyillari KURS ISHI
Toshkent - 2023 Mavzu: Soliq tushumlarini prognoz qilishning mohiyati turlari, maqsadi, vazifalari va tamoyillari MUNDARIJA: REJA:
1. Soliq tushumlarini prognoz qilishning ahamiyati………................................. 2. Soliq tushumlarini prognoz qilishning maqsadi va vazifalari……………….. 3.Soliq tushumlarini prognoz qilishning turlari va tamoyillari………………… Xulosa va takliflar Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Kirish. Mamlakatimizda iqtisodiyotni yanada rivojlanishi va makroiqtisodiy barqarorlikni yuksaltirishda davlat soliq tizimi, soliq ma’muriyatchiligini isloh etish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, soliq tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari, mamlakatimizda soliq ma’muriyatchiligini zamonaviy axborot texnologiyalardan keng foydalangan holda rivojlantirish hamda ilg‘or xorij tajribasidan respublikamizda foydalanish masalalari hozirgi kunda dolzarb masalalardan biri sanaladi. Muhtaram Prezdentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasida ilm–ma’rifat va texnologiyalar rivojiga alohida ahamiyat qaratdi. Jumladan, “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda”.1 Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2-martdagi PF–5953–son Farmoni bilan tasdiqlangan «2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid Davlat Dasturiga muvofiq, axborot–kommunikasiya texnologiyalarini modernizasiya qilish orqali soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy axborot–kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etishga doir qo‘shimcha chora–tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil 5 iyunda 359 sonli qarori e’lon qilindi.2 Mamlakatimizda soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish doirasida soliq tizimini, soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish doirasida “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida», O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora–tadbirlar to‘g‘risida», shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora–tadbirlar to‘g‘risida” va shu kabi bir qator Qaror va farmonlar qabul qilinib, ular asosida mamlakatimizda ishbilarmonlik va investisiyaviy faollikni oshirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, shuningdek, soliq islohotlarini samarali amalga oshirishga keng imkoniyatlar yaratilayotganligini qayd etishimiz kerak.3 Ma’lumki, hozirgi kunda soliq ma’muriyatchiligini ta’minlash bo‘yicha davlat soliq xizmati organlarida zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini keng joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda. Ammo ushbu ijobiy ishlar va yutuqlar bilan birgalikda, soliq ma’muriyatchiligini yanada samarali amalga oshirishga uni takomillashtirishga hamda davlat soliq organlariga, hududiy bo‘linmalarga yuklatilgan majburiyat hamda vazifalarni to‘liq bajarishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator kamchilik va muammolar mavjudligi Davlat soliq qo‘mitasining Axborot–kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasida qayd etilgandir. ➢ Agarda ular borasida to‘xtaladigan bo‘lsak ular quyidagilardan iborat elektron davlat xizmatlari va axborot tizimlari orqali ma’lumotlar bazasiga tushayotgan murojaatlar soni yildan–yilga keskin oshib borayotganligi sababli ma’lumotlarni tezkorlik bilan tahlil qilish imkoniyatini bermayapti; ➢ Davlat soliq qo‘mitasining mavjud server qurilmalarining xotira hajmi bugungi kunda 90 foiz band va ularning ishlash kafolatli muddati tugagan, Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi qurilmalari eskirgan; ➢ mavjud axborot tizimlari turli xil dasturlash tilida va bir–biriga murakkab integrasiyalashgan holda foydalanilmoqda hamda yagona platforma mavjud emas; ➢ elektron hisobvaraq–fakturalar va onlayn nazorat kassa mashinalari hamda tashqi manbalar orqali shakllangan katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va tezkor tahlil qilish uchun mavjud serverlar quvvati yetishmasligi oqibatida tizimda tez–tez uzilishlar vujudga kelmoqda; ➢ soliq to‘lovchi bilan soliq organlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini ta’minlovchi yagona standart va dasturiy mahsulotlar mavjud emas; ➢ soliq bazasini kengaytirish uchun idoralararo ma’lumotlar almashish darajasi past; ➢ soliq to‘lovchilarning xuquqlarini kafolatlash uchun ko‘riladigan ta’sir choralarini avtomatik segmentlash va soliq tushumlari xavfini to‘liq baholash mexanizmlari mavjud emas; ➢ axborot–kommunikasiya texnologiyalari yo‘nalishidagi yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda tizimli kamchiliklar mavjud. Ushbu kamchilik va muammolar soliq tizimini jadal rivojlantirish, soliq ma’muriyatchiligida axborot–kommunikasiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish, soliqlar va majburiy to‘lovlarning talab darajasida yig‘ilishiga va soliq to‘lovchilarga sifatli elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishga to‘sqinlik qilmoqda. Albatta shuni qayd etishimiz lozimki, biz taraqqiyot va rivojlanish davrida faoliyat yuritmoqdamiz, shundan xulosa qilgan holda mamlakatimiznining taraqqiy etishi, rivojlanishida kun sayin takomillashib borayotgan faoliyatimizda jumladan axborot texnologiyalarning rivojlanayotganligini qayd etishimiz lozim. Ma’lumki, qabul qilingan startegiya doirasida quyidagi yo‘nalishlarda samarali ishlarni olib borish rejalashtirilgandir: ➢ Xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan soliq xizmatlarini rivojlantirish; ➢ Zamonaviy axborot tizimlarini joriy qilish orqali davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish; ➢ Ma’lumotlarni qayta ishlash markazining moddiy–texnika bazasini kengaytirish.4 1. Soliq tushumlarini prognoz qilishning ahamiyati Soliq tushumlarini prognoz qilishning ahamiyati Download 196.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling