Oʻzbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Inflyatsiya darajasining pasayish tendensiyasi davom etib, 2023-yilda 9,5 foiz


Download 196.53 Kb.
bet3/12
Sana08.03.2023
Hajmi196.53 Kb.
#1248680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
KURS ISHI (1)

Inflyatsiya darajasining pasayish tendensiyasi davom etib, 2023-yilda 9,5 foiz atrofida boʻlishi prognoz qilinmoqda.
Mazkur rivojlanish koʻrsatkichlariga har bir sohada boshlangan tarkibiy islohotlarni sifatli davom ettirish orqali erishish maqsad qilingan. 
2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan ustuvor yoʻnalishlarga muvofiq ravishda soliq-budjet siyosatining amalga oshirilishi koʻzda tutilgan boʻlib, ustuvor 6yoʻnalishlari sifatida quyidagilarni belgilash mumkin: 
1) budjet siyosatining ijtimoiy yoʻnaltirilganligini, jumladan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy himoyani rivojlantirish;
2) hududlar, ayniqsa, mahallalarning dolzarb muammolarni hal qilish, suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni va tabiatni muhofaza qilishni taʼminlash;
3) yoshlar va xotin-qizlarni qoʻllab quvvatlashni kengaytirish;
4) tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatida sof raqobat muhitini yaratilishiga zamin yaratish, bosqichma-bosqich soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish; 
5) birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga budjet mablagʻlaridan samarali foydalanish yuzasidan javobgarligi, hisobdorligi va vakolatlarini, davlat budjeti barqarorligini taʼminlash maqsadida, ilgʻor xorijiy tajribadan hamda xalqaro moliya institutlari ekspertlarining tavsiyalaridan kelib chiqqan holda budjet xarajatlari samaradorligini oshirish ustuvor vazifalar sifatida belgilab olindi.
Ushbu maqsadlardan kelib chiqib, 2023-yil uchun Davlat budjeti daromadlari (Davlat maqsadli jamgʻarmalariga transfertlarni inobatga olmagan holda) 
232,1 trln. soʻm, xarajatlari esa (Davlat maqsadli jamgʻarmalariga transfertlarni inobatga olmagan holda)  227,9 trln. soʻm miqdorida;
Davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadlari 41,3 trln. soʻm miqdorida, xarajatlari esa 70,2 trln. soʻm miqdorida rejalashtirilmoqda. Bunda Davlat maqsadli jamgʻarmalariga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan 29,9 trln. soʻm transfertlar ajratish belgilangan.
Xususan, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi daromadlari 37,8 trln. soʻm, xarajatlari 53,5 trln. soʻmni tashkil etgan holda Davlat budjetidan 15 trln. soʻm miqdorida transfert ajratilishi rejalashtirilmoqda.
Davlat moliyasini boshqarishning xalqaro standartlariga muvofiq budjet qamrovini oshirish hamda toʻliqligini taʼminlash maqsadida, 2021-yildan boshlab 7tashqi qarz hisobidan davlat dasturlariga rejalashtirilayotgan xarajatlar konsolidatsiyalashgan budjet tarkibiga kiritildi. 2023-yilda ushbu xarajatlar 7,8 trln. soʻm miqdorida boʻlishi prognoz qilinmoqda8.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, 2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining (Davlat budjeti, Davlat maqsadli jamgʻarmalari, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, tashqi qarz hisobidan davlat dasturlariga amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar bilan birga) yuqori chegarasi 32,5 trln. soʻm yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foiz miqdorida belgilanmoqda. Bunda Davlat budjeti va Davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari 24,7 trln. soʻm yoki prognoz qilinayotgan yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2,3 foiz miqdorida taqchillik bilan rejalashtirilgan. Davlat budjeti va Davlat maqsadli jamgʻarmalarining taqchilligi Davlat ichki va tashqi qarzlarini jalb qilish hamda budjetlarning yil boshiga qoldiq mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

Download 196.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling