Oʻzbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Qonunning 12-moddasida oʻtgan yilgi kabi mahalliy budjetlarning daromad manbalari koʻrsatilgan. Jumladan
Download 196.53 Kb.
|
KURS ISHI (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjeti
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar Kengashlari
5. Qonunning 12-moddasida oʻtgan yilgi kabi mahalliy budjetlarning daromad manbalari koʻrsatilgan. Jumladan:
tuman va shaharlar budjetlariga quyidagi soliq turlari toʻliq hajmda oʻtkaziladi:9 - jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi; - jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi; - jismoniy shaxslarga tegishli mol-mulkni ijaraga berishdan oladigan yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida toʻlanadigan soliq, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar toʻlaydigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi; - suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan toʻlanadigan soliq mustasno; - noruda qurilish materiallari boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq. Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga quyidagilar toʻliq hajmda oʻtkaziladi:10 - yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq; - yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi; - elektr stansiyalari tomonidan toʻlanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; - benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni yakuniy isteʼmolchilarga realizatsiya qilishdagi aksiz soligʻi; - aylanmadan olinadigan soliq; - qonunchilikda belgilangan miqdorlardagi davlat bojlari (patent bojlaridan va litsenziyalar berganlik uchun davlat bojlaridan tashqari); - qonunchilikda belgilangan miqdorlarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladigan jarimalar; - ayrim turdagi tovarlarning chakana savdosiga doir huquq uchun yigʻimlar; - qonunchilikda belgilangan miqdorlarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga undiriladigan boshqa yigʻimlar (bojxona organlari tomonidan undiriladigan yigʻimlardan, gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun undiriladigan utilizatsiya yigʻimidan, shuningdek, avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish uchun toʻlovdan tashqari); - qonunchilikda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga tushgan tushumlar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi boʻyicha dividendlar (daromadlar) va ajratmalar; - davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga (ijaraga) berishdan va sotishdan qonunchilikda belgilangan normativlar boʻyicha olingan daromadlar; - mobil aloqa xizmatlari, tamaki va alkogol mahsulotlari, shu jumladan, pivo uchun aksiz soligʻi boʻyicha tushumlar tegishli moliya yilidan oldingi yilning 1-iyul holatiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasidan olingan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri aholisi sonining respublika aholisi sonidagi ulushiga muvofiq. Bunda mazkur tushumlar boʻyicha prognozning bajarilmagan qismi Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetiga respublika budjetidan qoplab beriladi, prognozning oshirib bajarilgan qismi esa respublika budjeti ixtiyorida qoldiriladi. Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar Kengashlariga: - tegishli darajadagi mahalliy budjetlarga ajratiladigan soliqlarni va boshqa turdagi daromadlarni hamda budjetlararo transfertlarni taqsimlash; - yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hamda yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi tushumlarini tumanlar va shaharlar budjetlariga yoʻnaltirish; - daromadlarning prognozini oshirib bajarishdan olingan mablagʻlarning bir qismini tumanlar va shaharlar budjetlariga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun berish huquqi berilgan. 2023-yilda qoʻshilgan qiymat soligʻidan tushumlar 63,8 trln. soʻm miqdorida (2022-yilda – 52,4 trln. soʻm) yoki 21,6 foiz oʻsish bilan prognoz qilinmoqda. 6. Qonun loyihasining 13-moddasiga koʻra 2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlarini amalga oshirishning oʻziga xos xususiyatlari belgilanmoqda. Bunda:11 - Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashabbusiga koʻra amalga oshiriladigan qoʻshimcha tadbirlarni moliyalashtirish faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan amalga oshirilishi; - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tegishli budjetlarini birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon va kommunal xizmatlar xarajatlari rejalashtirilishini nazarda tutgan holda shakllantirilishi; - 2023-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari, sogʻliqni saqlash muassasalari obyektlarini loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish), mukammal taʼmirlash va jihozlash, shuningdek, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari doirasida obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish), mukammal taʼmirlash hamda taʼmirlash-tiklashga doir xarajatlar tegishli mahalliy budjetlardan moliyalashtirilishi belgilanmoqda. 2.Soliq tushumlarini prognoz qilishning maqsadi va vazifalari 2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari prognozi
Download 196.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling