Oʻzbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 196.53 Kb.
bet4/12
Sana08.03.2023
Hajmi196.53 Kb.
#1248680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
KURS ISHI (1)

3. Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining xarajatlari 65 ta birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilari (vazirlik va idoralar) kesimida tasdiqlanmoqda.
Bunda Davlat dasturlarining rejalashtirilgan davlat xarajatlari bilan uygʻunligini taʼminlash, ularning ijrosi boʻyicha jamoatchilik va Parlament nazoratini kuchaytirish maqsadida, Qonun loyihasida birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilari budjetida Davlat dasturlari uchun ajratilayotgan mablagʻlar alohida koʻrsatilgan.
Misol uchun, Sogʻliqni saqlash vazirligi joriy xarajatlari qatorida 22 ta, Sportni rivojlantirish vazirligida 7 ta Davlat dasturlari uchun ajratilgan mablagʻlar alohida koʻrsatilgan.
Shu bilan birga, vazirlik va idoralarning budjet sohasidagi vakolatlarini oshirish maqsadida, birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga oʻzlarining joriy xarajatlarini qayta taqsimlash va uning tarkibidagi tarmoqni rivojlantirish davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlarni bir rivojlantirish dasturidan boshqa rivojlantirish dasturiga qayta taqsimlash vakolati berilmoqda (Qonun loyihasining 2-moddasi).
Budjet mablagʻlaridan foydalanishda samaradorlikni va hisobdorlikni oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning ularga respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlardan foydalanish holati boʻyicha hisobotlarini eshitib borish tartibi joriy qilinmoqda (Qonun loyihasining 2-moddasi).
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromad va xarajatlari maʼlumot uchun qabul qilinmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 27-moddasiga muvofiq, mahalliy budjetlarning xarajatlari hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilari kesimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan mustaqil ravishda shakllantiriladi hamda tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi. 
4. Moliya yili yakuniy sanasi holatiga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzi qoldigʻining miqdori joriy yil yalpi ichki mahsulotiga nisbatan 60 foizdan oshmasligi belgilab qoʻyilmoqda (Qonun loyihasining 10-moddasi).
Bunda 2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi (Oʻzbekiston Respublikasi hukumati) nomidan va Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida tashqi qarzni jalb qilish boʻyicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 4,5 mlrd. AQSh dollari, shundan Davlat budjetini qoʻllab-quvvatlash uchun – 2,0 mlrd. AQSh dollari, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun – 2,5 mlrd. AQSh dollari miqdorida belgilash rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, 2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qogʻozlarining cheklangan sof hajmini – 17 trln. soʻm miqdorida belgilash, bunda moliya yili davomida chiqariladigan hamda joriy yilda soʻndiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi davlat qimmatli qogʻozlarini cheklangan sof hajmga kiritmaslik taklif etilmoqda.

Download 196.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling