Nmkt yo‘nalishi Mavzu: Korxonalarda bankrotligini prognoz qilishning xalqaro amaliyoti


Download 311.76 Kb.
bet1/15
Sana06.02.2023
Hajmi311.76 Kb.
#1171596
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Safarov Otabek kurs ishi (5).docx1


Toshkent kimyo-texnologiya instituti


Yangiyer filiali
NMKT yo‘nalishi


Mavzu: Korxonalarda bankrotligini prognoz qilishning xalqaro amaliyoti.

YANGIYER-2022


Mundarija




Kirish

3

1

Korxonalar bankrotligi va uni prognoz qilish mezonlari

5

2

Korxonalar bankrotligiga sabab bo’luvchi omillar

13

3

Prognoz usullari va turlari

19

4

Korxonalarning bankrotligini oldini olish, ularni moliyaviy sog’lomlashtirish va restrukturizatsiya qilishning xalqaro yo’nalishlari

26




Xulosa

34




Foydalanilgan adabiyotlar

35



Kirish
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida turgan birinchi va asosiy vazifa – bu izchil iqtisodiy o’sish, chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni mukammallashtirish va ilg’or texnologiyalar bilan qayta qurollantirishning bosh sharti bo’lgan makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishishdir. Bu esa, o’z navbatida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashni taqozo etadi.
Respublikamizda izchil iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan bosqichda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu boisdan, korxonalarda ham oqilona boshqaruvni tashkil etish, moddiy, mehnat va moliyaviy mablag’lardan samarali foydalangan holda ishlab chiqarishni tashkil etish, ularning faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Korxonalar moliyaviy holati barqarorligining tahlili ularni moliyaviy faoliyatini yaxshilanishiga, bu jarayonda tejamkorlik kuchayishiga, moliyaviy, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish darajasini aniqlashga yordam beradi, hisob-kitob mustahkamlanishiga, moliyaviy intizom buzilish hollarini ochib tashlash va yo’qotishga, ichki imkoniyatlarni izlab topish hamda ulardan foydalanishga, korxonalarning kelgusida rivojlanishi, iqtisodiy nochorlikning kelib chiqish sabablarini aniqlash, ularning moliyaviy holatini yaxshilash uchun zarur tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi.
Hozirgi kunda barcha korxonalarda o’z vaqtida pul tushumlarining kelishi, hisoblashish intizomiga rioya qilish, xususiy va qarz mablag’larining to’g’ri nisbatga bo’lishini ta’minlash, moliyaviy tartib va intizomga, barcha ishlab chiqarish bo’g’inlarida iqtisod va tejamkorlikka rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu talablarni bajarilmasligi esa korxonalarni iqtisodiy nochorlikka olib kelishi mumkin. Bu esa har qanday korxonaning moliyaviy ahvolini bilish va o’rganishga e’tiborni kuchaytiradi. Buning uchun esa, amaliyot korxona moliyaviy holati barqarorligini tahlil qilish borasida ilmiy asoslangan uslubiyatga ega bo’lishi kerak. Bu esa, o’z navbatida, mazkur tadqiqot ishining dolzarb mavzuga bag’ishlanganligidan dalolat beradi.
Korxonalarni iqtisodiy nochorlikka olib keluvchi sabablarni aniqlash va moliyaviy holati barqarorligini tahlil qilish dolzarb ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo’lgan mavzu hisoblanadi. Shu boisdan, korxona moliyaviy holatini ifodalovchi ko’rsatkichlarni tahlil qilish usullarini yoritishda muammoga tizimli va kompleks tarzda yondoshildi. Bu esa, o’z navbatida, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, predmeti va ob’ekti, nazariy va metodologik asosini belgilashga asos bo’ldi.



  1. Download 311.76 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling