Nmkt yo‘nalishi Mavzu: Korxonalarda bankrotligini prognoz qilishning xalqaro amaliyoti


Altman modeli uchun baholash shkalasi2


Download 311.76 Kb.
bet6/15
Sana06.02.2023
Hajmi311.76 Kb.
#1171596
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Safarov Otabek kurs ishi (5).docx1

Altman modeli uchun baholash shkalasi2
1-jadval.

"Z" ko’rsatkichining qiymati

Bankrotlik xavfi

1,80 ga qadar

O’ta yuqori

1,81 – 2,70

Yuqori

2,71 – 2,99

Mumkin

3,00 va undan yuqori

Juda past



  1. Korxonalar bankrotligiga sabab bo`luvchi omillar

Ma’lumki, iqtisodiyotda umuman xo’jalik sub’ektlari faoliyatlarining tugatilishi odatda salbiy holat sifatida qabul qilinadi. Chunki, har qanday korxonaning o’z faoliyatini to’xtatishi ma’lum darajada quyidagi holatlarning vujudga kelishi bilan bog’liq bo’ladi:



  • faoliyatga jalb etilgan iqtisodiy resurslarning yo’qotilishi, ulardan olinadigan samaraning pasayishi;

  • ishsizlar sonining ko’payishi hisobiga ijtimoiy beqarorlikning kuchayishi;

  • jamiyat a’zolari o’rtasida tadbirkorlik bilan shug’ullanishga nisbatan ishonchsizlikning paydo bo’lishi va hokazo.

Biroq, korxona faoliyatining tugatilishi doimo ham falokat, fojea sifatida qabul qilinavermaydi. Bugungi kunda, ya’ni mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining amalga oshirilishi natijasida korxonalarning ko’plab xodimlari ularning birgalikdagi egalariga aylandilar. Biroq, aksariyat holatlarda, mulk egasining o’zgarishiga qaramasdan, ko’plab firmalar, hissadorlik jamiyatlari, xo’jalik birlashmalari etarli darajada muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsata olmayaptilar. Shunga ko’ra, agar boshqaruv, ishlab chiqarish, marketing va texnologiyani tashkil etishni takomillashtirish sohasidagi barcha chora-tadbirlardan natija olish imkoniyati tugagan bo’lsa, u holda oqilona amalga oshirilgan likvidatsiya – korxona hissadorlari (qatnashchilari) mulkini saqlab qolish muammosining hal etilishi demakdir.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik faoliyatining tugatilishining kelib chiqishi sabablari, bu jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari, ularni maqsadga muvofiq yo’naltirish imkoniyatlari, salbiy oqibatlarini oldini olish muammolarini ilmiy jihatdan o’rganish korxonalarning tugatilishini keltirib chiqaruvchi turli omillar iqtisodiy tabiatining tadqiq etilishini taqozo etadi.
Eng avvalo, korxonalar faoliyatining tugatilishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni shartli ravishda ob’ektiv va sub’ektiv omillarga ajratib olish zarur bo’ladi.
Ob’ektiv omillar sirasiga, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning hatti-harakati, faoliyat doirasi va shart-sharoitlaridan qat’iy nazar, mavjud iqtisodiy qonunlarning amal qilishi natijasida vujudga keluvchi hamda ta’sir ko’rsatuvchi omillar kiradi. Odatda ob’ektiv omillar ta’sirining oldini olish yoki boshqarish imkoniyat darajasidan tashqarida bo’ladi. Tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy tabiatini belgilab beruvchi o’ziga xos xususiyatlarning aksariyati ushbu soha sub’ektlari faoliyatining tugatilishida ob’ektiv omillar sifatida maydonga tushadi. Xo’jalik faoliyatining tugatilishini tadqiq etish uchun bu holatni keltirib chiqaruvchi sub’ektiv omillarga e’tibor qaratilishini taqozo etadi. Sub’ektiv omillar, ob’ektiv omillardan farqli o’laroq, turli alohida holat, shart-sharoit va hatti-harakatlarning natijasi sifatida vujudga kelib, ma’lum chora-tadbirlarni qo’llash orqali ularning oldini olish yoki ta’sir darajasini boshqarish mumkin bo’ladi.
O’z navbatida, korxonalar faoliyatlarining tugatilishiga olib keluvchi sub’ektiv omillarni yanada chuqurroq o’rganish uchun, ularning kelib chiqish tavsifiga ko’ra turkumlab olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shunga ko’ra, mamlakatimiz va boshqa xorijiy mamlakatlar tajribasida uchrab turuvchi ko’plab sub’ektiv omillarni shartli ravishda quyidagi 4 guruhga ajratish mumkin bo’ladi:
1-guruh - shaxsiy-ruhiy omillar;
2-guruh - tashkiliy omillar;
3-guruh - me’yoriy-huquqiy omillar;
4-guruh - iqtisodiy omillar.
Shaxsiy – ruhiy omillar guruhi o’z ichiga tadbirkorning bilimi, malaka va tajribasi, ruhiy va ma’naviy qiyofasi, ishni tashkil etish va boshqarish qobiliyatlari borasida yuzaga keluvchi faoliyatni to’xtatishga olib keluvchi sabablarni oladi.
Tashkiliy omillar guruhi o’z ichiga xo’jalik yurituvchi sub’ektning tashkiliy tuzilmasida o’z faoliyatini davom ettirishida vujudga keluvchi to’siqlarni bartaraf etish, uni o’zgartirish yoki yanada takomillashtirish maqsadida faoliyatni to’xtatishga olib keluvchi sabablarni oladi.
Me’yoriy-huquqiy omillar guruhi o’z ichiga korxona faoliyatini davom ettirishda ro’y beruvchi amaldagi qonunchilik, me’yoriy qoidalarning buzilishining oldini olish va mavjud tartibbuzarlik holatlarini bartaraf etish maqsadida faoliyatni to’xtatishga olib keluvchi sabablarni oladi.
Iqtisodiy omillar guruhi o’z ichiga xo’jalik yurituvchi sub’ektning iqtisodiy manfaatlariga zid keluvchi holatlarning oldini olish va bartaraf etish maqsadida faoliyatni to’xtatishga olib keluvchi sabablarni oladi. Korxonalar faoliyatining tugatilishiga ta’sir ko’rsatuvchi sub’ektiv omillarni 10 – chizma orqali ko’rish mumkin.
Tadbirkorlik faoliyati bo’yicha etarli bilim va malakaga ega bo’lmaslik sub’ektiv omillardan biri hisoblanadi. S.G’ulomovning ta’kidlashicha, «kichik shakldagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy qashshoqligi va bankrot bo’lishi tadbirkorlar, rahbarlar, firmaning menejerlari tomonidan yo’l qo’yiladigan bir qator kamchiliklarga bog’liq.
Umumiy xatolar va kamchiliklar ichidan ish boshlovchi tadbirkorlarning, kichik firma rahbarlarining, etuk yoshdagi korxona menejerlarining o’ziga xos xatolarini ajratib ko’rsatish mumkin.
Ish boshlovchi tadbirkorlarni va etuk firmalarning menejmentlarini xato va kamchiliklarini turkumlash shuni ko’rsatadiki, biznesni tashkil etishda imkoniyatlarni, resurslarni va tavakkalliklarni hayotiy tsiklini barcha bosqichlarida puxta tahlil qilish kerak bo’ladi». Savdo-sanoat palatasi vakillari o’z ish faoliyatlarida tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun korxonani ro’yxatdan o’tkazishning o’zi kifoya, deb hisoblovchilar anchagina ekanligini ta’kidlaydilar. Aslida bunday bo’lmay, «agar etarli darajadagi tayyorgarliklarsiz boshlansa, eng ajoyib biznes – g’oya ham amalga oshmay qolishi mumkin. Ishning muvaffaqiyatli borishi uchun iqtisodiyotning barcha nozik tomonlarini o’rganish lozim. Tadbirkorning etarli bilimga ega bo’lmasligi xususiy korxona faoliyatini hali boshlamay turib to’xtatilishining asosiy sabablaridan biridir».
Shuni tan olish kerakki, tadbirkorlik sub’ekti rahbarlari orasida iqtisodiy islohotlarning jadal sur’atiga ulgurmayotgan, bozorga oid ishbilarmonlik namoyish eta olmayotgan, marketing va menejment bo’yicha eng oddiy tushunchalarni bilmaydigan, eskicha iqtisodiy tafakkurlovchi kishilar oz emas. Shunga ko’ra, eng yuzaki holda tahlil qilib ko’rilgan chog’da ham, iqtisodiy nochorlik belgisiga ega bo’lgan ko’plab korxonalar – bu ishlab chiqarayotgan mahsuloti sifati va narxi bo’yicha raqobatga layoqatsiz bo’lganligi bois sotilmayotgan va oqibatda aylanma mablag’siz qolayotgan korxonalar hisoblanadi.
Muassislarning korxonadagi ishning borishidan qoniqmasligi. Korxonasini tashkil etishning keng tarqalgan shakllaridan biri sherikchilik hisoblanadi. O’z navbatida, tadbirkorlikning mazkur tashkiliy shakli korxonalarning muddatidan ilgari tugatilishiga sabab bo’ladi. Ya’ni, kichik biznes korxonasi tugatilishining yana bir sababi – bu bir necha yillar davomida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelgan korxonaning ta’sischilari o’rtasida daromadning taqsimlanishidir. Tugatishning bu ko’rinishi ham qonuniyat doirasida bo’lib, statistik ma’lumotlariga ko’ra, bunday jarayon butun dunyoda yuz beradi. Bunday korxonalarning ta’sischilari bir birlariga da’volar qila boshlaydilar va natijada mol-mulkning bo’linishi orqali korxona tugatiladi.
Korxonani tashkil etishdan ko’zlangan maqsadga erishib bo’lish. Har qanday tadbirkorlik faoliyati o’z oldiga qandaydir maqsadni qo’yadi va u mazkur faoliyat uchun «mayoq» vazifasini o’taydi. Moddiy farovonlikning ma’lum darajasiga etish, kelgusi faoliyat uchun moddiy-texnikaviy asosni yaratish, biron-bir investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etish, ba’zi bir ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish va hokazolar shunday maqsadlar qatoriga kirishi mumkin. Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, ba’zi hollarda bunday maqsad sifatida amaldagi qonunchilikka, halol biznes yuritishga mos tushmaydigan hatti-harakatlar ham ilgari surilishi mumkin. Jumladan, iqtisodiy manbalarda yoritilishicha, xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining miqdoriy ko’rsatkichlariga ta’sir ko’rsatuvchi sabablardan biri bo’lib o’z faoliyatini ixtiyoriy to’xtatish hisoblanadi. Faoliyatni bunday tarzda to’xtatish rejali tugatish deb ataladi, ya’ni yaxshi faoliyat ko’rsatuvchi korxona soliq imtiyozlari qo’llaniluvchi davr, aytaylik dastlabki 2 yilda amal qiladi. Bunday imtiyozlar tugashi bilan tadbirkor yangi ishini boshlaydi, so’ngra yana «rejali tugatish» boshlanadi. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, tadbirkorlikdagi bunday holat odatiy jarayon hisoblanadi.




Download 311.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling