Nmkt yo‘nalishi Mavzu: Korxonalarda bankrotligini prognoz qilishning xalqaro amaliyoti
Download 311.76 Kb.
|
Safarov Otabek kurs ishi (5).docx1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Izlanuvchi prognozlar
- Normativ prognozlar
Prognoz usullari va turlari
Prognoz - bu ehtimoliy yo‘nalishlar, ob’ektlar va hodisalarning rivojlanishi natijalari. Prognozlash - bu ob’ektni rivojlantirish istiqbolini belgilab beradigan maxsus ilmiy tadqiqotlardir. Prognozlash nima bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib beradi; rejalashtirish - bo‘lishi shart degan ma’noni bildiradi. Prognozlash sohalari juda keng: geografik, geologik, ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy, tashqi-siyosiy, yuridik va h.k. Iqtisodiy prognozlash – bu iqtisodiy jarayonlarni bilishning ilmiy usullari hamda prognozlashning barcha usul va yo‘llari yig‘indisini qo‘llash orqali iqtisodiy prognozlarni ishlab chiqishidir. Iqtisodiy prognozlashning nazariy muhim muammolaridan biri prognozlar turlarining tuzilishi hisoblanadi. Turlar - har xil mezonlar va belgilariga asoslanib tuzilishi mumkin. Masalan, ob’ektlarga, prognozlash usullariga, yechiladigan masalalarga, vazifalarga va boshqalarga. Bulardan eng muhimlariga quyidagilar kiradi: prognozlash ko‘lami; prognozlash muddati; ob’ekt xarakteri; prognoz funksiyalari (funksional belgi). Tuzilish muddati bo‘yicha prognozlar operativ, qisqa muddatli, o‘rta muddatli, uzoq muddatli turlarga bo‘linadi. Prognozlarning izlanilayotgan ob’ekt xarakteriga ko‘ra bo‘linishlari har xil qayta ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘liq. Shunga ko‘ra, prognozlash quyidagilarga ajratiladi. Prognozlar funksional belgisiga qarab ikkiga - normativ va izlanuvchi prognozlarga bo‘linadi. Izlanuvchi prognozlar: izlanayotgan ob’ektlarning kelajakdagi rivojlanish darajasiga asoslangan bo‘lib, bu darajalarni qo‘llash sharoitlaridan cheklashadi. Uning vazifasi o‘rganilayotgan ob’ekt bor tendensiyalar saqlangan holda qanday rivojlanishini o‘rganishdir. Normativ prognozlar: izlanuvchi prognozlaridan farqli o‘laroq oldin qo‘yilgan maqsadlar bazasida ishlab chiqiladi. Uning vazifasi maqsad qilib olinayotgan ob’ektning kelajakdagi holatini prognozlash yo‘li va erishish vaqtini aniqlashdir. Prognozlar turlanishi prognozlash yo‘llari bilan uzviy bog‘liq. Bir-birini to‘ldiruvchi uch xil prognozlash usullari mavjud. Usul – bu, o‘rganish yo‘llari va usullarini tanlash hamda shu tarmoqdagi haqiqat ko‘rinishlarini umumiylashtirishdir. Iqtisodiy prognozlashning usuli har bir tarmoqda bo‘lganidek izlanayotgan ob’ektlarga qarashli, o‘rganilayotgan omil va ko‘rinishlar asosiga kirish mumkin bo‘lgan dialektik usuldir. U umumiy ilmiy usullar va izlanishiga yondashuv hamda iqtisodiy ko‘rinishlarni ilmiy prognozlashga asoslangan o‘ziga xos usullar asosida ishlatiladi. Hozirgi kunda kelajakni baholashni 2 turi hayotga tadbiq etilgan: ilmiy baholash va noilmiy ko‘ra bilish. Kelajakni ilmiy baholashning turlari: Download 311.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling