O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi farg’ona davlat universiteti


Chang donasi po‘stining tuzilishi


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana17.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1782739
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
20.123.gurux. Abdullayeva SHoxsanamning-Sitembrologiya fanidan- Chang donasining vegetativ va generativ xujayrasini hosil bo

Chang donasi po‘stining tuzilishi. Chang donasining po‘sti, mikrosporalar 
tetrada holida bo‘lgan davridan boshlab shakllana boshlaydi. Changdon 
uyalarining ochilishiga qadar, chang donasining po‘sti to‘la shakllanib bo‘ladi. 
Chang donasining po‘sti tashqi ekzina va ichki intinadan iborat. Intina va ekzina 
o‘zaro tuzilishi va kimyoviy tarkibiga ko‘ra farqlanadi. 
Intina bir va ikki qavatli bo‘lishi mumkin. Intinaning tarkibi sellyulozadan 
iborat bo‘lib, mayda donadorlik yoki to‘lqinsimonligi bilan xarakterlanadi, 
shuningdek gigroskopik nur sindirish xususiyatiga ega. 
Ekzina bir necha qavatdan; tashqi-naqshli yo‘g‘onlashgan sekzina yoki 
ektekzina, uni ostidagi naqshsiz qalinlashgan qavat-nekzina yoki endekzina va 
intinaga taqalib turadigan mezina qavatlaridan iborat. Ekzina tarkibi sporopollenin 
va lignindan iborat. 
Chang donasining ekzina qavatida ariqchalar va tirqishlar mavjud bo‘lib, 
ularni 
apertura 
deyiladi. Ular chang nayining o‘sish joyi hisoblanadi. Chang 
donasidagi tirqishlar va ariqchalarning soni hamda ekzinadagi naqshli hosilalar 
sistematik belgi hisoblanadi. Sistematik jihatidan quyi pog‘onadagi o‘simliklarning 


chang donasini ekzina qavatida ariqchalar hosil bo‘ladi. Sistematik yuqori 
pog‘onadagi o‘simliklarning chang donasidagi ekzina qavatida tirqishlar hosil 
bo‘lishi bilan farq qiladi. Tirqishlarlarning soni turli sistematik guruhlarga mansub 
o‘simliklarda bittadan 40 tagacha bo‘lishi mumkin. Primitiv tuzilishdagi bir 
ariqchali chang donalar magnoliyadoshlarga, progressiv tuzilishdagi bir tirqishli 
chang donalar esa g‘alladoshlarga mansub o‘simliklarda uchraydi. Ko‘p tirqishli 
chang donalari gulxayridoshlar, amarantdoshlar va sho‘radoshlar oilalariga mansub 
tur o‘simliklariga xos hisoblanadi. Yuksak o‘simliklarning ko‘pchiligida uch 
tirqishli chang donalari ko‘p tarqalgan. 

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling