O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI
ОLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
URGANCH INNOVATSION UNIVERSITY
NODAVLAT TA’LIM MUASSASASI
«MEDIASAVODXONLIK VA AXBOROT MADANIYATI»
Uslubiy qo’llanma
Urganch – 2023
“Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” fanning maqsadi: Jahon axborot makonining jadal rivojlanishi davrida talabalar ushbu sohaning ijobiy tomonlarini o‘zlashtirishlari, shuningdek, kelgusi faoliyatida axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalana olishlari va ilmiy tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishlari kerak.
Fanni o‘qitishdan ko‘zlangan asosiy maqsad- talabalarga bugungi kundagi zamonaviy media va axborot savodxonligi, internet va ijtimoiy tarmoqdan foydalanish madaniyati, axborot madaniyatini bilish, psixologik, tartibga solish, tarbiyaviy, mafkuraviy, xabar berish, tashxis qo‘yish, istiqbolni belgilash vazifalarini talabalarga o`rgatish ko‘nikma va malakalarini hosil qilishdan iborat.
Talabalar bilishlari kerak Media savodxonlik va axborot madaniyati fanning vazifasi: fan fenomenining asosiy tushuncha hamda yetakchi komponentlarini, kelgusi faoliyatda media savodxonlik va axborot madaniyatini pedagogik faoliyatida qo‘llash usullarini egallashlari, sohada yetakchi bo‘lgan mamlakatlar, ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga doir nazariy, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish:
Talabalarda fanni o‘qish natijasida kuyidagi bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanadi:
- shaxsning axborot va media madaniyatini shakllantirishga oid nazariy yondashuvlarni taxlil qilish;
- axborot madaniyati va media savodxonligining asosiy elementlarini belgilash;
- axborot manbalariga bo‘lgan talab va extiyojlarini aniqlash;
- jamiyatdagi axborot madaniyati va media savodxonlikni rivojlanganlik xolatini baholash;
- bosma nashrlarni taxlil qilish va ulardan foydalanish savodxonligini oshirish;
- axborotlashgan jamiyatda axborot xuruji, tahdidi va shu turdagi axborot xavfsizligiga qarshi ma’naviy-madaniy immunitetini shakllantirish va boshqalar.
1-MAVZU. MEDIA SAVODXONLIK VA AXBOROT MADANIYATI FANINING PREDMETI VA JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI O‘RNI
Media savodxonlik – inson hayotining ajralmas qismi sifatida. Media savodxonlik tushunchasi. Media madaniyat. Media makon tushunchasi. Media qadriyat va ta’lim. Media turlari: yig‘ilgan media, sotsial media, muloqotning formasi.
Media savodxonlik va axborot madaniyati fanning predmeti, maqsadi va vazifalari. Fanning mazmun va mohiyati. Fan metodlari. Fanning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati. Media savodxonlik va axborot madaniyati fanini boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan bog‘liqligi.
Yangi O‘zbekistonda media savodxonlik va axborot madaniyati faninig o‘qitilishini ahamiyati. Xorijiy mamlakatlarda media savodxonlik va axborot madaniyatining qiyosiy tahlili.
Ommaviy axborot vositalari. OAV ning shaxs his-tuyg‘ulariga ta’siri. OAV to‘g‘risidagi Prezident farmonlari, qaror va BMT ning shu sohaga oid ishlari, YUNESKO va IFLA hujjatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |