O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti “sirtqi” fakultet


Download 186.45 Kb.
bet1/15
Sana03.12.2023
Hajmi186.45 Kb.
#1800835
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
9TAYYOR


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI” FAKULTET
Bank ishi” yo’nalishi


SBI 55-guruh talabasi


XAYDAROVA YULDUZ
MAVZU: “Bank kartalari bilan operatsiyalar va ularning hisobi”
KURS ISHI
Tekshirdi:__________________________
TOSHKENT 2023
Mavzu: Bank kartalari bilan operatsiyalar va ularning hisobi.
Reja:
KIRISH

  1. Bank kartalari turlari, funktsiyalari va imkoniyatlari

  2. Bank kartalari bilan hisob-kitoblar hisobi.

  3. Bank kartalaridan xavfsiz va samarali foydalanish yo'llari

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


KIRISH
Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o`tilishi, mulkchilik shakllarini rivojlantirilishi, oldi-sotdi munosabatlarini faollashtirish zaruriyati, bank ishining erkinlashtirilishi, kredit hisob-kitob xizmati ko`rsatish va iqtisodiyotni moliyalashtirish yuzasidan yangi xizmatlarni amaliyotga kiritishni talab qildi.
Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi va bunda aynan bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitisiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlashni yanada kengaytirish keyingi besh yillikda amalga oshiriladigan asosiy vazifalardan biri qilib belgilanganligi ham bejiz emas.1Aynan mana shu strategik maqsadlarga erishish yo‘lida O‘zbekiston respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 3-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi hamda “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Avtorizatsiya — to‘lov operatori tomonidan ko‘zda tutilgan qoidalarga asosan telefon, elektron yoki aloqaning boshqa usullari yordamida bank kartasi bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun bank kartasi emitentining ruxsatini olish jarayoni;

Download 186.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling