O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
6AdatpaeXkNBzsF
8-mavzu. Dastgoxlarni strukturaviy texnologik modellash (STM) asoslari. Ishchi mashinaning texnologik imkoniyatlari, boshqarish tizimi, tuzilishi hamda xizmat ko’rsatuvchi qurilmalari to’g’risidagi formulalar, sxemalar va tsiklogrammalar majmui mashinaning strukturaviy texnologik modeli (STM)ni tashkil etadi. STMni ta’riflash tili va strukturaviy texnologik modellash Toshkent politexnika institutining “Metall qirqish stanoklari” kafedrasining professori Molchanov G.N. tomonidan ishlab chiqilgan va o’quv jarayonida qator fanlarni dars berishda keng qo’llanilib kelmoqda. STM bu real texnologik jihoz (yoki ular komplekslari) obrazini identifikatsiya qiladigan, o’zaro bog’langan formula va sxemalarning axborot-mantiqiy tizimidir. Modelning tarkibi jihozning ishlash printsipi, konstruktsiya g’oyasi, texnologik imkoniyatlari, kinematikasi, yuritmalari, xizmat ko’rsatish qurilmalaridan iborat. Xizmat ko’rsatish qurilmalariga odamni bevosita ishlab chiqarish jarayonidan chetlashtiradigan, ya’ni detallar va asboblarni avtomatik almashuvi, diagnostika, nazorat qilish va hokazo, sharoitlarga yo’l ochib beradiganqurilmalar kiradi. STM murakkab ishchi mashinalarni o’rganish, loyhalarini ishlab chiqish va tahlil qilish uchun xizmat qiladi. Ishchi texnologik mashinalarni yaratish jarayonida (rasm 50) STM loyihani tayyorlash bosqichida qo’llaniladi. Rasm 50. Ishchi mashinalarni yaratish jarayonida strukturaviy texnologik modellash o’rnini ifodaluvchi sxema Ишлаб чиқариш Ишчи машина Лойиҳани тайёрлаш Конструкция лойиҳасини тайёрлаш СТМ намунаси Ишчи чизмалар, технология жараёнлар STMni tuzishda asosiy va maxsus belgilar, shartli grafika belgilari va sxemalaridan foydalaniladi. Asosiy belgilar sifatida lotin, yunon va kirillik alifbosi xarflari, o’nlik raqamlar, maxsus belgilar sifatida esa algebra, logika, informatika belgilari ishlatiladi (jadval 1). Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling